Tarkibning doimiylik qonuni. A.Lavuaze 1781 yilda karbonat angidrid gazini 10 xil usul bilan hosil qildi va
gaz tarkibida uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat 3:8 ekanligini aniqladi. Bunga asoslanib A.Lavuaze har
qanday kimyoviy toza moddani tashkil etuvchi elementlarning massalari o’zgarmas nisbatda bo’ladi, degan xulosa
chiqardi. Bu xulosa tarkibning doimiylik qonunidir. 20 yil davomida bu qonunning to’g’riligini barcha olimlar e’tirof
etdilar. Lekin 1803 yilda fransuz olimi Bertole qaytar reaksiyalarga oid tadqiqotlar asosida, kimyoviy reaksiya vaqtida
hosil bo’ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi moddalarning massa nisbatlariga bog’liq bo’ladi, degan xulosa
chiqardi. Bu xulosaga dalil sifatida bir qancha analizlarning natijalarini keltirdi.
J.L.Prust Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqdi. Kimyoviy toza moddalarni puxta analiz qildi va toza
birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo’lishini o’zining juda ko’p analizlari bilan isbotladi. 1809 yilda kimyoning
asosiy qonunlaridan biri tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha ta’riflandi:
Har qanday kimyoviy toza birikma olinish usulidan qat’iy nazar, o’zgarmas miqdoriy tarkibga ega. Toza suv tarkibida 11,11% vodorod va 88,89% kislorod bo’lib, suv O
C da muzlaydi, 100
C da qaynaydi. Un-
ing 4
C dagi zichligi 1000 kg
m
3
yoki 1 g
sm
3
ga teng.
Bertolening o’zgaruvchan tarkibli birikmalar mavjudligi haqidagi ta’limotini XX asrning boshlarida akademik
N.S.Kurnakov rivojlantirdi. U qotishmalar va eritmalarda haqiqatan ham o’zgaruvchan tarkibli birikmalar bo’lishini
isbot qildi va ularni bertolidlar deb atadi, o’zgarmas tarkibli birikmalarni esa daltonidlar deb atadi.
Tarkibning doimiylik qonuniga faqat molekula holidagi gaz, suyuqlik va oson suyuqlanadigan qattiq moddalar
bo’ysunadi. Atom tuzilishga ega bo’lgan kristall moddalar va yuqori molekulyar birikmalar bo’ysunmasligi mumkin.
Tarkibning doimiylik qonunini quyidagicha ta’riflash mumkin: