O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Pnevmokimyo davrchasi va uning shakllanishi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə33/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

Pnevmokimyo davrchasi va uning shakllanishi.

Kimyoviy uygʻonishning dastlabki kurtaklari flamandiyalik olim Van Gelmont (1579-1644-yy.) ishlarida kuzatildi. U birinchi boʻlib kimyoviy reaksiyalar, yogʻoch yonishi jarayonida ajralib chiqadigan bugʻlarni oʻrganib, ularning havodan farq qilishiga eʻtibor qaratdi. Bu xildagi doimiy hajmi va shakli boʻlmagan havoga oʻxshagan moddalarni yunonlarning “xaos” soʻzi bilan atadi, ammo flamand tili fonetikasida xaos soʻzi “gaz” iborasidek aytilgani uchun bu soʻz 1620-yildan bugungacha oʻz maʻnosini saqlab qoldi. Van Gelmont nomi bilan kimyo fani rivojlanishining bu bosqichi pnevmatik kimyo (pneuma - shabada, shamol) davri deb ataldi.28


Yogʻoch yoqilganda hosil boʻlgan gazni Van Gelmont “oʻrmon gazi” (gas sylvestre) deb nom berdi, organik moddalarning bijgishida, ohaktosh yoki potashga kislotalar taʻsir etganda ham shu gaz ajralib chiqishini aniqladi. U CO2 va CH4 har qaysisi individual modda ekanligini aniqladi. Gazlar ham qattiq jismlardek bir-biridan farq qiladi, ularni ajratib olish mumkin deydi. Olim azot (II) oksidi zaharli gaz ekanli­gini birinchi boʻlib aniqladi, organik moddalardan yonuvchan gaz olish mumkinligini ham aytdi. Olimlar orasida gazlarga, ayniqsa havoga boʻlgan qiziqish ortdi. 1638-yilda havo zichligini aniqlagan G. Galiley ham materiya oʻzining maʻlum massasi va zichligiga ega, deb hisoblaydi. 1643-yilda italiyalik fizik Evandjelista Torrichelli (1608-1647-yy.) havoning oʻz bosimi borligini aniqladi, buning natijasida barometr ixtiro qilindi. Endi gazlar va ularning tabiati olimlar uchun uncha katta muammo emas edi. Keyinroq aniqlanishicha, gazlar ham suyuq va qattiq jismlardek oʻz ogʻirligiga ega, faqat zichligining kichikligi bilan ulardan ajralib turadi.
Nemis olimi Otto fon Gerike (1602-1686-yy.) atmosfera havosining ogʻirligini aniqladi. Gerike oʻzi yaratgan nasos yordamida idishlardan havoni soʻrib oldi va natijada tashqi bosim ortgani kuzatildi. 1654-yilda Gerike buyurtmasiga koʻra misdan ikkita yarim sharlar yasaldi. Yarim sharlar mum va skipidar shimdirilgan charm yordamida bir biriga tutashtirilib, ichidan havosi soʻrib olindi. Tashqi atmosfera bosimi kattaligi natijasi­da bu yarim sharlar hosil qilgan sferik jismning ikki tomonidan otlar bi­lan tortilganda ham ular ajralib ketmadi, ammo idishga havo kiritilganda yarim sharlar oʻz-oʻzidan ajralib qoldi. Bu tajriba ilm-fan tarixida “magdeburglik yarim sharlar” nomi bilan mashhur boʻldi. Bu xildagi namoyishlar olimlarning havoga boʻlgan qiziqishini kuchaytirdi.
Yevropada kimyodan tashqari astronomiya sohasi yutuqlari keskin yuksaldi. Italiyalik Galileo Galiley (1564-1642-yy.) XVI asrning 90-yillarida jismlarning erkin tushishiga eʻtiborini qaratib, bu fizikaviy eksperiment natijalari­ni matematik hisoblashlar bilan tasdiqlash lozimligini uqtirdi.
1687-yilda ingliz olimi Isaak Nyuton (1642-1727-yy.) ning “Matematikaning boshlanishi” (“Principia Mathematika”) asarida Galiley ishlarining muhim xulosalari oʻz tasdigʻini topdi va ilmiy asoslandi. Nyuton oʻzining mexanika asoslarining shakllanishini yakunlagan harakat toʻgʻrisidagi 3 ta qonunini va dunyodagi planetalar va yulduzlar orasidagi oʻzaro tortishish qonunini ham shu asarida tushuntirdi. Lekin I.Nyuton oddiy metallarni oltinga aylantirish ustidagi tajribalarini davom ettirib alkimyo tarafdori boʻlib qoldi. Galiley va Nyutonlarning yutuq va miqdoriy oʻlchamlarini hali kimyoga qoʻllab boʻlmasdi, shuning uchun Yevropa kimyosi rivojlanishdan orqada qoldi. Kimyoviy tushunchalarning shakllanishi bilan elementllar haqidagi bilim darajasi pastligi yaqqol koʻrinib qoldi. Birikma tarkibini aniqlovchi element yoki uning boshlangʻich shaklini qidirish boshlandi. Bu haqida fransiskanlik monax (rohib) Rodjer Bekon (1214-1292-yy, bundan 300 yil keyin oʻtgan Frensis Bekon bilan adashtirmang) ham qatʻiyat bilan yozgan edi. Aristotel taʻlimotini oʻsha davrda cherkov tan olgani va uni har xil fikrlardan himoya qilgani uchun rohibning qatʻiyati oʻziga qimmat tushishi mumkin edi. Ammo xalq uni hurmat bilan “moʻjizakor hakim” deb atagani uchun ham omon qolgan. keyinchalik uning dunyoqarashini rivojlantirgan kishi Van Gelmont boʻldi.



Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin