1-ma’ruza
KIMYO FANINING MAZMUNI, VAZIFALARI VA TARIXI. O’ZBEKISTONDA KIMYO
FANI VA SANOATINING RIVOJLANISHI.
Reja:
1. Kimyo fanining mazmuni va vazifalari.
2. Kimyo fanining tarixi.
3. O’zbekistonda kimyo fani va sanoatining rivojlanishi.
4. Kimyo va ekologiya.
Muammoli savollar:
1. Kimyo so’zi qaysi tilda rang ma’nosini anglatadi va u qanday rang?
2. O’zbekistonda kimyo fani va sanoatining rivojlanishida qaysi olimlarning xizmati katta deb hisoblaysiz?
3. O’zbekistonning xom-ashyo resurslari kimyo sanoatini hozirgi sur’atda rivojlantirishda qancha muddatga
yetadi?
Kimyo fanining mazmuni va vazifalari. Kimyo — tabiat haqidagi fan bo’lib, u fizika, biologiya,
mineralogiya fanlari kabi moddiy jismlar to’g’risida atroflicha ma’lumot beradi.
Kimyo — moddalar, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ularda bo’ladigan o’zgarishlar haqidagi fandir.
Kimyoviy o’zgarishlarda albatta, dastlabki moddalardan, ya’ni xom ashyodan boshqa tarkibga va boshqa
xossalarga ega bo’lgan mahsulotlar olinadi. Bunda dastlabki moddalarning tarkibi o’zgaradi, fizik o’zgarishlarda esa bu
hol kuzatilmaydi.
Kimyoviy jarayonlarning borishi, reaksiyada ishtirok etadigan moddalarning tarkibiga, ularni tashkil etuvchi
zarrachalarning tuzilishiga bog’liq. Shuning uchun moddalarning tuzilishi bilan ularning reaksiyaga kirishish qobiliyati
orasidagi bog’lanishni o’rganish muhim ahamiyatga egadir.
Mamlakatimizda kimyo sanoati uchun zarur bo’lgan xom ashyo — neft, toshko’mir, tabiiy gaz, mineral tuz va
rudalarning mo’l-ko’lligi turli xil yangi kimyoviy mahsulotlar olishga katta imkoniyat yaratadi.
Kimyoviy toza modda ayni sharoitda o’zgarmas fizik xossalar bilan xarakterlanadi. Moddalar soni juda ko’p.
Ularni o’rganishda moddalarning turli xossalariga asoslanib, bir necha sinflarga bo’linadi. Bizga ma’lum bo’lgan barcha
moddalar birinchi navbatda quyidagi to’rt guruhga:
1) elementar zarralar;
2) oddiy moddalar;
3) murakkab moddalar (yoki kimyoviy birikmalar);
4) aralashmalarga bo’lish mumkin.
Elementar zarralar (masalan, elektron, proton, neytron, pozitron,
-mezon va hokazo) soni yuzdan ortiqdir.
Oddiy modda — kimyoviy elementning erkin holda mavjud bo’la oladigan turi. Bunday moddalar faqat bir xil
turdagi element atomidan tarkib topgan bo’lib, ularning soni 400 dan ortiqdir.
Murakkab moddalar yoki kimyoviy birikmalar — o’zaro ma’lum nisbatlarda birikkan ikki yoki bir necha
element atomidan tuzilgan bo’ladi. Noorganik moddalarning soni 200 mingdan ortiq, organik moddalarning soni esa
ikki millionga yaqindir.
Tabiatda toza moddalardan tashqari aralashmalar ham mavjud. Aralashma o’z xossalari bilan kimyoviy
birikmalardan keskin farq qiladi. Masalan, bir xil sharoitda baravar hajmda HCl gazi va vodorod bilan xlor aralashmasi
olingan bo’lsin. Agar HCl gaziga alanga tutilsa, bu gaz yonmaydi, lekin H
2
va Cl
2
gazlari kuchli portlash bilan yonadi.
Reaksiya natijasida yangi modda - HCl hosil bo’ladi.
Jism moddaning fazoda chegaralangan qismidir. Jism tushunchasi juda aniq tushuncha bo’lib, modda
tushunchasi esa unga nisbatan ancha keng ma’noni beradi. Masalan, temir moddasidan bolg’a, temir yo’l relsi va boshqa
buyumlarni tayyorlash mumkin. Bular jismlardir. Demak, modda tushunchasi jism tushunchasiga nisbatan umumiy
tushunchadir.
Bir turdagi moddani boshqa turdagi moddaga aylanishi bilan boradigan jarayon kimyoviy hodisa deyiladi.
Bir turdagi modda boshqa turdagi moddaga aylanmaydigan jarayon fizik hodisa deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |