O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»


O’zbekistonda kimyo fani va sanoati rivojlanishi



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə5/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

O’zbekistonda kimyo fani va sanoati rivojlanishi. O’zbekistonda kimyo fani va sanoatining rivojlanishi 

Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston milliy universiteti)ning kimyo fakultetini tashkil etilishi bilan bog’liq.


Hozirgi kunda O’zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi kimyoga doir ilmiy-tekshirish institutlarida va mustaqil respu-
blikamizdagi ko’p sondagi oliy o’quv yurtlarining kimyo va kimyoviy texnologiya kafedralarida olimlar, mutaxassislar
kimyo fani va sanoatining eng muhim muammolarini tadqiq qilish bilan shug’ullanmoqdalar. Respublikamizning kimyo 
fani va sanoati rivojiga hissa ko’shgan va qo’shayotgan akademiklar O.S.Sodiqov, S.Yu.Yunusov, K.S.Ahmedov,
M.N.Nabiev, X.U.Usmonov, M.Asqarov, Z.Salimov va boshqa yirik kimyogar olimlarning ilmiy ishlari xorij davlatlari-
da ham mashhurdir.
O’zbekiston hududida tabiiy gaz, neft, ko’mir, oltingugurt, rangli metallar rudasi va boshqa xom ashyolar 

bo’lganligi uchun mamlakatimiz yirik kimyo sanoatlariga ega. Prezidentimiz I.A.Karimovning «O’zbekiston XX1 asr


bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari» asarlarida alohida ko’rsatib o’tilganidek: 
«O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi – bu yerda mashxur Mendeleev davriy sistemasining
deyarli barcha elementlari topilgan….».
Xom ashyoning ko’pligi yetakchi kimyo sanoati korxonalarini – Olmaliq ―Ammofos‖ ishlab chiqarish
birlashmasi, Chirchiq elektrokimyo ishlab chiqarish birlashmasi, Navoiy ―Azot‖ ishlab chiqarish birlashmasi, Farg’ona 
sun’iy tola zavodi, Namangan kimyo zavodi, Toshkent lok-buyoq materiallari va plastmassalarni ishlab chiqaradigan va
qator boshqa kimyo korxonalarini vujudga keltirish imkonini yaratdi. Hozirda kimyo sanoati rivojlangan hududlar — 
Olmaliq, Chirchiq, Farg’ona, Qo’qon, Navoiy kabi yirik kimyo sanoati markazlari ishlab turibdi.


Kimyo va ekologiya. Respublikamizda atrof-muhitni muhofaza qilish yuzasidan bir qancha ishlar olib 
borilmoqda. Chiqindi suvlaridan metallarni ajratib oluvchi ionitlar ishlatilmoqda, qurilmalar ishga solinmoqda.
Prezidentimiz I.A.Karimovning «O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, 
taraqqiyot kafolatlari» asarlarida ta’kidlanganidek: «Sanoat korxonalarida atmosferaga, suv havzalariga va tuproqqa 

ifloslantiruvchi hamda zararli moddalarni tashlaganlik uchun solinadigan maxsus soliqdan keng foydalangan holda 

ma’suliyatni oshirish darkor. Ularda zamonaviy, samarali tozalash qurilmalari tizimini joriy etish kerak. Boshlang’ich 

xom ashyodan tayyor, pirovard mahsulot olgunga qadar kompleks foydalanishga imkon beradigan yangi, zamonaviy, 

ekologik jihatdan samarali uskunalarni o’rnatish lozim».
Hozirgi kundagi ekologik va iqtisodiy vazifa eng mukammal chiqindisiz kimyoviy texnologiyani qo’llashdir. 
O’zbekistonda joylashgan barcha kimyo korxonalarini yaqin yillar ichida chiqindisiz texnologiya asosida ishlashga mos-
lashtirilishi lozimdir. Bu vazifani xal qilish, ya’ni yuksak malakali kimyogarlar, kimyogar-muhandislar tayyorlash 
respublikamizning oliy o’quv yurtlari zimmasiga yuklanadi.
Nazorat uchun savol va mashqlar. 

1. Kimyoning fan sifatida shakllanish tarixi haqida nimani bilasiz? 


2. O’zbekistonda kimyo fani va uning tarixiga oid qanday ma’lumotlar bor?
3. O’zbekistondagi kimyo sanoatining qanday tarmoklarini bilasiz? 
4. Respublikamiz kimyo fani rivojiga munosib hissa qo’shgan va qo’shayotgan akademiklardan kimlarni bilasiz?
Ular kimyoni qaysi sohalari bilan shug’ullanganlar? 



«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
7

Mavzuga oid tayanch iboralar.


1. Kimyo fanining predmeti 

2. Modda


3. Jism 
4. Kimyoviy hodisa
5. Fizik hodisa 
6. Oddiy modda
7. Murakkab modda 
8. Aralashma
9. Kimyo sanoati 
10. Kimyo fanining vazifasi
11. Kimyo va ekologiya 
Foydalanilgan adabiyotlar: 

1. Karimov I.A. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot 


kafolatlari. – T.: O’zbekiston, 1997. – 326 b.


2. Parpiev N.A., Rahimov X.R., Muftaxov A.G. Anorganik kimyo. Nazariy asoslari. - T.:O’zbekiston, 2000. –5-9 
b.
3. Axmerov Q, Jalilov A, Sayfutdinov R. Umumiy va anorganik kimyo. - T.:O’zbekiston, 2003. 

4. Rahimov X.R. Anorganik ximiya. – T.: O’qituvchi, 1984. 6-7 bet.


5. Glinka N.L. Umumiy ximiya. – T.: O’qituvchi, 1986. 
6. Rasulov K., Yo’ldoshev O., Qorabolaev B. Umumiy va noorganik kimyo. – T.: O’qituvchi, 1996. 4-5 betlar.
7. Рэмсден Э.Н. Начало современной химии. – Л.: Химия, 1989. – 784 с. – Пер. изд.: Великобритания, 
1985.
8. Химия: Справ. изд./ В.Шретер, К.-Х.Лаутеншлегер, Х.Бибрак и др.: Пер. с нем. – М.: Химия, 1989. – 

648 с.
9. Спицын В.И., Мартыненко Л.И. Неорганическая химия. Ч.1: Учебник. – М.: Изд-во МГУ, 1991. – 480 с. 


10. Shamshidinov I., Mo’minova B., Abdullaev M. «Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matni. –
Namangan, 1999 y. 
11. To’xtaev A. Ekologiya. – T.: O’qituvchi, 1998. 22-25 betlar.




«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
8




Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin