O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə34/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

R. Boyl faoliyati

Havoning xossalari irlandiyalik olim Robert Boylni ham diqqatini oʻziga qaratdi. Gerike nasosiga nisbatan mukammalroq nasos yasagan Boyl dastlab idishdan havoni soʻrib olish, keyin esa uni bosim ostida idishga yigʻish tajribasini amalga oshirdi. Ish davomida havoning hajmi bosimga teskari proporsional ekanligini tushundi. Hajm va bosim orasi­dagi bunday teskari mutanosiblik 1662-yilda eʻlon qilindi va Boyl qonuni deb ataldi. Fransiyalik fizik Edm Mariott (1620-1684-yy.) Boyl ishlaridan bexabar holda, 1676-yilda bosim va hajm orasidagi tajribani amalga oshirdi va bunda haroratning oʻzgarmas ekanligini alohida taʻkidladi. Shuning uchun ham kontinental Yevropada Boyl qonunini koʻpincha Mariott qonuni deb yuritishadi.29


Boyl qonuni moddalarning oʻzgarishini aniqlashda eng birinchi oʻlchash usullaridan edi. 1660-yili R. Boyl gazlarni biror idishga yigʻish mumkin emas degan tushunchani rad etdi. Havoning tarkibini, boshqa gazlarni oʻrganishda pnevmatik vanna, sifonlar kabi apparatlar muhim rol oʻynadi. Gazlar alohida ajratilib, germetik idishlarda yigʻilishi mumkin boʻldi. Boyl tajribalari atom taʻlimoti tarafdorlarini qiziqtirdi. Boylning oʻzi ham fransuz faylasufi Pyer Gassendi (1592-1655-yy.) taʻlimotidan taʻsirlanib atomistik nazariyaning tarafdori edi.
Ammo olimlar qattiq va suyuq jismlar bilan ishlaganlarida atomlarning mavjudligini tushuntirish uchun qiynalishar, havo va boshqa gazlar bilan ishlash ancha oson edi, ammo “atom” soʻzining asl maʻnosi va mohiyati tushunarli emasdi. Boyl ilmiy faoliyati davrida ilmiy adabiyotlarda “alkimyo” va “al-kimyogar” terminlari deyarli yoʻqola boshladi. Boyl 1661-yilda yozgan “Ximik-skeptik” (The Skeptikal Chymist) asarida Boyl beshta asosiy savollarni ajratdi va kitobining har bir bobini shu savollarga bagʻishladi. Bu savollar quyidagicha:
1. Olov barcha jismlar uchun “universal analizator” boʻlishi mumkinmi?
2. Qizdirish (kalsinatsiyalash) reaksiyasi mahsulotlari haqiqatdan ham elementmi yoki dastlabki moddalarmi?
3. Element yoki dastlabki moddalar deb hisoblangan birikmalarning soni uch, toʻrt, beshta (yunon faylasuflari materiya boshlangʻich unsurlari so­ni koʻzda tutilmoqda) bilan chegaralanadimi yoki boshqachami?
4. “Tuz”, “oltingugurt”, “simob” kabi nomlar bilan ataluvchi elementlar haqiqatdan ham aslida bormi yoki yoʻqmi?
5. Real elementlar yoki materiyaning boshlangʻich unsurlari sanalgan moddalar bormi?
Kitobning oxirgi 6-bobida Boyl oʻz nazariyasini tushuntiradi va “element” terminiga munosabatini bildiradi. XVII asrda ishlagan olimlar orasida qanday birikmalarni element deb hisoblash mumkin, degan savolga jismlarning parchalanish jarayonida hosil boʻladigan mahsulotlar deb javob berishadi. Chunonchi, Van Gelmont oʻsimliklar va hayvonot dunyosi materiallarini olov taʻsirida hosil boʻladigan real element deb suvni hisoblaydi. Olimlar hali bu davrda kislotalar taʻsirida birikmalarning parchalanish hodisasini bilishmasdi, ayrimlari qatronlash (distillash), sublimatlash jarayonlari mahsulotlarini ham real elementlar deb oʻrganishardi.



Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin