О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi о‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi


Xizmat vaqti reglamentiga amal qilinmaslik yoki ish vaqtining reglamentlashtirilmaganligi



Yüklə 100,09 Kb.
səhifə10/19
tarix07.11.2022
ölçüsü100,09 Kb.
#67752
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
MEHMONALIYEV AHADJON BITIRUV ISHI (1)

Xizmat vaqti reglamentiga amal qilinmaslik yoki ish vaqtining reglamentlashtirilmaganligi ham harbiy xizmatchilarga salbiy ruhiy omil sifatida ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Albatta, kutilmaganda kechiktirib bo‘lmas vazifalarni paydo bo‘lishi, o‘quv trevogalar, har xil o‘quvlarga, jangovar texnika va qurollarning ko‘riklariga tayyorgarlik ko‘rish, sutkalik naryad va jangovar navbatchiliklarni o‘tashga jalb qilinish va boshqa tadbirlar harbiy xizmatning ajralmas qismi hisoblanib, ular ko‘pgina harbiy xizmatchilar tomonidan to‘g‘ri qabul qilinadi.
Lekin ba’zi komandir (boshliq) lar shaxsiy tarkibni xizmatda ushlab qolishlardan yoki naryadlarga tayinlashdan jazo tariqasida foydalanadilar. Psixologik nuqtai nazardan bunday jazolar deyarli hech qanday tarbiyaviy ahamiyat kasb etmaydi. Sutkalik naryadga yoki jangovar navbatchilikni o‘tashga tushish jazo emas, harbiy xizmatchiga ko‘rsatilgan katta ishonch sifatida qaralishi, uni qo‘yilgan vazifani bajarishga ishonchli munosabatda bo‘lishiga berilgan bahodek qaralishi lozim. Jangovar navbatchilik yoki naryadni o‘tashning o‘zi harbiy xizmatchi uchun yuqori ruhiy yuklamani keltirib chiqarib, belgilangan o‘quv-jangovar vazifalarni bajarishga sitqidildan munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Jazolangan harbiy xizmatchidan ushbu vazifalarni sifatli bajarishini kutish noto‘g‘ridir.
Ruhiy jihatdan harbiy xizmatchilarni zaruratsiz yoki jazo sifatida xizmatda ushlab qolish noqonuniydir. Agar muhim vazifani bajarish zarurati tug‘ilganda ma’lum bir sharoit va munosabat bilan, masalan: «Sizga mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun xizmatda ushlanib qolishingizga to‘g‘ri keladi», «O‘rtoq Abdullaev! Sizga zarur bo‘lgan hujjatni ishlab chiqish uchun xizmatda ushlanib qolishingizni so‘rayman» deb aytish boshqa ish.
Komandir (boshliq) vazifa olgan harbiy xizmatchi yotoqxonada (xizmat joyida) vaqt o‘tkazish bilan emas, aynan ish bilan band ekanligiga ishonch xosil qilishi kerak.
Ruhiy taranglik va zo‘riqishning navbatdagi sabablaridan biri bu harbiy xizmatchilarning yaqin qarindoshlaridan uzoqlikda bo‘lishi, muhim oilaviy tadbirlarda qatnishish imkoniyatining yo‘qligi (tug‘ilgan kunlar, to‘y-maraka, ta’ziyalar va h.k) sanaladi. Albatta, imkon qadar harbiy xizmatchilarga oilaviy sharoit bilan ta’til taqdim etish kerak. Afsuski, har doim ham buning imkoniyati bo‘lavvermaydi. Komandirning har bir rad javobi asoslangan bo‘lishi kerak.
Tabiiyki, qarindosh-urug‘larning tanbehlari, gina qilishlari, ular oldida aybdorlik xissini, tanlagan kasbidan afsuslanish daqiqalarini keltirib chiqarib, gohida harbiy xizmatdan ketish fikrlarini uyg‘otadi. Bu kabi holatlar harbiy xizmatchining umumiy ishchanlik kayfiyatida aks etib uning safdoshlarida hamdardlikni va jamoaviy salbiy kayfiyatni yuzaga keltirishi mumkin. Bu xissiyotlarni bajarayotgan vazifalarining nafaqat uning oilasi, o‘sha ginani qilayotgan qarindoshlari, balki jamiyat va yurt oldidagi muhimligini anglab etish bilan qoplash mumkin.
Har bir harbiy xizmatchi aynan uning vijdonan bajarayotgan xizmati evaziga yurtimizda tinch va osuda hayot ta’minlanayotgani va shu sababli turli to‘y-xashamlarni, bayramlarni o‘tkazish imkoniyati tug‘ilayotganligini tushunib etishi kerak.
Navbatdagi muhim omillardan biri bu tez-tez xizmat va yashash joyini, harbiy jamoani o‘zgartirib turishi hisoblanadi. Har safar yangi xizmat joyiga tayinlanish – nafaqat harbiy xizmatchi uchun, balki uning oila a’zolari uchun ham katta stressdir. Harbiy xizmatchi va uning oila a’zolariga yangi jamoaga, yashash sharoitlariga, lavozimga, gohida iqlim sharoitlariga moslashishga tug‘ri keladi. Farzandlar o‘z o‘rtoqlaridan ajralib yangi ta’lim muasasalariga, o‘qituvchi va sinfdoshlarga ko‘nikishga majbur. Harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlari ishga joylashish bo‘yicha muammolarga duch keladilar. Tabiiyki, harbiy xizmatchi oila boshlig‘i sifatida o‘z yaqinlari oldida noqulayliklar va qiyinchiliklar uchun o‘zini aybdordek his etadi.
Ushbu holatlar komandir va boshliqlardan yangi kelan harbiy xizmatchilarga va ularning oila a’zolariga alohida e’tiborda bo‘lishni, ularni joylashuvida yordam ko‘rsatishni talab qiladi. Harbiy xizmatchining oilasi yangi jamoaning g‘amxo‘rligi va e’tiborini his etishi kerak. Bu, harbiy xizmatchi va uning oila a’zolarining emotsional-ruhiy holatini yaxshilashga, yangi xizmat va turmush sharoitiga tezroq moslashishga yordam beradi.

Yüklə 100,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin