Psixosomatika kasalliklaridagi “Mo`jizaviy yettilik”
1. Essencialli gipertoniya
2. Oshqozon-ichak yara kassalligi
3. Bronxial astma
4. Qandliy diabet
5. Yarali kolit
6. Revmoitliy artrit
7. Neyrodermatit
Psixogen nevralgiyalar
Har qanday psixogen giperesteziyalar tananing turli joylarida nevralgiya yoki mialgiyaga o‘xshash og‘riqlar
beradi. Ayniqsa, yuz sohasida kuzatiladigan og‘riqlar bemorlarni juda qiynab qo‘yadi.
Bu og‘riqlar kuchi turli darajada, oddiy achishishdan tortib kuchli sanchuvchi og‘riqlargacha rivojlangan
bo‘ladi. Og‘riq ikkala chakka, peshona, iyak sohalarida kuzatilishi mumkin. Agar og‘riqlar tish va milklar
sohasida kuzatilsa, gap psixogen stomatalgiyalar, tilda kuzatilsa glossalgiyalar haqida boradi. Ruhiy
zo‘riqishlar kuchaygan yoki tezlashgan sayin og‘riqlar ham kuchayib boradi.
Yuz sohasidagi psixogen og‘riqlar uchun ularning ovqat eyayotgan paytda kamayishi yoki yo‘qolishi xosdir.
Uch shoxli nerv nevralgiyasiga o‘xshab kechuvchi psixogen og‘riqlarda sezgi buzilishlari nervlanadigan
sohalarga mos kelmaydi va har kuni bemor turli sohadagi yoki turli darajadagi og‘riqdan shikoyat qiladi.
Nevrogen og‘riqlardan farqli o‘laroq, psixogen og‘riqlarda analgetiklar yordam bermaydi. To‘g‘ri olib
borilgan psixofarmakoterapevtik muolajalar bemor ahvolini engillashtiradi. Ba’zan tuzalib ketgan bemorlar
og‘riqning kuchayganidan shikoyat qilib, yana vrachga murojaat qilishadi. Buning sababi ko‘pincha uydagi
va ishdagi
mojarolardir. Glossalgiya bilan xastalangan bir ayol davolash kursini olib ketganidan so‘ng biroz vaqt
o‘tgach, yana og‘riqning kuchayganidan murojaat qilib kelardi. Gap shundaki, bemorning turmush o‘rtog‘i
ichkilikka mukkasidan ketgan va shu sababli uyida tez-tez janjal bo‘lib turardi. Bu bemorda kuchli
darajadagi affektiv buzilishlar aniqlandi. Chunki qo‘rquv, ipoxondriya va depressiya psixogen
nevralgiyalarning doimiy hamrohidir.
Psixogen nevralgiyalar ichida qovurg‘alararo og‘riqlar alohida e’tiborni talab qiladi. Ayniqsa, yurak
sohasida joylashgan og‘riqlar bemorlarni o‘ta bezovta qiladi. Yosh ukasi avtomobil halokati sababli
hayotdan ko‘z yumgan bemorning yurak sohasida sanchuvchi og‘riq paydo bo‘ladi. Bemor kardiologga
murojaat qiladi. U bemorni yaxshilab tekshirib, kardiogramma qilib, yuragi sog‘lom ekani, qattiq
siqilganidan shu og‘riq paydo bo‘lgani, tinchlantiruvchi dorilar ichish lozimligini va nevropatologga
murojaat qilishni tavsiya qiladi. Nevropatolog ham bemorni obdan tekshirib, tinchlantiruvchi dorilar yozib
beradi va psixoterapevtik muolajalar o‘tkazadi. Shunga qaramay, bemor ikki oy ichida yurak sohasidagi
og‘riqlardan 16 marta EKG qildirgan va 10 marta «Tez yordam» mashinasini chaqirgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘krak qafasining o‘ng tomonida psixogen og‘riqlar juda kam uchraydi.
Buning asl sababi yurakning chap tomonda joylashganligidir. Bu yana bir marta «qovurg‘alararo
nevralgiya» va «stenokardiya» tashxislariga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligini talab qiladi.
Psixogen giperesteziya
Psixogen giperesteziya psixoasteniya yoki nevrasteniya kasalliklarining asosiy simptomlaridan biri sanaladi.
Bunday bemorlar tashqi odatiy ta’sirlarga shu qadar sezgir bo‘lishadiki, ularni quyosh nuri, shamolning
biroz qattiq esishi, avtomobillar tovushi, telefon yoki eshik qo‘ng‘irog‘ining jiringlashi, bolalarning shovqin-
suroni ham juda bezovta qiladi. Odatda, bunday bemorlar har qanday tovushdan eti jimirlab ketishi, tanasini
xuddi tok urgandek bo‘lishi va boshi qattiq og‘rib, o‘zlarini juda yomon his qilishlaridan shikoyat qilishadi.
22
Ularni vrach tekshirayotganda, doimo seskanib turishadi, tanasiga qo‘l tekkizgani qo‘yishmaydi, chunki
og‘riq kuchayib ketishidan qo‘rqishadi. Agar vrach «Men sizga tekshirmay turib tashxis qo‘ya olmayman»,
desa bemor vrachning qo‘lini o‘zi ushlab tanasining og‘riydigan joylariga olib boradi. Bunday bemorlarda
tananing eng sezgir joylari, odatda bosh va oyoqlar hisoblanadi. Tanadagi giperesteziya sohalari ichki
a’zolar kasalliklari natijasida ham bo‘lishi mumkin va ular tananing hamma joyida emas, balki ma’lum bir
sohalarida kuzatiladi. Bu sohalar Xed-Zaxarin sohalari deb ataladi.
Psixosomatik sindromlar
O’tkir va doimiy stress natijasida ichki a’zolarda rivojlanadigan funksional tuzilishlarga psixosomatik
sindromlar deb aytiladi.
Psixosomatik sindromlarning tibbiy amaliyotda ko‘p uchraydigan turlari bilan tanishib chiqamiz:
1) psixogen kardialgiyalar;
2) yurak ritmining psixogen buzilishlari;
3) psevdorevmatizm;
4) psixogen astma;
5) oshqozon-ichak sistemasining buzilishlari;
6) psevdourologik sindromlar;
7) psixogen jinsiy buzilishlar;
8) psevdodermatologik sindromlar.
Psixogen kardialgiyalar
Ko‘krak qafasining chap tomonidagi har qanday sezgilar (uvishish, og‘riq) bemorlar tomonidan katta xavotir
bilan qabul qilinadi. Negaki, bu erda yurak joylashgan. Mabodo, boshimiz og‘rib qolsa, bemalol analgin
yoki tsitramon ichib ishga ketaveramiz (ba’zan ichmasdan ham), lekin yurak sohasida og‘riq sezsak, darrov
doktor chaqiramiz, kardiogramma qildiramiz, «Hammasi joyida, yuragingiz biroz siqilibdi, xolos», degan
xulosani eshitgachgina tinchlanamiz. Chunki ko‘pchilik uchun «yurak» tushunchasi, «hayot»
tushunchasining sinonimidir.
Yurak sohasidagi og‘riqlarning sababi hammavaqt ham yurak kasalligi hisoblanadimi? Yana qanday
kasalliklar yurak sohasida og‘riq keltirib chiqaradi?
Yurak sohasidagi og‘riqlarni, ya’ni kardialgiyalarni keltirib chiqaruvchi kasalliklarni uchta asosiy guruhga
ajratish mumkin. Bular:
1) yurak kasalliklari;
2) niqoblangan depressiya;
3) vertebrogen va miofatsial sindromlar.
Demak, kardialgiyalarning sababini aniqlash uchun kardiologik tekshiruvlarning o‘zi etarli emas.
Vertebrogen kasalliklar bemorda chuqur nevrologik, depressiv sindromlarning ko‘payganligi esa psixologik
tekshiruvlar o‘tkazish lozimligini taqozo qiladi.
