O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»


-ma’ruza  ATOM-MOLEKULYAR TA’LIMOT. KIMYONING ASOSIY STEXIOMETRIK



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə6/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

2-ma’ruza 

ATOM-MOLEKULYAR TA’LIMOT. KIMYONING ASOSIY STEXIOMETRIK 

QONUNLARI 


Reja: 
1. Atom-molekulyar ta’limot. 

2. Moddalar massasining saqlanish qonuni. 

3. Tarkibning doimiylik qonuni. 

4. Karrali nisbatlar qonuni. 

5. Ekvivalentlar qonuni. 

6. Hajmiy nisbatlar qonuni. 

7. Avogadro qonuni. 


Muammoli savollar: 


1. Qaysi qonun bir-birini to’ldiradi, ya’ni biri ikkinchisini mohiyatini ochib beradi? 
2. Tabiatda «ideal gaz» yo’q. Lekin fanga bu tushunchani kiritilishiga sabab nima? 


Atom-molekulyar ta’limot. Moddalarning nihoyatda mayda zarrachalar atomlardan tuzilganligi haqidagi
tasavvurlar qadimgi Gresiyada vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi V asrda Demokrit moddaning eng mayda 
bo’linmaydigan zarrachasini atom deb atadi. Lekin atomning qanday zarracha ekani va uning xossasi to’g’risidagi tasav-
vurlar XVI asrning boshlaridan o’rganila boshlandi. Fransuz olimi P.Gassendi tarixda unutilib yuborilgan atom 
tushunchasini fanga yana kiritdi. P.Gassendi moddalar atomlardan tuzilgan va atomlarning xillari ko’p emas, degan
fikrni maydonga tashladi. Lekin bu fikrni o’zi bilan moddalar asosini tashkil qiluvchi zarrachalar to’g’risidagi tasav-
vurlarni to’la tushuntirib berib bo’lmaydi.
Ilmiy asoslangan atom-molekulyar ta’limot XVIII - XIX asrlardagina yaratildi. Bu ta’limotni 1741 yilda 
M.V.Lomonosov yaratdi va uning mazmunini «Matematik kimyo elementlari» asarida bayon etdi.
Atom-molekulyar ta’limotning mohiyati quyidagilardan iborat: 
1) barcha moddalar «korpuskula» lardan iborat bo’lib, ular bir-biridan oraliq fazo bilan ajralgandir (Lomono-
sovning «korpuskula» termini hozirgi «molekula» ma’nosiga ega); 
2) «korpuskula»lar to’xtovsiz harakatda bo’ladi.
3) «korpuskula»lar «element»lardan tashkil topgan (Lomonosovning «element» tushunchasi hozirgi «atom» 
ma’nosiga ega). «Element»lar ham to’xtovsiz harakatda bo’ladi;
4) «element»lar aniq massa va o’lchamga ega; 
5) oddiy moddalarning «korpuskula»lari bir xil «element»lardan, murakkab modddalarning «korpuskula»lari esa
turli «element» lardan tashkil topgan bo’ldi. 
Materiyaning tuzilishi, moddalarning xossalari va kimyoviy o’zgarishlarining tabiati haqidagi hozirgi zamon
tasavvurlari atom-molekulyar ta’limot asosida moddalarning diskretligi prinsipi yotadi, ya’ni moddalar yaxlit 
bo’lmasdan, balki mayda zarrachalardan tarkib topgan. Moddalar doimo harakatda bo’ladi: jism harorati qanchalik 

yuqori bo’lsa, harakat ham shunchalik intensiv bo’ladi.
Ingliz olimi J.Dalton kimyo va fizika sohasida yig’ilgan tekshirish natijalariga asoslanib, 1808 yilda atomistik 
ta’limotni yaratdi. U atomistikaga asoslanib, karrali nisbatlar qonunini kashf etdi. Atomistik ta’limot mohiyati
quyidagicha:



Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin