O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə11/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

Ekvivalentlar qonuni. 1804-1814 yillardagi Rixter, Dalton va Vollastonlarning tajribalari natijasida ekviva-
lentlar qonuni aniqlandi. Qonun quyidagicha ta’riflandi: 


Reaksiyaga kirishuvchi moddalar massalarining nisbati ularning ekvivalentlari nisbatiga teng, yoki, ham-

ma moddalar ekvivalent nisbatlarda ta’sirlashadi. 
Kimyoviy ekvivalentni quyidagicha ifodalash kiritilgan: 
1 o.q. vodorod yoki 8 o.q. kislorod bilan birika oladigan yoki o’rin almashina oladigan modda miqdori shu

moddaning kimyoviy ekvivalenti deyiladi.
Moddaning kimyoviy ekvivalentini bilish uchun uni tashkil qiluvchi elementning kislorodli yoki vodorodli 

birikmasini bilish kerak.


n
M

n
А


Э



bu yerda:


E - ekvivalent; 
A yoki M - atom yoki molekulyar massa;
n - valentligi yoki asosligi (negizliligi). 
Moddaning ekvivalent massasiga son jihatdan teng qilib olingan modda miqdori gramm-ekvivalent deyiladi. 

Masalan: N


2
SO

4
ning gramm-ekvivalentini hisoblaymiz: 


49

2


98
Э


g/ekv.


Kimyoviy ekvivalent tushunchasi amaliy hisoblashlarni bajarishda qo’l keladi (normal eritmalar, el-


ektrokimyoviy jarayonlar va h.).


Hajmiy nisbatlar qonuni. Bu qonun 1805 yilda Gey-Lyussak (Fransiya) tomonidan kashf etilgan bo’lib u 
quyidagicha ta’riflanadi:

Bir xil fizikaviy sharoitda (P,T) kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi gazlarning hajmlari o’zaro va reaksiya na-

tijasida hosil bo’ladigan gazlarning hajmlari bilan oddiy butun sonlar nisbati kabi nisbatda bo’ladi. 
Masalan, 2 hajm vodorod 1 hajm kislorod bilan yuqori temperaturada reaksiyaga kirishganda 2 hajm suv bug’i 
hosil bo’ladi.
Sanoatda juda ko’p qo’llaniladigan gaz analizi usuli shu qonunga asoslangan (Ors, Vyurs-Shtroleyn, BTI — 
Butunittifok teplotexnika instituti gaz analizatorlari).


Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin