O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə2/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

SO’Z BOSHI 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro’yobga chiqarishning sifat bosqichida ta’lim muassasalarini malakali 

pedagog kadrlar bilan to’ldirish, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish, ta’lim muassasala-


rining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va 
ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash ishlariga alohida urg’u berilgan. Shu maqsadda barcha oliy ta’lim
muassasalarida zamonaviy usul, texnika va texnologiya yangiliklarini e’tiborga olgan holda fanlarning asosiy mazmun 
va mohiyatini aks ettiruvchi ma’ruzalar matnlarini tayyorlashga kirishildi. Shular qatorida I.Shamshidinov,
B.Mo’minova, M.Abdullaevlar tomonidan «Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matni (Namangan, 1999 
y.) tayyorlandi.
O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o’zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi 

maqsad-muddaolarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini talabalar ongiga singdirishda, ta’lim-tarbiya, targ’ibot va


tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqazo etadi. Bundagi vazifalardan biri o’quv dastur-
lari, darsliklar va qo’llanmalarda milliy istiqlol mafkurasi g’oyalarini teran aks ettirish hisoblanadi. Quyilgan vazifalar-
dan kelib chiqqan holda zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlatish yoki yosh avlodga milliy istiqlol g’oyasini 
yetkazish uchun jahon standartlari darajasidagi fan va texnika hamda ilgor tajriba va texnologiyalarning eng so’nggi
yutuqlaridan boxabar bo’lgan, raqobatbardosh, o’z sohasining ham ilmiy, ham amaliy bilgan muhandis va muhandis-
pedagog kadrlarni tayyorlashda ta’lim yo’nalishlari «Matematik va tabiiy fanlar» blokining asosiy fanlaridan biri bo’lgan
«Umumiy va noorganik kimyo» fanini chuqur o’rganish muhim ahamiyatga egadir. Shundan kelib chiqib, ushbu muam-
moli ma’ruzalar matni oliy ta’limning bakalavriatura bosqichidagi texnik va kasb-ta’limi yo’nalishlarida o’qitiladigan
«Umumiy va noorganik kimyo» fanining amaldagi dasturlari asosida tayyorlandi. 
Ma’ruzalar matnidagi materiallar Respublikamizning kimyo fani va sanoatining istiqbolli yo’nalishlarini 

hisobga olgan holda yoritilgan bo’lib, kimyoning asosiy qonun va tushunchalari, atom va moddalarning tuzilishi


to’g’risidagi zamonaviy tasavvurlar, davriy qonun va elementlar davriy sistemasi, kimyoviy jarayonlarni amalga oshirish 
qonuniyatlari, metallar va ularning xossalari haqida batafsil bayon etilgan. Har bir ma’ruza matni oxirida mavzuga
tegishli bo’lgan nazorat uchun savol va mashqlar hamda tayanch so’z va iboralar keltirilgan. Ulardan talabalarning 
«Umumiy va noorganik kimyo» fani bo’yicha o’zlashtirgan bilimlarini nazorat qilishda foydalanish mumkin.
Ma’ruzalar matnida talabalarning «Umumiy va noorganik kimyo» fanidan o’zlashtirgan bilimlari ularning o’z 
ta’lim yo’nalishlari fanlaridan oladigan bilimlarini to’ldirishiga va amaliyot davrida qo’llay olishlariga yordam beradi-
gan jihatlariga alohida ahamiyat qaratilgan. 



«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
4


Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin