Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
4.1.4. Portfolio haqida tushuncha 
Portfoliolar. 
Portfolio bu talabaning yutuqlari yoki oʻqishida oʻsishni koʻrsatuvchi 
talabaning foydali kolleksiyasi. Portfolio talaba yigʻadigan qogʻozlar 
toʻplamigina emas, u samarali ish natijasini koʻrsatuvchi dalil. Portfoliolar turli 
maqsadlarda ishlatiladi va agar oʻqituvchilar oʻz maqsadlarida sobit boʻlishmasa 
portfolio tutish foydasiz va u stressga olib keladi. Turli maqsadlarni toʻrtta 
aspektda koʻrsatilgan. 
Oʻrganish uchun baholash
olingan bilimning bahosi 
Hozirgi yutuq 
oʻsish 
Eng yaxshi ish namoyishi 
hujjatlashtirish 
Тugallangan 
ishlayotgan
Eng birinchi maqsad agar oʻrganish uchun baholash boʻlsa, e’tibor 
talabaning oʻzini koʻrsatishiga va oʻrganish uchun ma’suliyatiga qaratiladi. 


187 
Talabalar faqatgina oʻzlari xohlagan ishning misolinigina tanlamaydilar, lekin 
oʻzlarining ishlarini aks ettiradilar va izohlab beradilar. Bu ishlarni qamrab 
olgan portfoliolar talabalar ishlarini oʻqituvchilarga va ota onasiga koʻrsatib va 
tushuntirib berishlari uchun ham foydali hisoblanadi. Olingan bilimning 
bahosiga e’tibor qaratish sinf bahosini, bitirishni, davlat talablarini tasdiqlab 
beradigan talabalarning ishlaridan namunalarni oʻz ichiga qoʻshib oladi. Odatda 
bu kabi baholash ishlariga barqarorlik zarur boʻlganligi uchun bunday 
portfoliolardagi ishlarni tanlashga talabalarda imkoniyat boʻlmaydi. Masalan, 
Kentukkidagi toʻrtinchi va yettinchi sinf oʻquvchilari toʻplashi talab qilinadigan 
yozma portfoliolar bayonotni va yozma ishlarning uch turidan bir misol (aks 
ettiruvchi, shaxsiy tajriba yoki badiiy bilim va muhokama) ni oʻz ichiga olishi 
kerak. Talabalar oʻz portfoliolarida bu uchta yozma ishdan qaysi birini kiritish 
tanlovi mavjud. Portfoliolar talabalarning oʻsishini yoki hozirgi yutuqlarini aks 
ettiradigan qilib loyihalashtiriladi. Masalan, ingliz tili oʻrganuvchilarining audio 
yozuvlari oʻrganishdagi oʻsishni koʻrsatish uchun bir yil davomida yigʻiladi. 
Talaba rivojlantiruvchi portfoliolari bitta ishning turli versiyalarini oʻz ichiga 
olishi mumkin. Masalan, bir yozma ish loyihasi haqiqiy gʻoyani, umumiy 
jihatlarini, birinchi qoralamasini, oʻqituvchi yoki tengdoshlar tarafidan 
qoralamaga berilgan mulohazalarni va oxiri tugallangan ishni oʻz ichichiga 
olishi mumkin. Agar e’tibor faqat hozirgi yutuqlarga qaratilsa faqatgina shu 
kunlarda yigʻilgan ishlarni oʻz ichiga olishi mumkin.Portfoliolar talabalarning 
aktivitilarini hujjatlashtirish yoki muhim yutuqlarni koʻrsatishga e’tibor 
qaratadi.Portfoliolarni yigʻish hamma ishlarni qamrab olisi uchun bitta maxsus 
kuchga, eng yaxshi ishga yoki oʻsishga qaratilganidan koʻra ahamiyatliroq. 
Qarama-qarshi olganda koʻrsatish uchun moʻljallangan portfolio eng yaxshi 
ishga e’tibor beradi. Eng yaxshi ish talabalar tarafidan aniqlanadi. Bunday 
portfoliolarning birdan-bir maqsadi talabalar nima bilishlarini va anima qila 
olishlarini koʻrsatadigan natijani qanday qilib aniqlab olishni oʻrganishidir. 
Talabalardan ularning eng yaxshi ishlarini alohida tanlash talab qilinmaydi, 
lekin ulardan oʻzlarining oʻqituvchilaridan va oʻrtoqlaridan olingan fikr-
mulohazalarini ishlatish soʻraladi. 


188 
Tugatilgan, balki ish arizasiga ishlatilgan va kunlik misollarni oʻz ichiga 
oluvchi ishlayotgan portfoliolarni oʻrtasida soʻnggi farq boʻlishi mumkin. 
Ishlayotgan portfoliolar vaqt oʻtishi bilan rivojlantiriladi va oʻrganingning 
bahosi sifatida ishlatishga moʻljallanadi. Foydalanilayotgan portfolionda e’tibor 
rivojlantiruvchi gʻoyalar va qobiliyatlarga qaratiladi, shuning uchun talabalar 
hato qilishga, oʻz ishlariga merkin mulohaza bildirishga va oʻqituvchining 
mulohazasiga javob bera olishga ruhsat berilishi kerak. Tugatilgan portfoliolar 
ma’lum bir auditoriya uchun loyihalashtiriladi va natija ishlatilayotgan 
portfoliodan olingan boʻlishi mumkin. Masalan, oʻqituvchilar ta’limi dasturida 
ishlatilayotgan portfolio hamma kurslardan oligan ishlarning namunalarni oʻz 
ichiga olishi mumkin. Talaba bir tugatilgan portfolioni u oʻqituvchilar ta’limi 
dasturida talab qilingan qobiliyatlarni yaxshi oʻrganganligi uchun va ikkinchi 
portfolioni oʻzining ishga arizasiga ishlatishi mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin