O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Lavuazye - XVIII asrning mashxur kimyogari



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə36/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

Lavuazye - XVIII asrning mashxur kimyogari

XVIII asrning oxirida kimyoda juda katta eksperimental ishlarning natijalari yigʻildi, endi ularni yagona nazariya asosida tizimlashtirib chiqish kun tartibining dolzarb muammosiga aylandi. Ana shunday nazariyaning yaratuvchisi fransuz kimyogari Antuan-Loran Lavuazye (1743-1794-yy.) hisoblanadi. Kimyo bilan shugʻullanishining boshidanoq eksperimental ishlar muvaffaqiyatining asosiy negizi aniq oʻlchov ekanligini tushunib yetdi. 1764-yilda gips mineralini oʻrgangan Lavuazye uning tarkibidagi suv miqdorini qizdirish bilan aniqladi. 33


Blek va Kavendishning ishlariga nisbatan u eksperiment ijrosida yangicha yondashdi va eski nazariyalarning oʻrinsizligini, kimyo rivojidagi toʻsqinlik qilishini birinchilardan anglab yetdi. XVIII asrda yonish jarayoni barcha kimyogarlarning fikrini band etgan edi. 60-yillarda eʻlon qilingan koʻcha yoritish ishlari natijalariga koʻra Lavuazye Oltin medalga sazovor boʻldi. Boshqa kimyogarlar bilan hamkorlikda olmosni yopiq kamerada yoqib koʻrdi va uning yoʻqolib ketishini qayd qilgach, idishdagi yonish mahsuloti sifatida karbonat angidiridi hosil boʻlishini isbotladi. Demak olmos ham tarkib jihatdan uglerod elementi va boshqa birikmalarga nisbatan koʻmirga yaqin ekanligi oʻz-oʻzidan ravshan boʻldi. yopiq idishdagi metallarning qizdirish natijasida ogʻirligi ortishini Shtal flogistonning birikishi bilan tushuntirsa, Lavuaze maʻlum "bir narsa" metallga birikadi deb tushuntirdi. Agar idish ichidagi bu "bir narsa" havo boʻlib, u metall bilan birikkanda oksid hosil qilishini bilgan olim, reaksiyagacha va undan keyin idish, havo va metallar umumiy ogʻirligi oʻzgarmaganini aniqladi. Agar idishdagi havo reaksiyaga kirishgan boʻlsa, retortani ochganda uning ichidagi vakuumni toʻldirish uchun havo oqimi kirishi kerak deb oʻylaydi olim. Haqiqatan ham retorta ochilganda uning ichidagi vakuumni reaksiyaga qatnashib kamaygan miqdordagi havo kirishini oʻlchash yoʻli bilan aniqladi. Lavuazyening bu kashfiyoti metallar va maʻdanlar hosil boʻlishining yashi nazariyasini yaratishga nmkon yaratdi. Bu nazariyaga koʻra maʻdanda metall gaz bilan birikkan. Pista koʻmir bilan maʻdan qizdirilganda uning tarkibilagi gazni koʻmir absorbilaydi va natijada karbonat angidridi bilan sof metall ajralib chiqadi.
Lavuazening birinchi eʻlon qilgan ishlaridan biri 1769-yilda chiqqan "Suv tabiati haqida" maqolasi edi. Bu asar alkimyogarlarning suvni tuproqqa aylantirish mumkin degan gipotezasini tekshirish uchun bajarilgan ish boʻlib, olim yopiq idishda suvni 101 kun davomida qaynatadi va qayta kondensatlaydi. Tajribadan ilgari va soʻngra kolba, uning ichidagi suv ogʻirligini doimo oʻlchab boradi va tajriba oxirida umumiy ogʻirlik oʻzgarmaganligini isbotlaydi. Kolba ichidagi suvning loyqalanishini koʻrgan olim suvni, loyqani va idishni alohida tarozida tortib, suvning miqdori oʻzgarmaganligini, kolbaning ogʻirligi esa quritib oʻlchangan choʻkma miqdoricha kamayganligini aniqlaydi. Demak suv tuproqda aylanmadi, bal­ki shisha idishning bir qismi suvda erib, yana qaytadan choʻkmaga tushdi.
1775-yilda havo, karbonat angidridi va suv tarkibini tula isbotladi va har xil moddalar yonishida hosil boʻladigan gazlarni aniqladi. Flogi­ston nazariyasinig salbiy taʻsirini yengib, yonishning kislorodli nazariya­sini yaratdi. Lavuazye 1774-1777-yillar davrida bajargan shplarida kislorodning yonish, oksidlanish jarayonlarida va hayvonlarning nafas olishdagi bevosita ahamiyatini koʻrsatdi. 1774-yilda Parijga kelgan Pri­stli Lavuazega oʻzining "flogistonsiz havo" olganligini aytib beradi. Bu kashfiyotning ahamiyatini darrov anglagan olim 1775- yilda Fanlar Akademiyasida maʻruza bilan chiqib, havo oddiy modda emas, balki ikki xil gazlarning aralashmasi deb tasdiqlaydi. Lavuazyening fikricha, havoning beshdan bir qismini Pristlining "flogistonsiz havosi" (kislorodning ochilishini Lavuazye Pristliga nisbatan oʻziga taalluqli kashfiyot deb hisoblaydi) tashkil etadi. Aynan ana shu miqdordagi havo komponenti zanglayotgan metall bilan yoki yonadigan jism bilan birikadi, xuddi shuningdeq tirik organizm hayoti uchun zarur sanaladi. Lavuazye bu gazni "kislorod" -kislota hosil qiluvchi deb atadi. Havoning beshdan toʻrt qismini tashkil etgan ikkinchi gaz (Rezerford kashf etgan "flogistonli havo") alohida mus­taqil modda va bu gaz yonish jarayonini soʻndirib, tirik organizmlarnimg yashashiga toʻsqinlik qiladi. Lavuazye bu gazni "azot" - hayotni soʻndiruvchi deb atadi. Keyinroq azot lotincha nitrogen - selitra hosil qiluvchi deb qayta nomlandi. Bu soʻz keng tarqalgan inglizcha nitrogen shaklida hozirgacha saqlanib qoldi.



Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin