Mashg‘ulot
2
Mavzu: Asosiy psixik jarayonlar normada va tekshirish usullari: xotira, tafakkur, ong,
shaxs, diqqat.
Tafakkur – bu insonning bilish faoliyatidagi muxim jarayon bo‘lib, atrofdagi borliqni inson ongida
aks yetishining oliy shaklidir. Tafakkur bir qator bilish jarayoni orqali amalga oshiriladi. Bu oliy faoliyat
bosh miya (postloq osti qismi) da bir necha bir biri bilan kelishib ishlaydigan nerv tuzulmalari orqali
amalga oshiriladi. Po‘stloq osti markazi ichki va tashqi olamni bog‘lovchi asosiy tuzulmadir. Ikklamchi
signal sistemasiga bosh miya yarim sharlari (faqat peshona bo‘lagi va so‘z tasirlarini qabul qiladigan
markazdan tashqari ) kiradi. Bunda miya faoliyati asosida- shartli va shartsiz jarayonlarni uzviy bog‘lanishi
yotadi. Birlamchi signal sistemasiga yani bevosita tasurotni yuzaga keltiruvchi: xissiyot, sezish, tasavvur
kiradi. Keyingi jarayonda esa signal sistemasi faoliyati amalga oshiriladi.
Barcha signal sistemalari tasirida katta yarim sharlar po‘stlog‘ininig integral analiz sintez jarayoni yani
tafakkurni fiziologik asosi yaratiladi.
Analiz - narsa va xodisalarning tarkibiy qismlarini birlashtirishdir. Bunda inson narsa va xodisani chuqurroq
bilish uchun uning xar bir qismini o‘rganadi.
Sintez- aloxida qismlardan yagona butunlikni yuzaga keltirish. Sintezni boshlashdan oldin bog‘liqlik
borligini bilish kerak.
Umumlashtirish- bir necha qismlarni jamlashtirish. Inson obektni analizlayotganda uni aloxida detallari va
xususiyatlarini takkoslashi, umumiy yoki asosiyga kirishini ajrata olish, predmet va jarayonga aniqlik kirita
bilish
Abstraksiya- obektlarni yukoridagilardan keladigan sanoqsiz signallar qabul qilinadi. Shu orqali ikkilamchi
aloxida qismlaridan chetlanish. Bu jarayon qachonki inson barcha narsa xodisalarni topishi va istisno qila
bilganda yuzaga keladi. Masalan kasal ichki qon ketishiga shubxa kilyapti biz siydikni analiz kilganimizda
ko‘rmaymiz lyokin siydik solishtirma og‘irligi oshib ketgan bu sababi menstrual sikl, eozinofiliyasi sababi
yesa gelmintoz bo‘lishi mumkin.Tafakkur bunda arterial gipotoniyaga, kuchsiz puls, anemiya manzarasiga
qaratilgan bo‘lishi kerak.
Tushuncha-narsa va xodisalarni umumiy va mavjud xususiyat va sifatini anglashini aks yetishi. Bunga
predmetni ichki dunyosini anglash xam kiradi. Tushuncha idrok va tasavur asosida yuzaga
keladi.Tushunchada predmetlar guruxining umumiy va asosiy xususiyatlari aks yetadi, tasavurda yesa
predmetni o‘zi aks etadi.Tushuncha umimiy va yagona, konkret va abstrakt, bevosita va bilvosita, manfiy va
musbat bo‘lishi mumkin.Tarkibi va xajmini xarakterlaydi. Til orqali shakllanadi.
Muxokama- biror narsani tasdiqlash yoki inkor qilishdir. U bo‘linadi
Biror narsani tasdiqlash yoki inkor qilish
So‘zli tasirlovchilarni tasdiqlash yoki inkor qilishdir
Muxokama o‘ylash jarayoni yotadi. muxokamada taqqoslanib xulosa yuzaga keladi.
Xulosa-muxokama ko‘rinishlaridan bo‘lib. olingan taxminiy o‘ylash jarayoni olingan mantiqiy xulosa
yotadi. Tafakkur jarayoni muxokama va xulosa orasidagi zanjirdir.
Tafakkur shakllari
Ko‘rish-xarakat shakli- tashqi xarakatlar qabul qilinadi. lyokin aloxida yelementlar sifatini bildiruvchi so‘z
tasirlovchilarisiz. U konkret xolatda birlamchi signal sistemasi faoliyatiga tayanadi
9
Obrazli tafakkur – tasavvur orqali yuzaga keladi. Oldingi bo‘lgan jarayonlarni oqibatlari ongda aks yetishi.
Topshiriqlar taxlili rejasini tuzib quyadi keyin qanaka xarakat qilishini bilish uchun. Reja tuzish mantiq va
bog‘liqlar orqali amalga oshiriladi.
Abstraksiya-tanish shakli– oqibatida butunlik aloxida qismlarga bo‘linishi ko‘rinadi.
Abstrakt – mantiqiy fikrlash- muxokamaga tayanadi (asosan kar-sakovlarda) Asosida ikkilamchi signal
sistemasi yotadi, oddiydan murakabgacha
Tekshirish metodlari:
1) klassifikatsiya metodi
2) rasm bo‘laklarini taxlash
3) xikoyani tushunish
4) 4-ortiqchani olib tashlash
5) voqea xodisalarni oqibatini ko‘ra bilish
6) mavjud belgilarni ajrata bilish
7) «gugurt» testi cho‘plaridan shakl yarata bilish
Xotira.
Nazariy kismi.
1) Assotsiya teoriyasi ob’ektlarni bir necha umumiy belgilari bilan eslab qolish. unga uzunligi, rang,
ko‘rinishi, og‘irligini olish mumkin. Assotsiatsiya bir-biriga yaqin vokea xodisalarni bo‘shliqda va vaqt
doirasida bog‘lashdir.
2) Neyron teoriyasi-Dj.Xeb 1974-yilda tushuntirib o‘tgandek qisqa va uzoq mudddatli xotira asosida miya
tuqimasidagi neyrofiziologik o‘zgarishlar yotadi. qisqa muddatli xotira neyronlar qayta sirkulyatsion
ko‘zg‘alishidan yuzaga chiqadi. Uzoq muddatli xotira yesa davomli va turg‘un kozgalishlar sinaptik
tuzilmalarni o‘zgartirishi oqibatida kelib chiqadi. Bular malum bir vaqt davomida muxrlanishi kerak.
3)Bioximik nazariya- xotira jarayonida miyaning xar xil biologik aktiv moddalari qatnashadi. RNK
informatsiyani molekulyar kodlashda katnashib uni muxrlashga xizmat kiladi. Uzok muddatli xotira
mexanizmida RNKdagi miya peptidlari ishtirok yetishini 1970-yilda Untarom aytib o‘tgan.
Xotira - tajribamizga asoslanib narsa – xodisalarni eslab qolish, saklash, foydalana olish (reproduksiya)
jarayonidir. Psixologlar xotira jarayonini «uch mexanizm», uch faza, komponent (funksiya)ga bo‘lishadi.
1) eslab qolish (retsepsiya, fiksatsiya, impregnatsiya)
2) uni saqlash (retensiya)
3) undan foydalanish (reproduksiya)
1.Eslab qolish-yangi impulslarni qabul qila olishdir. Bunda xotira yangiliklar bilan boyitilib tajriba bilim
ortiladi. qariganda u ancha chegaralanadi. Bolalarda eslab qolish qobilyati kuchli bo‘lib uni saqlash ancha
sust. Eslab qolish tasofiy va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
2. Saqlash (retensiya) - uzoq vaqt davomida individual va umumiy xususiyatlariga qarab saqlash jarayonidir.
qarilarda bu jarayon uzok xayotiy tajribaga ega bo‘lganlarda kuprok bolalik xotiralariga shung‘ib ketadi.
yangilarini eslab qololmaydi.
3. Yodga keltirish - (reproduksiya) o‘tib ketgan voqea-xodisalarni ongida qayta jonlanishi. Bu uzok
muddatli xotiradan tarjima sifatida paydo bo‘ladi. U charchash, kuchli ko‘zg‘alish, alkogol, kofein va xordik
tasirida kuchayishi yoki susayishi mumkin.
Reproduksiya bo‘lishi mumkin:
-ixtiyorsiz- maxsus maqsadlarsiz yuzaga keladi (masalan kuchadagi biron bir xodisa)
-ixtiyoriy- aniq bir maqsad sari yo‘nalgan bo‘ladi.
Xotira jarayoni:
1) Eslab qolish-mnestik jarayon bo‘lib malumotlar keyiinchalik yesa aks yetadigan darajada gavdalantirish
2) Saqlash- malumotlar ushlanib turish, saklash.
3) Yodga keltirish- mnestik jarayon bo‘lib avval shakllantirilgan tarkibni kaytadan jonlantiriladi.
4) Tanish- kandaydir obektni malum bir sharoitda aks yetishi
5) Esdan chiqarish – mnestik jarayon bo‘lib xotirada saqlanganlarni yo‘kotish
10
Xotira turlari:
1) Psixik aktivlik xarakteriga karab: xarakat, emotsiya, suzli, ko‘ruv -obrazli, ko‘ruv, eshituv, xidlov,tam
bilish va ixtiyorsiz
2) Maqsadiga qarab – ixtiyoriy, ixtiyorsiz
3) Muddatiga qarab – qisqa muddatli uzoq muddatli
Xotira insonning indivudual xususiyati bo‘lishi uning 1) Obrazli turi- odamlar uqigan kitobi tabiat rasmlari
va xokazolarni uylayotganda 2) So‘zli-mantiqiy- inson asosiy fikrlarni, formulalarni aks yettirganda yuzaga
keladi.
Xotira qisqa va uzoq muddatliga bo‘linadi. Birinchisida ulkan tasurotlar qabul qilinib xar sekunda miyani
tetiklantirib davomsiz vaqtga muxrlanadi. (sekunddan soatlargacha) undan sung xotiradan o‘chib ketadi
ixtiyoriy yeslab bo‘lmaydi. Ikkinchisi yesa malumotlar tanloviga muxrlanishiga saqlanishi va kelajakda
ixtiyoriy aks yettiraolishdir barcha ixtiyoriy xotira ixtiyoriy saqlanib uzoq muddatli xotira aylanadi
qisqa muddatli xotira uzoq muddatliga o‘tishi
1) olingan malumotni subekt uchun muxim va foydaligi
2) o‘ta yorqin tasurotlar
3) tasurotni inson diqqatida uzoq va uzluksiz fiksatsiyalanishi
4) xodisa, vokea, faktlarni qaytarilaverishi. Uzoq muddatli xotira tugunligi va inertligi bilan ajralib turadi.
Bundan tashqari aniq muddatda psixik xolatda yuzaga keladigan operativ xotira unda qisqa muddatlik uzoq
muddatli xotiralar birdek taxlanaveradi
Mexaniq xotirada psixikada bir biri bilan bog‘lanmagan malumotlar yotadi.u mexaniq yodlar bilan
boyitilgan bo‘lib mantiq bo‘lmaydi.
Xotira mustaxkam bo‘lishiga qaramasdan qayta eslanib turilmasa baribir syokin una boshlaydi.
Mantiqiy xotira bu suz-mantiqiy xotira bo‘lib qachonki mantiqiy fikrlash tasavvur bilan borsa kuzatiladi.
Shuningdek xotira farqlanadi:
A) xarakat (biror narsani bajarganda)
V) ko‘ruv (sezish orqali)
D) emotsiyali (afektiv)
Atkinsonning uch komponentli xotira modeli:
U xotirani bir biri bilan birgalikda ishlay oladigan bloklar degan
1.sensor buzilishlar bloki
2.qisqa vaqtli xotira modeli
3.uzoq vaqtli xotira modeli
Malumot avval sensor tizimi orqali qabul qilinib keyin qisqa muddat saqlanadi agar keyinchalik doim
kaytarilaversa uzoq muddatli xotiraga aylanadi.
Xotira tekshirish metodlari:
1. Suxbat metodi.
2. Beton testi.
3. 10 ta so‘zni yeslash metodi.
4. «Piktogramma» usuli.
5. Eshitgan xikoyasini gapirib berish.
Eslab qolish uyini:
«Tugmacha» o‘yini. 2 ta odam qatnashadi 2 ta list varog‘i kvadratga bo‘linadi. Bu o‘yin maydonidir. 2ta
tuplam tugma olinadi. Birinchi boshlagan kishi 3ta tugmani uzining uyin maydoniga joylashtiradi. 2chi
uyinchi yesa buni ko‘rib eslab va qanaqa tugmacha kayerda yotganini yeslab qolish kerak. Bundan keyin
birinchi o‘yinchi o‘zinining maydon list kog‘ozi bilan yopadi. 2chi uyinchi esa tugmachalarni xudi shunday
joylashishi kerak.
11
Topshirik
3
Berilgan: Missioner Afrika odam xurlari o‘rab olingan. U kozonda. Kanday oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Toshirik
4
Oddiy predmetlar (telefon, toster) qanday qilib kuchaytirish mumkin? Oddiy predmetlar bilan qanday
muammolar kelib chiqishi mumkin.
Topshirik
5
4 xil so‘zdan gap tuzish: 4ta xarf beriladi ulardan 4ta so‘z o‘ylab xar xil gaplar tuzish.
Vaziyatli masalalar.
1. Kasal 70 yosh vrachning «kecha nima ish qildingiz» degan savoliga bundan 4 yil oldin bo‘lgan voqea
«Oq qush» qo‘lida bo‘lganini javob berdi. Bu xotirani qanday patalogiyasi?
2. Kasal aytishicha u Shizofreniya bilan kasallangan chunki u bolaligida manniy kashani yomon ko‘rgan.
qanday taffakur buzilishi ketyapdi?
3. Kasal «sizni familiyangiz nima» savoliga «Ivanov» deb javob berdi «kayerda yashisiz» desa yana
«Ivanov» deb javob beryapdi. Kanday taffakur buzilishi ketyapdi?
4. Bemor shikoyat qilishicha u doim daraxtlarni, uylarni, zinalarni, etajlarni sanayveradi. Bu uni qiynaydi va
qalban noxushlikga olib keladi. Bundan qutila olmaydi.
5. Bemor o‘zini judayam katta boylik egasi, katta-katta xarbiy unvonlar deb xisoblaydi.
Ong – ob’ektiv borliqni aks ettirishning oliy shakli, unga o‘zini va atrof-muhitni anglash kiritiladi. Ong –
odam miyasining funksiyasi bo‘lib, uning yordamida ob’ektiv borliq sub’ektiv aks etadi. Ong o‘z tabiatiga
ko‘ra nihoyatda ko‘p qirrali, rang-barang, uning turli-tuman xossalari mavjud. Shu bois u taraqqiyotning oliy
darajasida yuzaga kelib, faqat insondagina bo‘ladi. Hayvonlarda ong bo‘lmaydi. Odamda ong asta-sekin
rivojlana boradi. Yangi tug‘ilgan bolada ong bo‘lmaydi, lekin u ruhan va jismonan ulg‘aygan sari rivojlanib
boradi va takomillashadi. Ongga yuqori darajali izchillik xosdir.
U doim jadalligi, chuqurligi va kengligi bilan boshqa bilish jarayonlaridan farq qiladi. Odam hayotining turli
davrlarida – o‘smirlik, o‘rta yosh, qarilik chog‘ida ong turli ko‘rinishda bo‘lsa-da, u bir butundir. Yuqorida
aytib o‘tganimizdek, bilimsiz ong bo‘lmaydi, lekin ong va bilimni bir xil jarayon deb bo‘lmaydi. Bilimlar
har doim xotirada to‘plansa-da, lekin hamma vaqt ham ongda aks etavermaydi. Faqat bilimlarimizning
ayrimlari ushbu paytda ong maydonida bo‘lib, biz ularni fahmlaymiz. Bu erda quyidagi qiyosni keltiramiz:
insonda xotira izlari, ya’ni, o‘tgan hayot izlari miya hujayralarida saqlanar ekan, ularni ko‘p sonli elektr
chiroqlariga o‘xshatish mumkin.
Ularning bir qismi yoqilganda tegishli ob’ektlar va kechinmalar ong nuri bilan yoritiladi. Biz bilamizki,
bilimlar yaxshi va puxta bo‘lganda ham ong buzilishi mumkin. Xotira, fikrlash kabi odamning boshqa
fazilatlariga baho berishda ongning ravshanligiga ishonch hosil qilish kerak. Aks holda, bemorda aslida
bo‘lmagan kasallik haqida noto‘g‘ri taxmin paydo bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, ongga o‘zini-o‘zi
anglash, «men» ongi kiradi. «Men» degan ong odatda, bizdan yo‘qolmaydi va ancha yaqqol ifodalangan
bo‘ladi. Ong bizning ruhiy jarayonlarimiz va hayotiy vaziyatlar dinamikasini o‘zida aks ettiradi. Hozir siz –
muallim, atrofdagilaringiz – o‘quvchilar, bugun siz – vrach, ertaga – bemor, bugun siz – mehmon, ertaga –
mezbon va hokazo. Bir oz vaqt o‘tgach, xuddi shu jamoada o‘rin almashishi mumkin. Vaziyatni to‘g‘ri
baholay olish va shunga muvofiq o‘zini to‘ta bilish – normal ong ta’rifiga mansub bo‘ladi.
Ruhiy kasalliklarda esa vaziyatni anglash izdan chiqadi. Ko‘pincha, bemor kasalxonaga tushib qolib, rasmiy
jihatdan u qaerda ekanini to‘g‘ri ayta oladi, ya’ni unda joyga nisbatan orientatsiya bo‘zilmagan bo‘ladi.
Lekin shu bilan bir qatorda, vaziyatga noloyiq tarzda quvnoq bo‘ladi, hazil-ho‘zul qiladi, hatto
xursandchilikka sabab bo‘lmasa ham qo‘shiq aytadi. Bu holat vaziyatni to‘g‘ri baholay olmaslikka kiradi.
Ongda doimo turgan joyimiz va vaqt aks etib turadi.
Es-hushi joyida bo‘lgan odam hamma vaqt qaerdaligini anglaydi, soat nechaligini, hech bo‘lmaganda,
taxminan ayta oladi. O’zini qaerdaligini bilishning qo‘pol buzilishlarida bemor hatto taxminan qaerdaligini
va qancha vaqtdan buyon shu erda ekanligini aytib berolmaydi. Atrofdagi narsalar va odamlarni tanish o‘z
makonini bilishda muhim ahamiyatga ega. Taniy olishda mazkur hissiyotni o‘tmish izlariga solishtirish va
o‘xshatish kerak bo‘ladi. Umuman taniy olmaslik mumkin. Goho taniy bilishda adashish ko‘zatiladi: bemor
12
ayol vrachni o‘z otasi deb o‘ylaydi. O’zini qaerdaligini to‘g‘ri anglash, ko‘pincha, vasvasali va
gallyutsinator kechinmalarga aloqador bo‘ladi.
O’z tanasini his qilish ham ong funksiyasiga kiradi. Odam tanasi faqat tashqi olam (ko‘ruv, eshituv, hid
bilish) dan emas, balki o‘zining ichki a’zolaridan ham retseptorlar orqali ma’lumot olib turadi, lekin ular
ongda aks etmaydi. Tashqi olamdan axborot olish va o‘zini-o‘zi anglash doimo ongda aks etib turadi. Ana
shu jarayonlar natijasida odam his-tuyg‘u, sezgi, xohish, ehtiyojlarini atrofdagi vaziyat bilan taqqoslaydi. Bu
ongning eng muhim funksiyasidir. Psixofiziologlar ongga bosh miya po‘stlog‘ining funksiyasi deb ta’rif
berishadi. Ularning fikricha, bosh miya po‘stlog‘i va birinchi galda ikkinchi signal sistemasi ong uchun,
uning rivojlanishi hamda saqlanib qolishi uchun hal qiluvchi o‘rin to‘tadi. Miya ustuni retikulyar
formatsiyasi ham ong jarayonida muhim o‘rin to‘tadi. Retikulyar formatsiya ongga ta’sir o‘tkazadi, uyqu va
tetiklikni idora etadi. Ikkinchi signal sistemasi ongga xos bo‘lgan o‘z-o‘ziga hisobot berishni ta’minlasa, ong
faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan po‘stloqning tetiklik holati retikulyar formatsiyaning faoliyati bilan
o‘zluksiz bog‘langandir.
Shaxs
Leongard shaxsning 10 ta tipini ajratib o‘rgandi. Quyida ularning ta’rifini keltiramiz:
1. Namoyishkor shaxs. Bu tipga mansub shaxslarning xulq-atvorida namoyishkorlik doimo sezilib turadi,
ular barcha xatti-harakatlarini namoyishkorona bajarishni xush ko‘rishadi. Atrofdagilar bilan tez va
osonlikcha muloqotga kirishadi, ishchan va harakatchan bo‘lishadi. Hiyla va nayrangga usta, yolg‘on
gapirishga moyil, olifta, makkor, xayolparast, o‘z shaxsini bo‘rttirib ko‘rsatuvchi va shu bilan birga boshqa
birovlarni bir-biriga to‘qnashtirib janjalli vaziyatlarni yuzaga keltirishni xush ko‘rishadi. Maqtovtalab,
manman bo‘lishadi. Har qanday ishga tavakkal qilib qo‘l urib ko‘rishadi, rahbarchilikka intilishadi,
atrofdagilarning e’tiborida bo‘lishga intilib yashashadi. Odamlar bilan tez til topishib ketishadi, har qanday
vaziyatga tez moslashib olishadi, agar ularning xatti harakatlari atrofdagilar tomonidan tan olinmasa yoki
e’tibor qilinmasa, ularning kayfiyati tez bo‘ziladi va suhbatni boshqa yo‘nalishga o‘zgartirib yuborishadi.
Mana shunday paytlarda ular o‘z foydasiga janjalli vaziyatlarni yuzaga keltirishga urinib ko‘rishadi va
bunga erishishadi ham. Ular judayam egoist bo‘lishadi, doimo diqqat-e’tiborda bo‘lishni xohlashadi,
maqtovga chanqoq bo‘lishadi, agar atrofdagilar uni maqtamasa, u o‘zini maqtay boshlaydi, yonidagi
suhbatdoshini hayratda qoldiradigan uydirmalar o‘ylab topadi, o‘zining so‘zamolligidan faxrlanib yuradi.
Uning oldida birovni maqtashning foydasi yo‘q, chunki bu uning kayfiyatini tushirib yuboradi, bunday
paytlarda u suhbatni yana o‘z foydasiga burishga intilib ko‘radi yoki dialogni to‘xtatib qo‘ya qoladi.
Mabodo u bilan avval og‘irroq vaziyatlar ro‘y bergan bo‘lsa, suhbat chog‘ida bu voqeani bo‘rttirib so‘zlab
beradi, atrofdagilarda unga nisbatan hamdardlik va achinish hissini paydo qilishni xush ko‘radi. Agar uning
so‘zlariga e’tibor qilinmasa, tez jahli chiqadi, biroq buni sezdirmaslikka harakat qiladi.
U doimo atrofida odamlarni to‘plab va’zxonlik qilishni, jamoaga etakchilik qilishni yoqtiradi va o‘zi alohida
ko‘zga tashlanib turishni istaydi. U yolg‘izlikni yoqtirmaydi. Shuning uchun ham u doimo mansabga
intiladi, ichki tuyg‘ularini ro‘yobga chiqaruvchi, o‘zini ko‘z-ko‘z qilishga katta imkoniyatlar yaratib
beruvchi yagona vaziyat – bu mansabdir. Shuning uchun ham u qanday bo‘lmasin biror bir mansabni
egallashni orzu qilib yashaydi. Aslida uning xatti-harakatlari doimo ham haqiqatga mos kelavermaydi, agar
kichikroq bir favqulodda vaziyat yuzaga kelsa, jamoani yig‘ib juda katta shov-shuv ko‘taradi, yig‘in paytida
ataylab ziddiyatli vaziyat yaratadi, jamoa a’zolari ichidan aybdorni izlay boshlaydi, topa olmasa birovni-
birovga to‘qnashtirib aybdorni topib oladi va uning obro‘sini hammaning oldida erga urib tashlaydi, o‘zini
esa faol himoya qilishga intiladi. Janjalni ham o‘z foydasiga hal qilib, vaziyatdan «qahramon» bo‘lib
chiqishga urinadi va aksariyat hollarda bunga erishadi ham. Unda siqib chiqarish xususiyati (psixoanalizda
Freyd tomonidan taklif qilingan «siqib chiqarish» atamasi bor) kuchli bo‘ladi, ya’ni o‘ziga yoqmagan voqea
va hodisalar tafsilotini xotirasidan o‘chirib tashlash qobiliyatiga ega bo‘lishadi. Yolg‘on gapirish uning
uchun odatiy holdir, uning hayot tarzidayolo‘on va haqiqatlar shu darajada chalkashib ketadiki,
keyinchalikgapirgan gaplarining qaysi biri yolg‘onu, qaysi biri haqiqatligini o‘zi ham anglay olmay qoladi.
Shuning uchun ham ularga keyinchalik bo‘lib o‘tgan voqealar aytib berilsa eslay olishmaydi, biroq
haqiqatdan ham eslay olmayaptimi yoki eslashni xohlamayaptimi, bilib olish o‘ta mushkuldir. Bunday
odamlarni psevdolog, ya’ni yolg‘onchi deb ham atashadi.
13
Shu asnoda ularning fikrlash doirasi kengligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim, ba’zan inson hayratda
qoladigan ishlarga tavakkal qilib qo‘l urishadi va ishchanlik qobiliyati yuqoriligi uchun ancha yutuqlarga
erishishadi ham.
2. Qotma shaxs. Muloqotga hadeb kirishib ketmaydigan, kamgap, takabbur odam. Kam gapirsada, nasihat
qilishni xush ko‘radi. Unga nisbatan aslida mavjud bo‘lmagan adolatsizlikdan aziyat chekib yuradi. Shu
sababli uning xatti-harakatida odamlarga nisbatan ishonchsizlik va ehtiyotkorlik ustun turadi. Gina va
xafagarchilikka beriluvchan, tez ranjiydigan, voqea va hodisalarga shubha bilan qaraydigan shaxs. U bilan
yuz bergan voqealardan o‘zoq vaqt siqilib yuradi, xafagarchilikdan oson chiqa olmaydi, qasoskor bo‘ladi.
Bunday odamlar janjal va kelishmovchiliklarni yuzaga keltirishda tashabbuskor bo‘lib qolishlari mumkin.
Izzattalab, o‘ziga qattiq ishonadigan va o‘z bilganidan qolmaydigan sobitqadam bu shaxs biror bir ishni
qat’iyatlilik bilan boshlab oxiriga etkazadi ham. Ular o‘ta ishchan bo‘lib, har qanday sharoitda ham yuqori
ko‘rsatgichlarga erishishga intilishadi, boshlagan ishini birov bilan baham ko‘rmay yolg‘iz o‘zi bajarishni
xush ko‘rishadi. Qaysar, o‘jar va tez-tez affekt holatlariga tushib turadigan bu shaxslarning xulq-atvorida
haqiqatgo‘ylik, ranjish, tez xafa bo‘lish, gumonsirash, rashk kabi turli xislatlar birgalikda namoyon bo‘ladi.
Ular affekt holatiga tushishsa ham, buni darrov yuzaga chiqaraverishmaydi, ichida saqlab qo‘yishadi va bu
borada ularning fikrini tez bilib olish qiyin.
3. Rasmiyatchi shaxs. Sinchkov, maydakash va o‘ta rasmiyatchi shaxs. Janjal va kelishmovchiliklarga kam
aralashadi, agar janjalli vaziyatlarda paydo bo‘lib qolsa, o‘zini chetga oladi yoki passiv ishtirokchiga
aylanadi, xolos. Shunday bo‘lsa-da, shakllanib qolgan tartib-qoidalarning buzilishiga tezda diqqatini jalb
etadi. Ishda u haqiqiy byurokrat bo‘lib, har bir ishda rasmiyatchilikka boradi, qo‘l ostida ishlaydiganlarga
juda ko‘p talablar qo‘yib tashlaydi. O’z ishiga puxta, o‘ziga va boshqalarga o‘ta talabchan, tartibni xush
ko‘radigan, o‘oyatda sinchkov bo‘lib, har bir ishni reja asosida bajarishni yoqtiradi. Biror bir ishni
boshlashdan oldin uni sinchkovlik bilan o‘rganadi, reja to‘zadi, o‘zi ham o‘sha rejaga qattiq amal qilishga
harakat qiladi, o‘z oldiga qo‘ygan ishlarni shoshmasdan, biroq yuqori darajada sifatli bajarishga intiladi.
Xatoga yo‘l qo‘yil madimi deb, o‘zini va boshqalarni tez-tez tekshirib turadi. Rasmiyatchilik uning hayot
tarziga aylangan bo‘ladi, vaziyat shuni taqozo etsa mansabdan osonlik bilan voz kechadi. Ruhiy jarohatlarni
o‘zoq vaqt esida saqlab yuradigan, og‘ir tabiatli va o‘ch olishga moyil shaxs.
4. Ta’sirchan (qo‘zg‘aluvchan) shaxs. Jizzaki, o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olmaydigan, qo‘pol, janjalkash
va tez g‘azablanadigan kishilardir. Ularning xulq-atvorida instinktiv intilishlar ustun turadi. Ular badqovoq
va zaharxanda kishilar bo‘lib, birov bilan osonlikcha murosaga borishmaydi, doimo janjalning o‘rtasida
bo‘lishadi, odamlar orasida kelishmovchiliklarning yuzaga kelishida faol ishtirokchilardir, aksariyat hollarda
esa janjalning muallifi ularning o‘zi bo‘lib chiqishadi. Jamoada o‘zoq ishlay olishmaydi, tez-tez yuzaga
keladigan kelishmovchiliklar sababli bir joyda ishlay olishmaydi. Ularda verbal va noverbal reaksiyalar
ancha sust bo‘ladi, shuning uchun ham odamlar bilan bemalol til topishib keta olishmaydi. U biror bir ishga
ishtiyoq bilan kirishmaydi, ishga ham zarurat uchun boradi, biror bir sohani yoki ilmni o‘zlashtirishga ham
ishtiyoq bo‘lmaydi. Kelajakka befarq, bugungi kun bilan yashaydi, ko‘ngli o‘yin-kulgi va vaqtichog‘likni
istaydi.Hamma bilan til topishavermagach, o‘zidan kuchsizroq odamlar bilan muloqot qilishga va ularni
o‘ziga bo‘ysundirishga intiladi. Yuqori darajada qo‘zg‘aluvchan bu shaxslarni boshqarish qiyin bo‘lib,
ularning xatti-harakatlari atrofdagilar va jamoa obro‘si uchun xavfli vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin.
5. Gipertim shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlar yuqori darajada harakatchanligi, so‘zamonligi, mimikalarga
boy xatti-harakatlari, dilkashligi bilan ajralib turishadi. Ular har qanday odamlar bilan tezda muloqotga kirib
keta oladi, ulfatchilikni xush ko‘rishadi, shum va sho‘x bo‘lishadi. Suhbat chog‘ida dastlabki mavzudan
tezda chetga chiqib ketishi mumkin, buni o‘zi ham sezmay qoladi. O’z tengdoshlari orasida e’tiborda
bo‘lishni, iloji bo‘lsa ularga yo‘lboshchi bo‘lishni va shovqin-suronli hayotni xush ko‘radi. Deyarli doimo
yaxshi kayfiyatda bo‘lishadi, o‘zlarini yaxshi his qilishadi, yuqori hayotiy quvvatga va ishtahaga ega
bo‘lishadi, yuzi-ko‘zi kulib turadi, hayotdan quvonib yashashadi. Ular o‘ziga yuqori baho berishadi,
chaqqon va engiltak bo‘lishadi, quvnoq hayotni yoqtirishadi, ishbilarmonligi bilan ajralib turishadi, yuzaki
ishlarni zudlik bilan bajarib tashlashadi. Ular juda ajoyib suhbatdosh bo‘lib, atrofdagilarning ko‘nglini chog‘
qilib o‘tirishni xush ko‘rishadi, ko‘ngil yozar ishlarga yo‘lboshchilik qilishadi, kerak bo‘lsa turli
xursandchiliklarni o‘zlari o‘ylab topishadi va boshqalarni bunga jalb qilishadi. Bu ishlarga keragidan
ortiqcha berilish janjalli vaziyatlarning kelib chiqishiga turtki bo‘ladi. Agar ular qilayotgan ishlariga ochiq
to‘sqinlikni sezishsa yoki bu ishlarni amalga oshirayotganda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, asabiylashib
ketishadi, g‘azabi qo‘zo‘aydi. Ba’zan o‘z majburiyatlariga yuzaki qarashadi, qattiq tartib-intizomga ularning
14
toqati yo‘q. Hayot tarzida bir xillikni va yolg‘izlikni yoqtirishmaydi, ba’zan axloqsiz ishlarga qo‘l urib
qo‘yishadi.
6. Distimik shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlar o‘zining jiddiyligi bilan ajralib turishadi, ular o‘ta bosiq
bo‘lib, kayfiyati pastodamni eslatadi. Ularning harakatlari sust bo‘lib, kelajakka pessimistik ruhda qarashadi,
o‘z imkoniyatlarini ham past baholashadi. Ular birovlar bilan kam muloqotga kirishadi, davralarda suhbatga
aralashmay jim o‘tirishni xush ko‘rishadi. Bunday odamlar ko‘cha-ko‘ylarga chiqmay uyda o‘tirishni afzal
ko‘rishadi, g‘alag‘ovur va shovqinli joylardan chetroq yurishadi, yolg‘izlikni yoqtirishadi. Bundaylarni
o‘troq hayot kechiruvchilar deb atash mumkin, biroq ular bilan yaqinlashishga intilganlarni hurmat qilishadi,
ularga bo‘ysunishga ham tayyor turishadi, haqqoniy do‘stlikning qadriga etishadi. To‘g‘rilik va
haqiqatgo‘ylikka intilishadi, biroq o‘z fikrini bayon qilishda ancha sust bo‘lishadi.
7. Xavotirli shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlar birovlar bilan darrov muloqotga kirishib keta olishmaydi,
doimo xavotirda bo‘lishadi, qo‘rqoq va uquvsiz bo‘lishadi, o‘ziga ishonmaydi. Ular qorong‘ulikdan, uyda
yolg‘iz qolishdan va hayvonlardan qo‘rqishadi. O’z tengdoshlariga qo‘shilib keta olmaydi, ulardan o‘zini
chetga oladi, shovqinli, o‘yin-kulguli joylarni yoqtirishmaydi, mabodo bunday joylarda paydo bo‘lib
qolishsa ham uyalib chetda tomoshabin bo‘lib turishadi. Agar ularning mehnat yoki o‘quv faoliyatini kimdir
tekshirmoqchi bo‘lsa yoki biror bir fandan imtihon topshirishga to‘g‘ri kelsa, bunday holatlarni u juda og‘ir
qabul qiladi, o‘ziga ishonchsizligi yana kuchayadi, juda bezovtalana boshlaydi. Agar biror bir masala
bo‘yicha nutq so‘zlash kerak bo‘lsa yoki auditoriyada ma’lumot berish zarurati tug‘ilsa, u qattiq terga
botadi, uyalib ketadi. Shuning uchun ham ular o‘z xohishi bilan minbarga chiqishmaydi. Kattalar
himoyasiga o‘zini jon deb otadi, biroq ularning o‘zundan-o‘zoq pand-nasihatlari unda vijdon azobini
qo‘zg‘aydi, o‘zining uquvsizligidan va uyatchanligidan aziyat chekadi, shunday bo‘lsada o‘zini yupatib
yuradi, shundayligidan siqilib ba’zan yig‘lab ham oladi. Ularda burchga sadoqat, mas’uliyat hissi, yuqori
darajadagi axloq va odob tamoyillari ancha erta shakllanadi. O’zida mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf
etish uchun qudrati etadigan ishlar bilan shug‘ullanishga intiladi, o‘sha erda o‘z imkoniyatlarini to‘la
ochishga harakat qiladi. Bolalik paytidan mavjud bo‘lgan uyatchanligi va tortinchoqligi sababli katta
bo‘lganda ham o‘zi xohlagan odamlar bilan tezda muloqotga kirishib keta olmaydi. Ko‘p gap ko‘tara
olmaydi, agar uni nohaq ayblashsa, o‘zini himoya qila olmaydi, o‘sha erda kuchliroq odamlarning
himoyasini xohlab qoladi. Atrofdagilar bilan janjalli voqealarga kam aralashadi, agar kelishmovchiliklar
orasiga tushib qolsa, passiv ishtirokchiga aylanadi, xolos. Ular bilan do‘stona munosabatlarni boshlash oson,
ular o‘z imkoniyatlarini tanqidiy baholay olishadi, xulq-atvoridagi kamchiliklarni his etishadi, har qanday
topshiriqni bajarishga tayyor turishadi. Ularni «Mehribonlik izlovchilar» deb atash mumkin. Ular o‘zlarini-
o‘zlari himoya qila olmaganliklari sababli hamkasblari tomonidan kulguli voqealarning qahramonlariga
aylanib qolishadi, shuning uchun biron bir nojo‘ya voqea yuz bersa osonlikcha uning bo‘yniga ag‘darishadi.
8. Xushchaqchaq shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlarning xulqatvorida yaqqol ko‘zga tashlanib turadigan
xislatlar – bular o‘ta baxtiyorlik, zavqlanish, xushchaqchaqlik, shodlanish, ho‘zurlanish hissidir.
Boshqalarga shodlanish, zavqlanish hissini yuzaga keltira olmaydigan vaziyatlar ularda shunday his-
tuyg‘ularni yuzaga keltira oladi. Ozgina bo‘lsada, quvonchli voqealar darrov ularning e’tiborini tortadi va
kayfiyatini ko‘taradi, xuddi shunday g‘amgin voqealar esa ularning kayfiyatini tushiradi. Ular muloqotga
tez kirishib ketishi, so‘zamonligi va yoqimliligi bilan boshqalardan ajralib turishadi, ular kulishsa yayrab
kulishadi. Shuning uchun ham ular ko‘pchilikka yoqadi. Ular bahslashishni xush ko‘rishadi, biroq bahsni
janjalgacha etkazishmaydi. Turli xil kelishmovchiliklar orasiga tushib qolishsa, vaziyatga qarab yo faol yo
passiv ishtirokchiga aylanishadi. Ular do‘stlariga va yaqinlariga juda bog‘lanib yashashadi, achinish va
rahmdillik hissi yaxshi rivojlangan bo‘ladi, o‘z his-tuyg‘ularini hech yashirmay yaqqol namoyon qila
olishadi. Agar suhbat chog‘ida ularni yaqinroq bilishga biroz harakat qilinsa, bemalol buning uddasidan
chiqish mumkin, ya’ni ular o‘z dardini yoyib tashlashlari mumkin. Aksariyat hollarda vahimachi bo‘lishadi,
arzimagan vaqt ichida kayfiyati tez o‘zgarib qolishi va birdan «portlab ketishi» mumkin. Ular beqaror
ruhiyat egasi hisoblanishadi.
9. Emotsional shaxs. Bu toifaga kiruvchilarning xulq-atvoridagi xislatlar bir qaraganda xushchaqchaq
toifaga kiruvchilarga o‘xshab ketadi, biroq emotsional shaxslar o‘zlarining his-tuyg‘ularini yaqqol namoyon
qilishavermaydi, ya’ni ular biroz niqoblangan holatda bo‘ladi. Ular uchun hissiyotga beriluvchanlik,
ta’sirchanlik, vahima, qo‘rqoqlik, xavotir va ko‘p so‘zlash xosdir. Ularning xulq-atvorida yaqqol namoyon
bo‘luvchi xislatlar insonparvarlik, odamlar va hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatlilik, mehribonlikdir. Ular
boshqa birovlarning muvaffaqiyatidan quvonishadi. Ular tashqi ta’sirotlarga tez berilishadi, hayotda ro‘y
15
berayotgan voqea va hodisalar ularga tez ta’sir qiladi, yig‘lab ham olishadi. Kinofilmlardagi zo‘ravonliklar
ularni qattiq larzaga soladi. Bu filmlardan so‘ng kayfiyati o‘zoq vaqt bo‘zilib yuradi, yomon tushlar ko‘ra
boshlaydi. U janjalli voqealarga kam qo‘shiladi, xafa bo‘lsa ichiga yutadi. Ularda burchga sadoqat kuchli
ifodalangan bo‘ladi, topshiriqlarni bajarishda doimo ilg‘or bo‘lishadi. Ular tabiatni yaxshi ko‘rishadi,
o‘simliklar o‘stirishni, hayvonlarni boqishni xush ko‘rishadi.
10. Siklotik shaxs («siklotimiya» – grekchadan kayfiyat, histuyg‘u degani). Gipertimik (yuqori kayfiyat) va
distimik (bo‘zuq kayfiyat) holatlarning bir-biri bilan almashib turishi bilan kechadi. Bunday shaxslarning
kayfiyati tez-tez o‘zgarib turadi va ulartashqi ta’sirotlarga juda bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan hech qanday sababsiz
kayfiyati buzilishi mumkin, kayfiyatni ko‘taruvchi voqealar ro‘y bersa, ularning faolligi oshib juda ishchan
bo‘lib qolishadi, tashlab qo‘ygan ishlarini zavqlanib qayta boshlab yuborishadi, o‘zidagi bu faollikni ko‘rib
ko‘tarinki kayfiyatda yuradi, so‘zamon bo‘lib qoladi, miyasiga zo‘r g‘oyalar kela boshlaydi. Bunday holat
gipertimiya deb ataladi. Agar to‘satdan g‘amgin voqealar yuz bera boshlasa, barcha qilayotgan ishlarini
to‘xtatib qo‘yadi, kayfiyati bo‘ziladi, fikri karaxt va kamgap bo‘lib qoladi, ishtahasi yo‘qoladi, janjal
ko‘taradi, g‘azablanib yuradi. Bu holat distimiya deb ataladi. Shuning uchun ham ularga jiddiy ishlarni
topshirib bo‘lmaydi.
Siklotimiya maniakal-depressiv psixozlarda ko‘p ko‘zatiladi. Distimiyani depressiyadan ajratish ba’zan
qiyin kechadi, shuning uchun ularni o‘zoq vaqt kuzatuvga olish zarur.
Ayzenk shaxsni o‘rganish bo‘yicha o‘z kuzatuvlariga asoslanib, odamlarni 2 toifaga ajratib o‘rgangan, ya’ni
ekstravertlar va intravertlarga.
1. Ekstravertlar. Ular juda dilkash, his-tuyg‘ulari tashqariga yo‘nalgan, sir-sanoatlarini boshqalarga yoyib
yuradigan va odamlar bilan muloqotda bo‘lishni xush ko‘radigan insonlardir. Ular uchun birovlar bilan
muloqotda bo‘lish juda yoqimlidir, ular xushchaqchaq, quvnoq, tez qo‘zg‘aluvchan, serjahl va jizzaki
shaxslardir. Ular kelajakka optimizm bilan qarashadi, o‘ta ishchan va faol bo‘lishadi, lekin sir saqlay
olishmaydi, o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila olishmaydi, jahli chiqsa tajovo‘zkor bo‘lib qolishlari mumkin.
Jiddiy ishlarga, ayniqsa, o‘zoq vaqt davom etuvchi ishlarga ularni sherik qilishda ehtiyotkorlik kerak.
2. Intravertlar. O’ta kamgap, muloyim, uyatchan, his-tuyg‘ulari ichkariga yo‘naltirilgan shaxslar. Ularning
sirlarini bilib olish juda qiyin, darrov muloqotga boravermaydi, qaysi bir jamoada suhbatlarga aralashib
qolsa kam so‘zlaydi yoki indamay o‘tirishni xush ko‘radi. O’z xatti-harakatlarini tahlil qilib yuradi.
Hammaga ham qo‘shilavermaydi, do‘stlari kam bo‘ladi. Qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni yaxshilab o‘ylab
oladi, keyin rejasini to‘zadi, uning biror qarorga kelishi qiyin, o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila oladi, uning
jahlini chiqarish ham qiyin. Axloqiy normalarga amal qiluvchi bu shaxslarda optimizmga qaraganda
pessimizm ustunlik qiladi.
Odamlar shaxsini turli usullar bilan tahlil qilib psixologlar psixologik yosh va biologik yosh degan
atamalarni ham taklif qilishgan. Agar odamning xulq-atvoridagi xislatlari uning biologik yoshidan ancha
ustun kelib katta odamlarning xulq-atvorini eslatsa, demak uning psixologik yoshi biologik yoshdan ustun
deb qabul qilinadi. Masalan, 5 yashar bolaning gapso‘zlari, o‘zini tutishi 10 yashar bolani yoki 20 yashar
talaba 30-35 yashar kishining xulq-atvorini eslatsa, demak psixologik yosh biologik yoshdan ancha ilgarilab
ketgan bo‘ladi. Bundaylarni odatda aqlli bola yoki aqlli inson deb ta’riflashadi, ularni hamma hurmat qiladi.
Ular o‘ta ma’suliyatli bo‘lishadi, mustaqil hayotga erta qo‘l urishadi, ota-onasining eng yaqin yordamchisi
bo‘lishadi, kattalar bilan bemalol muloqotga kirishib keta olishadi. Ma’suliyatli ishlarni doimo ularga
topshirishadi, yosh bo‘lsa-da katta lavozimlarga taklif qilishadi.
Agar odamning xulq-atvoridagi xislatlari uning biologik yoshidan ancha orqada qolib ketgan bo‘lsa, o‘zini
tutishi bolalar yoki o‘smirlarning qiliqlarini eslatsa, bunday shaxslarning psixologik yoshi biologik yoshidan
orqada qolgan hisoblanadi. Ayniqsa, bolani juda erkalatib tarbiyalash yoki 14-15 yoshga kirib qolgan bolaga
4-5 yashar bolaga munosabat qilgandek munosabatda bo‘lish psixologik yoshning orqada qolib ketishiga
sabab bo‘ladi. Ular ulg‘ayganda mas’uliyatsiz bo‘lib etishadi, o‘zlari biron bir ishni mustaqil eplay
olishmaydi, birovga qaram bo‘lib o‘sishadi. Ularni maqtasa yosh boladek xursand bo‘lib kulishadi, yoshiga
mos bo‘lmagan qiliqlar qilishadi. Bunday holatlarda puerilizm haqida so‘z ketadi. Psixologik yosh orqada
qolgan 10 yashar bolaning gap-so‘zlari, o‘zini tutishi 5 yashar bolani yoki 25 yashar talabaning o‘zini tutishi
maktab o‘quvchisining qiliqlarini eslatadi. Ular o‘zidan kichik yoshdagilar bilan o‘ynashni xush ko‘rishadi,
xatti-harakatlari isterik bemorlarni eslatadi, engiltak bo‘lishadi, jiddiy ishlarga yuzaki qarashadi yoki 60 qo‘l
urishmaydi, tengdoshlari ularga (ayniqsa, qiz bola bo‘lsa) tegajoqlik qilib yurishni xush ko‘rishadi.
|