Moddalar massasining saqlanish qonuni. M.V.Lomonosov reaksiya uchun olingan modda va reaksiya na-
tijasida hosil bo’lgan mahsulotlarning og’irligini o’lchash yo’li bilan kimyoviy reaksiyalarning borishini o’rgandi.
Natijada u birinchi marta 1748 yilda moddalar massasining saqlanish qonunini ta’rifladi, 1756 yilda metallarni og’zi
kavsharlab berkitilgan idish (retotta)da qizdirish yo’li bilan bu qonunni to’g’riligini tajribada isbotladi:
Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning massasi, reaksiya natijasida hosil bo’ladigan moddalarning mas-
sasiga teng bo’ladi.
1789 yilda Lomonosov ishidan bexabar holatda, fransuz kimyogari A.L.Lavuaze ham moddalar massalari
saqlanish qonunini e’lon qildi:
Kimyoviy reaksiya paytida faqatgina reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar massalarigina o’zgarmay kol-
masdan, ular tarkibiga kiruvchi elementlar massalari ham o’zgarmasdan qoladi.
1905 yilda Albert Eynshteyn (nemis olimi) jism massasi (m) bilan uning energiyasi (E) orasidagi bog’lanishni
ko’rsatish, moddalar massasining saqlanish qonuniga faqat oddiy kimyoviy jarayonlar bo’ysunishini, yadroviy reaksiya-
lar esa bunday qonuniyatdan chetlanishini ko’rsatdi. Ya’ni:
E =
m •
c
2
bu yerda:
E - energiya o’zgarishi;
m - massa o’zgarishi;
c - yorug’lik tezligi (vaakumda 300 000 km
sek ga teng).
Energiya o’zgarishi kichik qiymatli bo’lganda massa uzgarishi nolga yaqinlashadi, ya’ni o’zgarmaydi. Yadro
reaksiyalarida esa energiya o’zgarishi juda yuqori qiymatli bo’lganligi uchun massa o’zgarishi sezilarli o’zgarishini
ko’rish mumkin.
Eynshteynning bu tenglamasi makro jismlar uchun ham, mikrozarrachalar (masalan, elektronlar, protonlar)
uchun ham taalluqlidir.
Dostları ilə paylaş: |