Ozbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Buxoro Davlat Universiteti



Yüklə 52,66 Kb.
səhifə1/8
tarix06.01.2023
ölçüsü52,66 Kb.
#78611
  1   2   3   4   5   6   7   8
Falsafa dastur 8-120 (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI









TASDIQLAYMAN”

_______________M.I.Daminov


(OTM rektori)
202___ yil“___”___________












FALSAFA
FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI
(sirtqi ta’lim shakli uchun)

Bilim sohasi:

100 000 - Ta’lim

Ta’lim sohasi:

110 000 - Ta’lim

Ta’lim yo‘nalishi:

60110100 - Pedagogika va psixologiya
60110500 - Boshlang'ich ta'lim
60110600 - Matematika va informatika
60110900 - Biologiya
60111000 - Geografiya va iqtisodiy bilimlar
60111400 - O'zbek tili va adabiyoti



Buxoro – 2022



Fan/modul kodi
Fal1104
Fal1204

O’quv yili
2022-2023

Semestr
1
2

Kreditlar
4

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O’zbek

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari
(soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Falsafa

16

104

120

2.

I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarning dunyoviy, falsafiy va diniy bilimlarni o‘rganish asosida, ulardan ijtimoiy hayotda maqsadli foydalanish va to‘g‘ri fikrlash mahoratini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi - falsafiy, ilmiy va diniy bilimning tafakkur uslubining o‘zgarishiga ta’siri; tabiiy ilmiy bilimlarning ijtimoiy ahamiyati; texnik va texnologiyalarning inson pragmatik extiyojlariga javob sifatidagi evolyusiyasi; madaniyat, ommaviy madaniyat va ommaviy madaniyatsizlikning o‘zaro aloqasi va farqi; diniy madaniy an’analarda oila va farzand tarbiyasiga oid g‘oyalarning ahamiyati; diniy ma’rifatning mutaassiblik (fanatizm), dindorlik, shamanizm, terrorizmdan farqi; diniy e’tiqodning yo‘nalishlari; global jarayonlar va barqaror taraqqiyot omillarining o‘zaro mutanosibligi; korrupsiyaning shakllari, sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari; ta’lim falsafasi va falsafa ta’limining dunyoqarashni shakllantirishdagi o‘rni; dunyoviy bilim va malakalarni yangilanayotgan O‘zbekistondagi islohotlar jarayonida to‘liq namoyon qilish, burch va ijtimoiy mas’uliyatni his qilishni o‘rgatish.
O’quv mashg’ulotlari bo’yicha soatlar taqsimoti

t/r

Mavzular

Ma’ruza

Seminar

Falsafa moduli

1.

Falsafaning fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarda o‘qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati. Borliq, rivojlanish va bilish falsafasi.

2

2

2.

Jamiyat va inson falsafasi. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot. Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Axloqiy qadriyatlar va pedagogik faoliyatda estetika

2

2

Dinshunoslik moduli

3.

Din madaniyat fenomeni. Diniy mutaassiblik va dindorlik. O‘zbekistonda vijdon erkinligi.

2

2

Korrupsiyaga qarshi kurash moduli

4.

Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati. O’zbekistonda korrupsiya va uni bartaraf etishning asosiy yo‘nalishlari.

2

2

JAMI

8

8

II. Asosiy nazariy qism. (ma`ruza mashg`ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
FALSAFA MODULI
1-mavzu. Falsafaning fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarda o‘qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati. Borliq, rivojlanish va bilish falsafasi.
Falsafaning predmeti, tuzilishi, funksiyalari, yangi sohalari. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni. Falsafaning jamiyat hayotidagi roli va uning asosiy funksiyalari. SHarq - jahon sivilizatsiyasining markazlaridan biri. Antik dunyo falsafasi. Markaziy Osiyodagi falsafiy fikrlar uning jahon madaniyatida tutgan o‘rni. XIV asr oxiridan XX asr boshigacha O‘zbekistondagi ijtimoiy-falsafiy tafakkur. asr oxiri XX asr boshlarida falsafiy fikrlar. O‘rta asrlarda va yangi davr Ovrupadagi falsafiy fikrlar. Ontologiya borliq haqidagi ta’limot. Harakatning asosiy shakllari va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik. Borliq shakllarining tasnifi. Shakllanish, o‘zgarish, rivojlanish va taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi. Falsafa qonunlarining asosiy shakllari. Falsafa kategoriyalarining tasnifi. Bilishning mazmuni va mohiyati. Metodlarning tasnifi: fan va falsafa metodlari. Hozirgi zamon metodologiyasi: kumatoid, keys stadis, abduksiya.
2-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot. Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Axloqiy qadriyatlar va pedagogik faoliyatda estetika
Jamiyat tushunchasi va uning strukturasi. Fuqarolik jamiyati institutlari. Inson, shaxs, individ, individuallik tushunchasi. Ongning tabiati, strukturasi va funksiyalari. Falsafiy antropologiyaning predmeti va vazifalari. Tafakkur mantiqiy fikrlash asosi. Tushuncha, hukm va xulosaning fikr teranligini ta’minlashdagi roli. Tanqidiy tafakkurning mantiqiy xulosa chiqarishdagi roli. Argumentlash (dalillash )ning mantiqiy xulosa chiqarishdagi ahamiyati. Etikaning mohiyati va ahamiyati. Axloqning funksiyalari: motivatsiya, o‘z-o‘zini boshqarish, ijodiylik. Axloqiy kategoriyalar. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati. Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati va uning ijtimoiy ma’naviy hayotdagi roli. Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi. Pandemiya - XXI asrning global muammosi va uni bartaraf etishda xususiy va umumiy manfaatlar uyg‘unligi.

Yüklə 52,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin