4.1.5. Motivatsiya va oʻziga ishonchni oshiradigan baholash Bilimni oshirishini koʻrsatgan testlar ustida oʻtkazilgan tadqiqotlar 20 yil
oldin oʻtkazilgan va takrorlanib turadigan testlar kam takrorlanadigan testlarga
qaraganda samaralidir. Takrorlanib turadigan kichkina testlar soʻnggi daqiqaga
qolganda tayyorgarlikka qaraganda doimiy urinishni ragʻbatlantiradi va test
davomidagi stressni kamaytirishi mumkin chunki xato qilish ham kamayadi.
Kollej talabalari kamdan kam takrorlanadigan testlarga qaraganda takrorlanib
turuvchi testlarni afzal koʻrishadi. Soʻngi tadqiqot shuni koʻrsatadiki
baholashning maqsadi va gʻoyasi, baholashning turi tanlanadi va berilgan
mulohaza talabalarning ishonchiga va motivatsiyasiga ta’sir oʻtkazuvchi
baholash iqlimiga hissa qoʻshadi. Oʻz oʻzini baholash ham ijobiy baholash
iqlimini yaratishda juda ham ahamiyatli.
Oʻqituvchining maqsadi va gʻoyalari Baholashning maqsadi talaba bilimini oshiradigan boʻlsa talabaning
motivatsiyasi oshiriladi va bu oʻqituvchilarning aytgani va qilgani sababli
talabalarga ham tegishli. Baholashning bu usuli psixolog Karol Dvekka bogʻliq
deyiladi. U buni qobiliyat yoki aqlni oʻsuvchi qiyofasi deydi. Oʻsuvchi koʻrinish
shaxs koʻproq oʻrganganda qobiliyatning oʻsishini tahmin qiladi. Bu degani
harakat koʻproq bilishga yetaklagani uchun ahamiyatli va shuning uchun
191
shaxsda bilishga koʻproq imkoniyat boʻladi degani. Bilimning oʻsuvchi
koʻrinishi mavjud shaxslar yordam kerak boʻlganda soʻraydilar va eng birinchi
maqsad bilim va mahorat boʻlganligi uchun foydali mulohazaga yaxshi
munosabatda boʻladi. Taqqoslaganda qobiliyatning oʻzgarmas koʻrinishi shuni
koʻrsatadiki ba’zi odamlarda boshqalarga qaraganda koʻproq qobiliyat bor va
hech narsa buni oʻzgartira olmaydi. Oʻzgarmas qobiliyatli shaxslar harakatni
qobiliyatga qarama qarshi koʻrishadi (aqlli odamlar oʻqishi shartmas) va shuning
uchun qattiq harakat qilishmaydi va yordamni boshqalardan soʻrashmaydi,
chunki bu oʻzlarining aqlli emasligini koʻrsatib qoʻyadi. Shuningdek
talabalarning mafkurasida, aqllilikka boʻlgan qarashlarida, oʻqituvchining
mafkurasida farqlar bor va sinf mashgʻulotlari talabalarning tushunchalari va
hatti harakatiga ta’sir koʻrsatadi. Aqlning oʻsuvchi koʻrinishiga ega oʻqituvchilar
talabalarga oʻrganishning maqsadi materialni puxta oʻrganish va narsalarni bilib
olish ekanligini uqtiradilar. Bu oʻqituvchilar tomonidan baholash talabalarning
nimani bilishiga ishlatadi shuning uchun ular keyingi mavzuga bemalol oʻta
oladilar. Butun sinfni qaytadan oʻqita oladilar yoki bir nechta oʻquvchini qayta
oʻylab koʻrishga undaydi. Baholash oʻquvchilarga oʻzlarinign bilimini
tushunishga va ichki mahoratini koʻrsatishga yordam beradi. Bunday fikrli
oʻqituvchilar deydiki “biz yana va yana mashgʻulot oʻtkazamiz. Mana shu
bilimingizni yaxshilaydi. Siz xatolar qilasiz. Mana shunday oʻrganasiz”.
Boshqa tarafdan qobiliyatning oʻzgarmas koʻrinishiga ega oʻqituvchilar
oʻrganishning maqsadi testlarni yaxshi bajarish ayniqsa boshqalardan zoʻrroq
boʻlish ekanligiga ishonishga moyildirlar. Bu oʻqituvchilar oʻzgarmas
qobiliyatga ishora qiluvchi gaplarni aytadilar. Masalan, “bu test sizlarning
matematik qobiliyatingiz qanday ekanligini isbotlaydi” yoki oʻzaro raqobatning
ahamiyatini uqtiradilar, “biz nutq musobaqasini oʻtkazamiz va birinchi oʻrinni
olgan odam boshqa maktablar bilan oʻtkaziladigan musobaqada qatnashadi
keyin gʻolib kata yutuq oladi va gazetada chiqadi” oʻqituvchilar oʻzaro
musobaqaga urgʻu berganida talabalar ruhlanadi, lekin faqat ozchilik gʻolib
boʻlganligi uchun imkoniyati umuman yoʻqligini biluvchi oʻquvchilar soni
koʻpayadi. Oʻzaro musobaqaning boshqa bir kamchiligi tushunishga urgʻu
berishdan koʻra gʻolib kimligini bilishga boʻlgan qiziqishdir.
192
Qobiliyatning
oʻzgaruvchi
ekanligini,
baholashning
maqsadi
oʻquvchilarni martabaga boʻlish emas bilimni oshirish ekanligini yoki yaxshi
oʻzlashtirgan oʻquvchilarni mukofotlash, yoki oʻzlashtirmaganlarni jazolash
hamma hammasini talab qiluvchi oʻqituvchi talabalarni ruhlantiradi.