Psixogen kardialgiyalar boshqa affektiv buzilishlar bilan birgalikda kuzatiladi. Bular – o‘lim qo‘rquvi,
«yurakka havo etishmasligi», uning tez-tez yoki «to‘xtab-to‘xtab» urishi hamda «qizib ketishi yoki muzlab
qolishi», «tomoqqa tiqilishi» va shu kabi simptomlardir. Psixogen kardialgiyalarda bemorlar yurak
sohasidagi bitta nuqtani barmog‘i bilan ko‘rsatishadi. Bu nuqta, asosan, yurak uchiga to‘g‘ri keladi, bunda
og‘riq bitta joyda doimo yoki ko‘chib-ko‘chib turadi. Og‘riq joylashgan sohada kuchli psixogen
giperesteziya ham aniqlanadi. Buni kardiosenestopatik sindrom deb ham atashadi. Haqiqiy stenokardiyada
esa odatda, psixogen giperesteziya kuzatilmaydi.
Yurak ritmining psixogen buzilishlari
Yurak ritmining psixogen buzilishlari, odatda, yurak urishining tezlashuvi bilan ifodalanadi. Bu paytda
yurak urishlari bir daqiqada 100 dan 120 gacha etadi va ko‘pincha o‘lim vahimasi bilan kechadi. Bunda
bemorlar yurakning har bir urishini aniq sezib turadi. Nafas etishmaydi, sovuq terga botadi, oyoqlari titraydi
va bemor, odatda, yotib oladi. Yurak ritmining psixogen buzilishlari jismoniy zo‘riqishlardan emas, balki
hissiy zo‘riqishlardan so‘ng paydo bo‘ladi.
Affektiv-ipoxondrik bemorlar o‘zlarining odatdagi ishlash yoki yashash uslubini o‘zgartirishsa, uzoq vaqt
transportda yurishsa yoki hissiy va aqliy zo‘riqishlarga olib keluvchi har qanday vaziyatlarda yurak urishlari
tezlashib ketadi. Ular yozning issiq kunlarini yomon o‘tkazishadi, doimo salqin joyga intilishadi, asosan
kunning ikkinchi yarmida yurak urishi kuchayadi va nafas etishmaydi.
23
Ovqat (ayniqsa, xamir ovqat) ni to‘yib eyish, mehmonda uzoq vaqt qolib ketish ham yurak urishining
kuchayishiga olib keladi. Psixogen taxikardiyalarda EKG da organiq o‘zgarishlar kuzatilmaydi.
Bemorlarda simpatik tonusning oshishi sinusli taxikardiya, parasimpatik tonusning oshishi sinusli
bradikardiya bilan namoyon bo‘ladi.
Psixogen astma
Psixogen astma o‘tkir va surunkali siqilishlardan so‘ng kuzatiladigan xurujsimon kechuvchi nafas
bo‘g‘ilishidir. O’tkir stress va hissiy zo‘riqishlardan so‘ng nevrozga chalingan bemorlarda nafas
etishmovchiligi, bo‘g‘ilish kabi holatlar ko‘p uchraydi. Psixogen bo‘g‘ilish uchun o‘ta xos bo‘lgan
simptomlardan biri nafas chiqarishdan ko‘ra nafas olishning qiyinligidir. Ular «to‘yib nafas ololmasliklari va
havo o‘pkasining oxirigacha etib bormasligidan» shikoyat qilishadi. Bu holat keyinchalik surunkali tus
olishi mumkin va bemorda xuddi astma kasalligiga o‘xshash xurujlar kuzatila boshlaydi.
Psixogen astma va bronxial astmaning qiyosiy belgilari
Psixogen astma
Bronxial astma
-Xuruj stressdan keyin va ko‘pincha
odamlar bor paytda boshlanadi.
– Nafas yo‘llari toraymaydi.
– Xuruj kam-kamdan qisqa vaqt –
kuzatiladi.
– Nafas olish qiyin.
– Yuz terisi o‘zgarmagan.
– Bo‘yin tomirlari bo‘rtib turmaydi.
– Balg‘amsiz yo‘tal.
– Auskultatsiyada vezikulyar nafas
– Emfizema kuzatilmaydi.
– Barmoqlar shakli o‘zgarmagan.
– Platseboterapiya yordami katta.
– Xuruj har qanday vaziyatda
rivojlanishi mumkin (stress,
allergiya, o‘tkir infeksiyalar).
– Nafas yo‘llari torayadi.
-Xuruj bir necha daqiqadan bir necha
soatgacha davom etadi.
– Nafas chiqarish qiyin.
– Yuz va lablarda tsianoz .
– Bo‘yin tomirlari bo‘rtib turadi.
– Balg‘amli yo‘tal.
– Auskultatsiyada xushtaksimon
nafas.
– Emfizema xos.
– Barmoqlar baraban.
tayoqchalari shaklida.
– Platseboterapiya yordami kam.
Oshqozon-ichak sistemasining psixogen buzilishlari
Ruhiy siqilishlarda oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi (ko‘ngil aynish, qayt qilish, ich ketish, qorinda
og‘riqlar) Gippokrat davridan buyon ma’lum. Tanada kechadigan har qanday jarayon miya ishtirokisiz
bo‘lmasligi Gippokrat, Galen va Dekart asarlarida qayd qilingan. Galen va Ibn Sino «qora o‘tning» o‘t
pufagida ko‘pay-ib ketishi ipoxondriyaga olib kelishini aytib o‘tishgan. Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida
oshqozon-ichak sohasida asab buzilishlari sababli uchraydigan turli belgilar va ularni davolash
usullarihaqida yozib qoldirgan.
Abdominal og‘riqlar
Qorindagi og‘riqlar xuddi bosh va yurak sohasidagi og‘riqlar kabi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bu
sindrom bilan bemorlar, odatda, tez-tez doktorlarga murojaat qilib turishadi (terapevtdan tortib, to
onkologgacha).
Mo‘taxassislar ma’lumotiga ko‘ra, tez yordam bo‘limiga olib kelingan bemorlarning 5-10 foizi qorin
og‘rig‘idan shikoyat qilarkan. Shunisi e’tiborliki, bu bemorlarning 41 foiziga «qorindagi sababi
aniqlanmagan og‘riq» deb yakuniy tashxis qo‘yilarkan. Yetuk klinikalarning birida qilingan ilmiy tahlil
shuni ko‘rsatganki, «appenditsit» tashxisi bilan operatsiya qilinganlarning har uch nafaridan birida, olib
tashlangan o‘simta gistologik tekshiruvdan o‘tkazilganda, normal holatda bo‘lgan. Shu bilan birga,
qorindagi og‘riqlar affektiv buzilishlar natijasida kelib chiqqanligi aniqlanib, qo‘yilgan «ganglionevrit»,
«solyarit» kabi tashxislar bekor qilingan.
Umumiy psixogen giperesteziyaga glossalgiya (glossodiniya) lar yaqqol misol bo‘la oladi: bemorlar gohida
tili chidab bo‘lmas darajada og‘rishidan shikoyat qilishadi. Ularning jig‘ildoni va qizilo‘ngachi juda sezgir
bo‘ladi: tez-tez kekirish natijasida oshqozondagi kislotali moddalarning yuqoriga ko‘tarilib turishi
bemorlarning jig‘iga tegib, ovqat eyishdan bosh tortishgacha olib keladi. Bunday bemorlar choy yoki
ovqatni sal issiq bo‘lsa ham icha olmaydilar, chunki bu darrov ularning jig‘ildonini «qaynatadi» va
24
ko‘kragida qattiq og‘riq paydo qiladi, shuning uchun ular doimo suyuqliklarni iliq holatda ichishadi. Har
qanday tashqi va ichki ta’sirlarga ortiqcha e’tibor qilaveradigan bu bemorlar o‘ta injiq bo‘lib qolishadi.
Shaxsning kasallikka nisbatan reaksiyasi.
Nozogeneziya turlari:
Giponognoziya
anozognoziya
Gipernozognoziya
Adekvat kasalligini baxolash
Kasallikni notugri baxolash
Giponozognoziya - Kasallik og‘irlik darajasini yetarlicha baxo bermaslik
Gipernozognoziya- Kasallik og‘rlik darajasini bo‘rtirib kursatish
Anozognoziya -Kasallikni inkor qilish
Kasallikni adekvat baxolash- Bemornik kasallikni anglay yeti i va unga qarshi kurashishga o‘zini safarbar
qilish. Vrach va medpersonal bilan ishonchli munosabat o‘rnatish va vrach ko‘rsatmalarini bajaradi, yaqinlar
yordamini oladi..Bemor axvolini yaxshilanishiga va sog‘ayib ketishiga ishonchini yo‘qotmaydi.
Simulyatsiya- Mavjud bo‘lmagan somatik va psixologik buzilishlarni kursatish Simulyatsiya sababi bo‘lib
aggravatsiyadagi kabi malum bir maqsad yotadi. Bunda tibbiyot kitoblaridan yoki boshqa bemorlar
xolatidan olanadi. Ayrim xolatlarda metasimulyatsii xolatlari uchraydi bu xolatda oldin o‘tkazgan kasalliklar
simptomlarini kaytaradi yoki uzi anglagan xolda sog‘aygandan keyin xam kasallik simptomlarini<<
uzaytiradi>>
Dissimulyatsiya- Kasallik belgilarini yashirish. Odatda dissimulyatsiya psixologik bemorlarda uchraydi.
Somatik bemorlarda bu xolat statsionardan tezroq ketish uchun yoki ishga kirish uchun qilinadi,
Aggravatsiya- Anglagan xolda fizik va psixologik buzilishlarni bo‘rtirib ko‘rsatish. Ko‘prok nogironlikni
guruxini qayt qilishda, sud-tibbiyot yoki sud-psixoatrik ekspertiza o‘tkazishda, va xizmatga chaqiriqda.
Psixogigiena
Psixogigiena – bu ruhiy salomatlikni saqlash va mustaxkamlashga qaratilgan fan bo‘lib, umumiy gigiena va
klinik tibbiyotning ajralmas qismiga aylangan.
Psixogigiena fani boshqa tibbiy-biologik fanlar bilan birgalikda psixosomatik buzilishlarning oldini olish
yo‘llarini izlaydi va gigiena talablariga javob beruvchi sharoit yaratish usullarini ishlab chiqadi.
Psixogigiena tashqi salbiy omillarning asab tizimiga ta’sirini kamaytirish, asab markazlarining
«immunitetini» mustahkamlash bilan ham faol shug‘ullanadi. Psixogigiena muammolari psixoprofilaktika
muammolariga o‘xshab ketadi. Chunki har qanday psixogigienik muolajalar ruhiy, asab va boshqa
kasalliklar kelib chiqishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, psixogigiena talablariga amal qilish nevrozlar, psixozlar, miokard infarkti, insult kabi og‘ir
kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Ayniqsa, xafaqon kasalligining rivojlanishida ruhiy
omillarning ta’siri ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlab berilgan.
Sivilizatsiyaning jadal rivojlanishi davrida asabiy-ruhiy kasalliklar va yurak-qon tomir kasalliklari soni
kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Bu o‘z navbatida psixogigiena faniga katta vazifalarni yuklaydi.
Kuchli hayajonlanish, og‘ir musibat, aqliy zo‘riqish organizmning umumiy holatiga nojo‘ya ta’sir
ko‘rsatadi. Buning natijasida gomeostazning normal faoliyati buzilib, ichki a’zolar kasalliklari rivojlanishiga
sharoit yaratiladi. Demak, ruhiy salomatlikni
saqlash butun bir organizmni turli kasalliklardan asrash demakdir.
Psixogigiena asabiy-ruhiy kasalliklar, shaxs o‘zgarishlari, ichkilikka ro‘ju qo‘yish, giyohvandlik kabi
illatlarning oldini olish bilan ham faol shug‘ullanadi. Psixogigiena muammolari inson shaxsini e’tiborga
olgan holda echiladi. Vaholanki, shaxsning shakllanishi organizmning ruhiy-asabiy holatiga katta ta’sir
ko‘rsatadi.
Har bir vrachning bu fanni chuqur egallashi va uning qonunlarini bilishi kasalliklarni davolashi va uning
oldini olishda, shuningdek, psixoprofilaktikadan yangi dasturlar tayyorlashida katta yordam beradi. Ruhiy
zo‘riqishlar ichki a’zolar kasalliklariga sababchi bo‘lsa, o‘z vaqtida ichki a’zolar patologiyasi inson ruhining
buzilishiga olib kelishi mumkin.
25
Doimiy hasad, vahimaga tushaverish, har narsaga arazlayverish kabi holatlar inson ruhini ishdan chiqaradi.
Bunday odamlar ruhiy salomatligidan ayrilib, ichkilikka ro‘ju qo‘yadigan, hech kimga ishonmaydigan,
o‘zining sog‘ayib ketishiga ham katta shubha bilan qaraydigan bo‘lib qolishadi. Ruhiy buzilish «yuqumli»
kasallikdir. Albatta, oilada asabi buzilgan yoki bir so‘z bilan aytganda, nevroz yoki psixozga chalingan
odam bo‘lsa, buning yomon ta’siri oila a’zolariga ham tezda o‘tishi, ularning ruhiy salomatligiga katta ziyon
etkazishi mumkin. Demak, psixogigienaning yana bir katta muammolaridan biri, bu oila psixogigienasidir.
Bir odamning ruhiy salomatligini tiklab berish, uning atrofidagi qarindosh-urug‘lari, yor-birodarlarining
ruhiy salomatligini ham tiklash yoki buzilishdan saqlab qolish demakdir.
Psixogigiena muammosi va muvaffaqiyatlarini keng ma’noda tushunmoq kerak. Chunki psixogigiena
bevosita jamiyat muammolarini ham hal qilishga ulkan hissa qo‘shadi, ruhiy sog‘lom bo‘lgan shaxsgina
biror-bir kasbni egallab, uning uddasidan chiqishi mumkin. Ruhan sog‘lom kishigina yaxshi vrach,
quruvchi, haydovchi, o‘qituvchi yoki uchuvchi bo‘lishi mumkin.
Psixogigiena quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi:
1) sog‘lom shaxsni tarbiyalash va shakllantirish;
2) tibbiy maskanlarda gigiena talablariga javob beradigan sharoit yaratish;
3) insonning salomatligiga ziyon keltiruvchi omillarni kamaytirish va tugatish;
4) bemorlarni jismoniy tarbiya va sportga qiziqtirish, uni keng ommaga yoyish;
5) har bir insonni o‘z salomatligiga e’tibor bilan qarash hamda uni saqlashga o‘rgatish.
Psixogigiena shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) yoshga oid;
2) aqliy va jismoniy mehnat;
3) o‘rganish va o‘rgatish;
4) oila va jinsiy hayot;
5) turmush;
6) bemor psixogigienasi.
Yoshga oid psixogigiena bolalik davridan, ya’ni chaqaloq tug‘ilgan davrdan boshlanishi kerak. Chunki
insonning shaxs sifatida shakllanishi juda erta boshlanadi. Bolaning yashash faoliyati o‘yinlarga asoslangan
bo‘ladi. Uning idroki yoshiga mos bo‘ladi. Bola o‘zi qiziqqan narsa bilan shug‘ullanadi. Bolaning yonida
ehtiyot bo‘lib gapirish, uni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, kamchiliklarini o‘z vaqtida tuzatib borish o‘ta muhimdir.
Bolani qattiqqo‘llik bilan emas, faqat uqtirish yo‘li va tayinlash bilan tarbiyalash mumkin. Bolani ortiqcha
erkalatib yuborish, uning aytganini qilaverish, talablarini bajaraverish ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi,
u qaysar,
o‘jar, ota-onani hurmat qilmaydigan bo‘lib o‘sadi. Bolani uning yoshiga mos turli o‘yinlar bilan mashg‘ul
qilish kerak. Uni teatr, sirk va hayvonot bog‘lariga olib borish, tabiat qo‘ynida tarbiyalash, bolaning sinxron
rivojlanishida juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalar psixogigienasida kattalar xulq-atvori, avvalambor, ota- onasining xulq-atvori o‘ta muhim
ahamiyatga ega. Doimo janjal bo‘ladigan, ichkilik ichiladigan, kitob mutolaa qilinmaydigan oilada yaxshi
farzand voyaga etishi ancha murakkabdir. Bola ota-onaning yaxshi fazilatlariga ham, yomon qilig‘iga ham
taqlid qiladi. Hali bolada bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i funksional jihatdan to‘la shakllanmaganligi
sababli ularda yaxshi-yomonni tahlil qilish imkoni past bo‘ladi. Bola tafakkuriga mos hikoyalar, ertaklar
aytish, hayotdan misollar keltirib borish unda hayotga qiziqish uyg‘otadi, insonlarga mehr-muhabbatli
bo‘lishga undaydi.
Agar ota-ona bolada fan, san’at yoki hunarning qaysidir bir turiga qobiliyatni sezib qolsa, unga har
tomonlama yordam berib, barcha sharoitni yaratib berishi zarur. Lekin bolani ilmli qilaman deb, unga
keragidan ortiqcha talab qo‘yib yuborish, dars qilishga majbur qilaverish, ko‘chada biroz o‘ynagani
qo‘ymaslik unda depressiya alomatlari rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bunga shunday misol keltirish mumkin:
hali 8 yoshga to‘lmagan G. ismli qizchani bizga ko‘rsatishdi. Qizcha bosh og‘rig‘idan shikoyat qilar edi.
Ota-onasi vrach qabulida bo‘lib, qizchada bosh og‘rig‘i sabablarini aniqlay
olishmaganini va berilayotgan dorilar foyda bermayotganini aytishdi. Qizcha juda kam gapirar, bir nuqtaga
qarab turaverar, doktor bergan savollarga zo‘rg‘a javob berar edi. Vrach o‘zi haqida gapirib berishini iltimos
qilganda, faqat boshi og‘rishini aytgan. Qizni tekshirayotib unda depressiya alomatlarini aniqladik. Qiz
avval hech qanday kasal bo‘lmagan, miya jarohatlari olmagan, ichki a’zolari ham sog‘lom edi. Qizchadan
26
boshing doimo og‘riydimi, og‘rimagan payti bormi desa u: «Ha, doim og‘riydi, lekin noyabr oyida
og‘rimadi», deb javob beradi (bemor fevral oyida tekshirilayotgan edi).
Qizdagi bosh og‘riqning sabablari har tomonlama tekshirilib, kasallik anamnezi yaxshilab o‘rganilgandan
so‘ng shu narsa ma’lum bo‘ldiki, qizni 6 yoshidan boshlab o‘qitish kuchaytirilgan maktabga berishgan.
Bundan tashqari, qizcha maktabdan qaytgach, ingliz tili o‘qituvchisi uyda u bilan mashg‘ulot olib borgan,
so‘ng ota-onasi bilimini tekshirish uchun doimo savol-javoblar o‘tkazgan. Qizcha 6 yoshga to‘lgach
ko‘chaga tengdoshlari bilan o‘ynagani chiqishga qo‘yilmagan. Albatta, bolaga qo‘yilgan bu ortiqcha talablar
uni ruhan charchatib qo‘ygan. O’qituvchilar va ota-onasi oldida doimiy mas’uliyat sezgan qizchaning miyasi
doimo hissiy zo‘riqishda bo‘lib, bora-bora u kamgap, faqat savollargagina javob beradigan, tengdoshlari
bilan o‘ynamaydigan bo‘lib qoladi. So‘ngra esa qizchada doimiy bosh og‘riq rivojlanadi. Noyabr oyida
qizcha maktabdan ta’tilga chiqqan, otasi esa boshqa shaharga xizmat safariga ketgan edi. Qizcha bu davrda,
tabiiyki, dars qilmagan va ko‘p vaqtini toza havoda tengdoshlari bilan o‘ynab o‘tkazgan. Bundan xulosa
qilib, qizchaning ota-onasiga barcha talablarni kamaytirish, ularni qizning yoshiga moslash, ingliz tili
o‘qitishni vaqtincha to‘xtatish, toza havoda sayr qilishga imkon berish zarurligi tavsiya qilindi. Bu talablar
bajarilgach, qizchada depressiya alomatlari (kamgaplik, ishtaha yo‘qligi, hech narsaga qiziqmaslik va bosh
oo‘rio‘i) o‘tib ketdi.
Bundan xulosa shuki, ko‘pchilik asabiy-ruhiy buzilishlarning sababi noto‘g‘ri hayot tarzi, ortiqcha hissiy
zo‘riqish, yoshga mos bo‘lmagan talablarning qo‘yilishidir. Bu salbiy omillar bartaraf qilinmas ekan, dori-
darmonlarning ta’siri ko‘zlangan maqsadni bermaydi.
Psixogigienaning asosiy maqsadi ham psixogen omillarni bartaraf qilishdir. Bolalarni maxsus kuchaytirilgan
maktabga berayotganda psixologga ko‘rsatish zarur va ular keyinchalik ham vaqti-vaqti bilan psixolog
nazoratida turishi kerak.
Shunday ekan, maktab yoshidagi bolalar psixogigienasi haqida alohida to‘xtalib o‘tish o‘rinlidir. Shu o‘rinda
darslardagi ortiqcha yuk, o‘quvchilar orasidagi yoki o‘quvchi bilan o‘qituvchi orasidagi
kelishmovchiliklarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘llarini izlab topish zarur.
Psixologiya va umuman tibbiyot uchun eng dolzarb muammolarga to‘la bo‘lgan davr – bu o‘smirlik
davridir. O’smirlik davrida nafaqat ruhiy o‘zgarishlar, balki aqliy va jismoniy o‘zgarishlar ham keskin
kechadi. Bu davr – o‘tish davri hisoblanadi. O’smir – bu kechagi bola, lekin u hali katta kishi ham emas. U
oldida turgan muammolarni o‘zi echishga ruhan hali tayyor bo‘lmasligi mumkin. Lekin «Hali sen yoshsan»,
deb uni hadeb tergayverish qaysar va o‘jarlikni yuzaga keltirishi mumkin. O’smirning mustaqilligini tan
olgan holda, uning oldida har bir narsaga mas’uliyat hissini tug‘dira borish o‘ta muhimdir. U echishi kerak
bo‘lgan muammolardan qo‘rqmasligi, shu bilan birga, bu muammoga engiltaklik bilan qaramasligi kerak.
Bu davrda o‘smir uchun eng katta muammolardan biri seksual muammodir.
Qizlarda esa hayzning kelishi ham chuqur hissiy hayajonlanishlar, qo‘rquvlar bilan kechishi mumkin.
Bunday paytlarda ota-onasi, yaqinlarining maslahati juda zarur. Vrach-psixologning vazifasi esa o‘smirda
kechayotgan jarayonlarni o‘z vaqtida hal qilib borishdan iborat. Sport va badantarbiya mashqlarini bajarish,
mehnatning o‘ziga yoqqan turi bilan shug‘ullanish, organizmni chiniqtirib borish o‘smir uchun g‘oyat
muhimdir.
Katta yoshdagilar psixogigienasi, ko‘pincha, kishining egallab turgan lavozimi, kasbi va ish faoliyatiga
bog‘liq. Bu davrda oila va jinsiy hayot psixogigienasi alohida e’tibor talab qiladi. Zigmund Freyd jinsiy
hayotda baxtsizlikka uchragan oila psixologiyasini chuqur o‘rganib, jinsiy hayot nuqtai nazaridan insonlarda
nevroz, psixoz kabi kasalliklarning kelib chiqish mexanizmlarini yoritib berdi. Jinsiy zaiflik bor oilada baxtli
hayot bo‘lmaydi, ana shunday oilalarning jamiyatda ham o‘z o‘rnini topib keta olmasliklarini kuzatuvlariga
asoslanib isbotlab bergan. Er-xotin orasidagi nafaqat yaxshi munosabat va xushmuomalalik, balki normal
jinsiy munosabatlar ham mustahkam oilaning asosini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |