«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
17
Agar berilgan ikki holat uchun n+l yig’indisi bir xil bo’lsa, bosh kvant soni kichik bo’lgan holat minimal
qiymatga ega bo’ladi.
Atomda elektronlarni pog’onachalarga joylashtirishda quyidagi uch qoidani nazoratda tutish kerak:
1. Har qaysi elektron minimal energiyaga muvofiq keladigan holatni olishga intiladi.
2. Elektronlarning joylanishi Pauli prinsipiga zid kelmasligi lozim.
3. Ayni pog’onachada turgan elektronlar mumkin qadar ko’proq orbitallarda juftlashmaslikka intiladi
(Gund qoidasi).
Qo’zg’almagan atom orbitalarining elektronlar bilan to’lish tartibi quyidagicha: avval eng kam energiyali or-
bital, so’ng energiyasi ko’proq bo’lgan orbital to’ladi. Atom elektron orbitallarining to’lish tartibining bosh va orbital
kvant sonlari qiymatlariga bog’liqligini V.M.Klechkovskiy o’z qoidalarida tushuntirtib bergan.
Masalan, kaliy va kalsiy atomlarining elektron tuzilishi bu qoidaga to’g’ri keladi: 3d-orbital (n=3,
l=2) uchun
n+
l ning yig’indisi 5 ga, 4s-orbital (n=4,
l=0) uchun esa nql ning yig’indisi 4 ga teng. Binobarin, 4s-pog’onacha 3d-
pog’onachaga nisbatan oldin elektronlar bilan to’lishi kerak, haqiqatda shunday bo’ladi.
Agar ikki orbital uchun n+
l yig’indi bir xil qiymatga ega bo’lsa, Klechkovskiyning ikkinchi qoidasi kuchga
kiradi:
n+l yig’indi bir xil bo’lganda orbitallarning to’lib borishi bosh kvant soni n qiymatining oshib borishi tartibida
bo’ladi. Masalan, skandiy atomida n+l yig’indining qiymati bir xil bo’lgan 3 ta orbitallardan qaysi biri oldin elektronlar
bilan to’lishi kerak? 3d-orbital (n=3,
l=2) uchun n+
l qiymat 5 ga, 4p-orbital uchun ham (n=4,
l=1) va 5s-orbital (n=5,
l=0) uchun ham 5 ga teng. Klechkovskiyning ikkinchi qoidasiga muvofiq avval 3d-pog’onacha (n=3) so’ng 4p-
pog’onacha (n=4) va oxirida 5s-pog’onacha (n=5) elektronlar bilan to’lishi kerak. Natijada skandiy atomining elektron
tuzilishi quyidagi formulaga to’g’ri keladi:
1s
2
2s
2
2p
6
3s
2
3p
6
3d
1
4s
2
Qo’zg’almagan atom elektronlarining joylashishi quyidagi tartibda bo’ladi:
1s<2s<2p<3s<3p<4s<3d<4p<5s<4d<5p<6s<4f<5d<6p<7s.
Elektronlarning energetik pog’ona va orbitallar bo’ylab joylanishini
ayni elementning elektron konfiguratsiyasi
deb yuritiladi. Masalan, natriy elementining elektron konfiguratsiyasi 1s
2
2s
2
2p
6
3s
1
shaklida yoziladi. Barcha elementlar
uchun (vodorod va geliydan tashqari) sirtqi qavatning maksimal elektron sig’imi 8 ga tengdir. Atomning sirtqi qavati-
dagi 8 ta elektron uni juda barqaror qiladi. Masalan, sirtqi qavatida 8 ta elektroni bo’lgan neon, argon, kripton va ksenon
(shuningdek, ikki elektronli geliy) kimyoviy jihatdan juda barqaror moddalar bo’lib, ular kimyoviy reaksiyalarga juda
qiyinlik bilan kirishadi. Asosiy guruppacha elementlari atomlarining sirtqi qavatidagi elektronlarining soni ayni
guruhning nomeriga tengdir. Qo’shimcha guruhcha elementlarining sirtqi qavatida 2 tagacha elektron, sirtqidan oldingi
qavatida 8 tadan 18 gacha elektron bo’ladi. Mis, xrom va boshqa ba’zi element atomlarining sirtqi qavatida 1 tadan
elektron bo’ladi. Masalan, mis atomining (Z=29) elektron konfiguratsiyasi 1s
2
2s
2
2p
6
3s
6
3d
10
4s
1
ko’rinishiga ega, uni
qisqacha KLM 4s
1
shaklida yozish mumkin.
Dostları ilə paylaş: