4-ma’ruza
ATOMDAGI ELEKTRONLARNING ENERGETIK POG’ONA VA POG’ONACHALARDA
JOYLANISHI
Reja:
1. Elektronlarning kvant sonlari.
2. Pauli prinsipi. Gund qoidasi.
3. Klechkovskiy qoidalari.
4. Ko’p elektronli atomlarda elektronlarning joylanishi.
5. Atom yadrosining tarkibi. Izotoplar.
6. Radioaktivlik.
Muammoli savollar:
1. Kelajakda davriy sistema rivojlanib borgan sari bosh kvant soni qanday qiymatlarga ega bo’ladi?
2. s-, p-, d-, f - elektronlardan tashqari yana qanday tuzilishli elektronlar bo’lishi mumkin?
Elektronlarning kvant sonlari. Hozirgi vaqtdagi tasavvurlarga ko’ra, elektronning harakati to’rtta kvant son
bilan xarakterlanadi.
1. Bosh kvant son n — elektron energiyasining kattaligini ko’rsatadi. n ning son qiymati 1,2,3,4,... ga teng bu-
tun sonlar bo’la oladi. Bosh kvant sonlari o’zaro teng bo’lgan bir necha elektron atomda elektron qavatlarni yoki
ma’lum energetik pog’onalarni hosil qiladi. Atomning energetik pog’onalari K, L, M, N, O, P, Q xarflari bilan belgila-
nadi. K-qavat yadroga eng yaqin joylashgan bo’lib, uning uchun nq1 dir. L – n=2; M – n=3,... ular energiyalari bilan
farq qiladi.
Energetik pog’onadagi elektronlarning maksimal soni:
N = 2n
2
ga teng.
2. Orbital kvant son l — elektron orbitalning shaklini ko’rsatadi.
Elektron orbitallar soni n
2
ga teng.
l = 0, 1, 2, 3, 4, 5,........
s, p, d, f, g, h,........
Orbital kvant sonlari bilan farq qiladigan elektronlar energiyalari bilan ham o’zaro farq qiladi, chunki elektron-
ning energiyasi n va l qiymatlariga bog’liq. l qanchalik katta bo’lsa energiyasi ham katta bo’ladi.
3. Magnit kvant son m — elektronning fazodagi vaziyatini xarakterlaydi.Uning qiymatlari -l dan +l gacha bo’la
oladi, 0 ham bo’lishi mumkin. m ayni energetik pog’onada nechta orbital borligini, orbitallarning shaklini ko’rsatadi.
Masalan: Birinchi qavatda faqat bitta s-orbital (m=0) bo’ladi. Ikkinchi qavatda bitta s-orbital (m=0) va uchta p-
orbital (m=+1; 0; -1) bo’ladi. Uchinchi qavatda bitta s-orbital (m=0) uchta p-orbital (m=+1; 0; -1) va 5 ta d-orbital
(m=+2; +1; 0; -1; -2) bo’ladi.
n va l o’zgarmas bo’lsa, m ning energiyasi ham o’zgarmasdir. Masalan: 5d orbitallarning fazoda joylashishi
(turli o’qlarda) o’zgarsa ham, energiyasi bir xildir.
4. Spin kvant soni m
s
— maxsus mexanik miqdor bo’lib, elektronlarning o’z o’qi atrofida aylanishini ko’rsatadi.
Uning son qiymatlari +1/2 va -1/2 bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |