Psixoprofilaktika
Psixoprofilaktikaning maqsadi psixogen buzilishlarning oldini olishdir. Psixoprofilaktika umumiy
profilaktikaning bir bo‘limi bo‘lib, birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘linadi.
Birlamchi profilaktikaning maqsadlari psixogigienaning maqsadlariga o‘xshab ketadi va nafaqat asabiy-
ruhiy kasalliklar, balki barcha somatik kasalliklarning oldini olish bilan ham shug‘ullanadi. Bunga u qanday
qilib erishadi? Bunga bolalik davridan boshlab, insonning ruhiy salomatligini nazorat qilib borish, o‘z
27
vaqtida yuqumli kasalliklarga qarshi emlash, ruhiy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolayotgan bolalar
tarbiyasi va jismoniy rivojlanishiga har tomonlama yordam ko‘rsatish orqali erishadi.
Demak, psixoprofilaktikani nafaqat nevrolog, psixolog va psixiatrlar, balki pediatr, terapevt, endokrinolog
va tibbiyotning boshqa mo‘taxassislari ham targ‘ib qilishlari va amalga oshirishlari kerak.
Birlamchi psixoprofilaktikaning asosiy maqsadlaridan yana biri yosh oila qurayotgan yigit-qizlarni tekshirib
irsiy kasalliklarni aniqlash, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar salomatligini saqlash, onalar salomatligini muhofaza
qilish hamdir.
Ikkilamchi profilaktika psixogen kasalliklarning qayta qo‘zg‘alishining oldini olish bilan shug‘ullanadi. Shu
maqsadda erta tashxis qo‘yish, aniqlangan belgilarni o‘z vaqtida bartaraf etish, yangi davolash usullarini
keng qo‘llash, kasalliklarning surunkali davrga o‘tib ketishining oldini olish choralari ko‘riladi.
Yatrogeniya. Jinsi: Ayollarda yatrogeniya bo‘lish xavfi o‘rtacha erkaklarga nisbatan ko‘p uchraydi.
yoshi: Usmirlarda, klimaksda (ayniksa ayollarda patologik klimaksda) shuningdek qariyalarda .
Yatrogen kasalliklarni klinikasi: nevrotik reaksiyalar fobiya ko‘rinishida (kanserofobii, kardiofobii)
vegetativ disfunksii.
generalizatsiyalashgan xarakter
- Yurak qon-tomir disfunksiyasi ustunligi bilan ( yurak aritmiyasi , AB ko‘tarilishi va boshqalar).
- ovqat xazm qilish (ko‘ngil aynashi , qayd qilish , ich kelishining buzilishi)
-boshqa kasalliklar senestopatiyalar bilan qarama qarshi effekt fonida.
Shifokor xatoliklarini sababi.
Ob’ektiv xolatlar: Tekshiruv yoki biron muolaja o‘tkazishga kerakli jixozlar va sharoitning bo‘lmasligi (
endoskop bo‘lmasa oshqozonning yoki bronxning ba’zi o‘sma kasalliklarini aniqlab bo‘lmaydi ).
Nazariy jixattan ba’zi qarashlar , prinsiplarning o‘zgarib turishi ,kasallikning etiologiyasi, patogenezi va
umuman kasallikka bo‘lgan qarashning o‘zgarib turishi olib kelishi .
Shifokor tomonidan ko‘yilgan xatoliklar.
Maxorat tajribaning kamligi va oddiygina tibbiyotga xurmatsizlik bilan qarash.
Diagnostik: Kasallikni noto‘g‘ri yoki umuman aniqlay olmaslik, bu uz navbatida kasallikni atipik kechishi,
tekshiruvni to‘liq olib bormaslik va malakasiz shifokor sababli kelib chiqadi.
Davolashdagi: Davolashdagi xatoliklarning asosiy sababi bu noto‘g‘ri ko‘yilgan tashxis va bilimsizlik va
boshqalar.
Texnik: Tibbiy anjomlarni noto‘g‘ri ishlatish, dori darmonlarni o‘rinsiz ko‘llash.
Tashkil qilishdagi xato: Tibbiy yordam ko‘rsatishga u yoki bu xizmatni tashkil qilishdagi
yetishmovchiliklar.
Deontologi: Bu shifokorning bemor uning yaqinlari va o‘rta va kuyi tibbiyot xodimlari bilan xato
muomulada bo‘lishidir.
Tibbiy xujjatlarni to‘ldirishdagi xatoliklar: Chunarsiz, aniq bo‘lmagan operatsiya ma’lumotlari, kundalikni
xato olib borish , boshqa tibbiy muassasaga yuborilganda xujjatlarni noto‘g‘ri to‘ldirish.
Bir qator ma’lumotlarga ko‘ra ko‘p kaytariladigan xatolar :
Chuzilgan tekshiruv: Bemorga tayyorlangan davo choralarini rejali emasligi.
To‘liq bo‘lmagan tekshiruv: Bor bo‘lgan metodlarni kasalliklarga ko‘rsatma bo‘lgan xollarda xam
ko‘llamaslik. Ayniksa bu poliklinikalarga tegishli.
Diagnostik konsepsiya mavjud bo‘lmagan xollarda kompleks tushunishni soddalashtirish: Bunday
xollarda ayni bir kasallikka kerakli bo‘lgan tekshiruvlar emas balki xamma qilinishi mumkin bo‘lgan
tekshiruvlar tayinlanadi. Shunga qaramay kompleks tekshiruvlarni eng aniq javob beriladiganlari
tayinlanadi. Eng yaxshi vrach bu- eng kam tekshiruvdan eng kup ma’lumot oladiganidir.
Psixogigiena
Psixogigiena – bu ruhiy salomatlikni saqlash va mustaxkamlashga qaratilgan fan bo‘lib, umumiy gigiena va
klinik tibbiyotning ajralmas qismiga aylangan.
Psixogigiena fani boshqa tibbiy-biologik fanlar bilan birgalikda psixosomatik buzilishlarning oldini olish
yo‘llarini izlaydi va gigiena talablariga javob beruvchi sharoit yaratish usullarini ishlab chiqadi.
Psixogigiena tashqi salbiy omillarning asab tizimiga ta’sirini kamaytirish, asab markazlarining
«immunitetini» mustahkamlash bilan ham faol shug‘ullanadi. Psixogigiena muammolari psixoprofilaktika
28
muammolariga o‘xshab ketadi. Chunki har qanday psixogigienik muolajalar ruhiy, asab va boshqa
kasalliklar kelib chiqishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, psixogigiena talablariga amal qilish nevrozlar, psixozlar, miokard infarkti, insult kabi og‘ir
kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Ayniqsa, xafaqon kasalligining rivojlanishida ruhiy
omillarning ta’siri ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlab berilgan.
Sivilizatsiyaning jadal rivojlanishi davrida asabiy-ruhiy kasalliklar va yurak-qon tomir kasalliklari soni
kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Bu o‘z navbatida psixogigiena faniga katta vazifalarni yuklaydi.
Kuchli hayajonlanish, og‘ir musibat, aqliy zo‘riqish organizmning umumiy holatiga nojo‘ya ta’sir
ko‘rsatadi. Buning natijasida gomeostazning normal faoliyati buzilib, ichki a’zolar kasalliklari rivojlanishiga
sharoit yaratiladi. Demak, ruhiy salomatlikni
saqlash butun bir organizmni turli kasalliklardan asrash demakdir.
Psixogigiena asabiy-ruhiy kasalliklar, shaxs o‘zgarishlari, ichkilikka ro‘ju qo‘yish, giyohvandlik kabi
illatlarning oldini olish bilan ham faol shug‘ullanadi. Psixogigiena muammolari inson shaxsini e’tiborga
olgan holda echiladi. Vaholanki, shaxsning shakllanishi organizmning ruhiy-asabiy holatiga katta ta’sir
ko‘rsatadi.
Har bir vrachning bu fanni chuqur egallashi va uning qonunlarini bilishi kasalliklarni davolashi va uning
oldini olishda, shuningdek, psixoprofilaktikadan yangi dasturlar tayyorlashida katta yordam beradi. Ruhiy
zo‘riqishlar ichki a’zolar kasalliklariga sababchi bo‘lsa, o‘z vaqtida ichki a’zolar patologiyasi inson ruhining
buzilishiga olib kelishi mumkin.
Doimiy hasad, vahimaga tushaverish, har narsaga arazlayverish kabi holatlar inson ruhini ishdan chiqaradi.
Bunday odamlar ruhiy salomatligidan ayrilib, ichkilikka ro‘ju qo‘yadigan, hech kimga ishonmaydigan,
o‘zining sog‘ayib ketishiga ham katta shubha bilan qaraydigan bo‘lib qolishadi. Ruhiy buzilish «yuqumli»
kasallikdir. Albatta, oilada asabi buzilgan yoki bir so‘z bilan aytganda, nevroz yoki psixozga chalingan
odam bo‘lsa, buning yomon ta’siri oila a’zolariga ham tezda o‘tishi, ularning ruhiy salomatligiga katta ziyon
etkazishi mumkin. Demak, psixogigienaning yana bir katta muammolaridan biri, bu oila psixogigienasidir.
Bir odamning ruhiy salomatligini tiklab berish, uning atrofidagi qarindosh-urug‘lari, yor-birodarlarining
ruhiy salomatligini ham tiklash yoki buzilishdan saqlab qolish demakdir.
Psixogigiena muammosi va muvaffaqiyatlarini keng ma’noda tushunmoq kerak. Chunki psixogigiena
bevosita jamiyat muammolarini ham hal qilishga ulkan hissa qo‘shadi, ruhiy sog‘lom bo‘lgan shaxsgina
biror-bir kasbni egallab, uning uddasidan chiqishi mumkin. Ruhan sog‘lom kishigina yaxshi vrach,
quruvchi, haydovchi, o‘qituvchi yoki uchuvchi bo‘lishi mumkin.
Psixogigiena quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi:
1) sog‘lom shaxsni tarbiyalash va shakllantirish;
2) tibbiy maskanlarda gigiena talablariga javob beradigan sharoit yaratish;
3) insonning salomatligiga ziyon keltiruvchi omillarni kamaytirish va tugatish;
4) bemorlarni jismoniy tarbiya va sportga qiziqtirish, uni keng ommaga yoyish;
5) har bir insonni o‘z salomatligiga e’tibor bilan qarash hamda uni saqlashga o‘rgatish.
Psixogigiena shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) yoshga oid;
2) aqliy va jismoniy mehnat;
3) o‘rganish va o‘rgatish;
4) oila va jinsiy hayot;
5) turmush;
6) bemor psixogigienasi.
Yoshga oid psixogigiena bolalik davridan, ya’ni chaqaloq tug‘ilgan davrdan boshlanishi kerak. Chunki
insonning shaxs sifatida shakllanishi juda erta boshlanadi. Bolaning yashash faoliyati o‘yinlarga asoslangan
bo‘ladi. Uning idroki yoshiga mos bo‘ladi. Bola o‘zi qiziqqan narsa bilan shug‘ullanadi. Bolaning yonida
ehtiyot bo‘lib gapirish, uni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, kamchiliklarini o‘z vaqtida tuzatib borish o‘ta muhimdir.
Bolani qattiqqo‘llik bilan emas, faqat uqtirish yo‘li va tayinlash bilan tarbiyalash mumkin. Bolani ortiqcha
erkalatib yuborish, uning aytganini qilaverish, talablarini bajaraverish ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi,
u qaysar,
29
o‘jar, ota-onani hurmat qilmaydigan bo‘lib o‘sadi. Bolani uning yoshiga mos turli o‘yinlar bilan mashg‘ul
qilish kerak. Uni teatr, sirk va hayvonot bog‘lariga olib borish, tabiat qo‘ynida tarbiyalash, bolaning sinxron
rivojlanishida juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalar psixogigienasida kattalar xulq-atvori, avvalambor, ota- onasining xulq-atvori o‘ta muhim
ahamiyatga ega. Doimo janjal bo‘ladigan, ichkilik ichiladigan, kitob mutolaa qilinmaydigan oilada yaxshi
farzand voyaga etishi ancha murakkabdir. Bola ota-onaning yaxshi fazilatlariga ham, yomon qilig‘iga ham
taqlid qiladi. Hali bolada bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i funksional jihatdan to‘la shakllanmaganligi
sababli ularda yaxshi-yomonni tahlil qilish imkoni past bo‘ladi. Bola tafakkuriga mos hikoyalar, ertaklar
aytish, hayotdan misollar keltirib borish unda hayotga qiziqish uyg‘otadi, insonlarga mehr-muhabbatli
bo‘lishga undaydi.
Agar ota-ona bolada fan, san’at yoki hunarning qaysidir bir turiga qobiliyatni sezib qolsa, unga har
tomonlama yordam berib, barcha sharoitni yaratib berishi zarur. Lekin bolani ilmli qilaman deb, unga
keragidan ortiqcha talab qo‘yib yuborish, dars qilishga majbur qilaverish, ko‘chada biroz o‘ynagani
qo‘ymaslik unda depressiya alomatlari rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bunga shunday misol keltirish mumkin:
hali 8 yoshga to‘lmagan G. ismli qizchani bizga ko‘rsatishdi. Qizcha bosh og‘rig‘idan shikoyat qilar edi.
Ota-onasi vrach qabulida bo‘lib, qizchada bosh og‘rig‘i sabablarini aniqlay
olishmaganini va berilayotgan dorilar foyda bermayotganini aytishdi. Qizcha juda kam gapirar, bir nuqtaga
qarab turaverar, doktor bergan savollarga zo‘rg‘a javob berar edi. Vrach o‘zi haqida gapirib berishini iltimos
qilganda, faqat boshi og‘rishini aytgan. Qizni tekshirayotib unda depressiya alomatlarini aniqladik. Qiz
avval hech qanday kasal bo‘lmagan, miya jarohatlari olmagan, ichki a’zolari ham sog‘lom edi. Qizchadan
boshing doimo og‘riydimi, og‘rimagan payti bormi desa u: «Ha, doim og‘riydi, lekin noyabr oyida
og‘rimadi», deb javob beradi (bemor fevral oyida tekshirilayotgan edi).
Qizdagi bosh og‘riqning sabablari har tomonlama tekshirilib, kasallik anamnezi yaxshilab o‘rganilgandan
so‘ng shu narsa ma’lum bo‘ldiki, qizni 6 yoshidan boshlab o‘qitish kuchaytirilgan maktabga berishgan.
Bundan tashqari, qizcha maktabdan qaytgach, ingliz tili o‘qituvchisi uyda u bilan mashg‘ulot olib borgan,
so‘ng ota-onasi bilimini tekshirish uchun doimo savol-javoblar o‘tkazgan. Qizcha 6 yoshga to‘lgach
ko‘chaga tengdoshlari bilan o‘ynagani chiqishga qo‘yilmagan. Albatta, bolaga qo‘yilgan bu ortiqcha talablar
uni ruhan charchatib qo‘ygan. O’qituvchilar va ota-onasi oldida doimiy mas’uliyat sezgan qizchaning miyasi
doimo hissiy zo‘riqishda bo‘lib, bora-bora u kamgap, faqat savollargagina javob beradigan, tengdoshlari
bilan o‘ynamaydigan bo‘lib qoladi. So‘ngra esa qizchada doimiy bosh og‘riq rivojlanadi. Noyabr oyida
qizcha maktabdan ta’tilga chiqqan, otasi esa boshqa shaharga xizmat safariga ketgan edi. Qizcha bu davrda,
tabiiyki, dars qilmagan va ko‘p vaqtini toza havoda tengdoshlari bilan o‘ynab o‘tkazgan. Bundan xulosa
qilib, qizchaning ota-onasiga barcha talablarni kamaytirish, ularni qizning yoshiga moslash, ingliz tili
o‘qitishni vaqtincha to‘xtatish, toza havoda sayr qilishga imkon berish zarurligi tavsiya qilindi. Bu talablar
bajarilgach, qizchada depressiya alomatlari (kamgaplik, ishtaha yo‘qligi, hech narsaga qiziqmaslik va bosh
oo‘rio‘i) o‘tib ketdi.
Bundan xulosa shuki, ko‘pchilik asabiy-ruhiy buzilishlarning sababi noto‘g‘ri hayot tarzi, ortiqcha hissiy
zo‘riqish, yoshga mos bo‘lmagan talablarning qo‘yilishidir. Bu salbiy omillar bartaraf qilinmas ekan, dori-
darmonlarning ta’siri ko‘zlangan maqsadni bermaydi.
Psixogigienaning asosiy maqsadi ham psixogen omillarni bartaraf qilishdir. Bolalarni maxsus kuchaytirilgan
maktabga berayotganda psixologga ko‘rsatish zarur va ular keyinchalik ham vaqti-vaqti bilan psixolog
nazoratida turishi kerak.
Shunday ekan, maktab yoshidagi bolalar psixogigienasi haqida alohida to‘xtalib o‘tish o‘rinlidir. Shu o‘rinda
darslardagi ortiqcha yuk, o‘quvchilar orasidagi yoki o‘quvchi bilan o‘qituvchi orasidagi
kelishmovchiliklarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘llarini izlab topish zarur.
Psixologiya va umuman tibbiyot uchun eng dolzarb muammolarga to‘la bo‘lgan davr – bu o‘smirlik
davridir. O’smirlik davrida nafaqat ruhiy o‘zgarishlar, balki aqliy va jismoniy o‘zgarishlar ham keskin
kechadi. Bu davr – o‘tish davri hisoblanadi. O’smir – bu kechagi bola, lekin u hali katta kishi ham emas. U
oldida turgan muammolarni o‘zi echishga ruhan hali tayyor bo‘lmasligi mumkin. Lekin «Hali sen yoshsan»,
deb uni hadeb tergayverish qaysar va o‘jarlikni yuzaga keltirishi mumkin. O’smirning mustaqilligini tan
olgan holda, uning oldida har bir narsaga mas’uliyat hissini tug‘dira borish o‘ta muhimdir. U echishi kerak
bo‘lgan muammolardan qo‘rqmasligi, shu bilan birga, bu muammoga engiltaklik bilan qaramasligi kerak.
Bu davrda o‘smir uchun eng katta muammolardan biri seksual muammodir.
30
Qizlarda esa hayzning kelishi ham chuqur hissiy hayajonlanishlar, qo‘rquvlar bilan kechishi mumkin.
Bunday paytlarda ota-onasi, yaqinlarining maslahati juda zarur. Vrach-psixologning vazifasi esa o‘smirda
kechayotgan jarayonlarni o‘z vaqtida hal qilib borishdan iborat. Sport va badantarbiya mashqlarini bajarish,
mehnatning o‘ziga yoqqan turi bilan shug‘ullanish, organizmni chiniqtirib borish o‘smir uchun g‘oyat
muhimdir.
Katta yoshdagilar psixogigienasi, ko‘pincha, kishining egallab turgan lavozimi, kasbi va ish faoliyatiga
bog‘liq. Bu davrda oila va jinsiy hayot psixogigienasi alohida e’tibor talab qiladi. Zigmund Freyd jinsiy
hayotda baxtsizlikka uchragan oila psixologiyasini chuqur o‘rganib, jinsiy hayot nuqtai nazaridan insonlarda
nevroz, psixoz kabi kasalliklarning kelib chiqish mexanizmlarini yoritib berdi. Jinsiy zaiflik bor oilada baxtli
hayot bo‘lmaydi, ana shunday oilalarning jamiyatda ham o‘z o‘rnini topib keta olmasliklarini kuzatuvlariga
asoslanib isbotlab bergan. Er-xotin orasidagi nafaqat yaxshi munosabat va xushmuomalalik, balki normal
jinsiy munosabatlar ham mustahkam oilaning asosini tashkil qiladi.
Mashg‘ulot
4
Mavzu: Psixoterapiyaga kirish. Psixoterapiya vazifalari, modeli. Ratsional psixoterapiya. Individual
psixoterapiya. Guruxli psixoterapiya. Oilaviy psixoterapiya.
Psixoterapiya – ruxiyat yordamida organizmni davolash maksadida ruxiy yordam berish degani.
Tibbiy tarifi – tibbiy psixoterapiya bilan bog‘lanadi (davolash,).
Psixologik tarifi – asosiy tushunchalar: munozara, kelishmovchiliklar, noadekvat xissiyotlar.
Psixoterapiya – personallashgan texnika, idrok jarayonlari bilan bog‘langan xolda insonlarning insonlar bilan
yuzaga keladigan ichki kelishmovchiliklarni bartaraf qilish va uni shu kabi vaziyatlarga munosabatini tug‘rilash
xisoblanadi.
Psixoterapiya – psixologik vositalar yordamida maksadli organizmni buzulishlarini tug‘rilash.
Psixoterapiya grekchadan: psyche – rux, therapia- davolash, ximoya. Birinchi bo‘lib bu termin Tyuk
tomonidan XIX asrda fanga kiritilgan. Termin nomidan malumki, psixoterapiya rux, kalbga tasir ko‘rsatib
davolash deyiladi. Psixoterapiya dori vositalari bilan emas, balki (ishontirish, aniqlashtirish, tinchlantirish va
tarbiyalash).
Psixoterapiya – qalb va ruhni davolash degan ma’noni anglatadi. Tibbiyot paydo bo‘libdiki, psixoterapiya
qo‘llanib kelingan. Psixoterapiya usullari asli Sharqda keng tarqalgan bo‘lib, bemorlarni davolashda ko‘p
qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lgan. Abu Ali Ibn Sino, Abu Bakr ar-Roziy, Ismoil Jurjoniy, al Karvakiy
Xazoraspiy kabi buyuk allomalar o‘zlarining davolash usullarida giyohlardan tashqari psixoterapiya
usullarini ham qo‘llashgan. Asab va ruhiy xastaliklar bilan yotib qolgan bemorlar ularning tashrifi va
so‘zlaridan tuzalib, oyoqqa turib ketganlar. So‘z buyuk kuchdir. Psixoterapiyaning asosiy maqsadi ham
so‘zni topib ishlata bilishdadir. So‘zni bemorlarni davolashda ishlata olish ham bir san’atdir. So‘z inson
uchun berilgan oliy ne’matdir, bundan bemorlarni davolashda o‘ta bilimdonlik bilan foydalanish kerak.
Ozgina ehtiyotsizlik salbiy natija berib, inson xayoti va salomatligiga putur yetqazib qo‘yishi mumkin.
Psixoterapiya usuli Yevropada ilk bora venalik vrach va olim Mesmer tomonidan keng qo‘llanib
boshlangan. Tibbiyotda bemorlarni davolashda gipnoz usuli J. Sharko, J. Bred, Z. Freyd, V.M. Bexterevlar
tomonidan keng qo‘llanilgan. Nevrologiya fanining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan fransiyalik olim J.
Sharko psixoterapiya usulidan asab kasalliklarini davolashda keng foydalangan. har bir nevropatolog J.
Sharkoni bir qancha irsiy-degenerativ kasalliklarni bayon qilgan olim sifatida yaxshi biladi. U Yevropada
shu qadar mashhur bo‘lganidan «nevrozlar Napoleoni» deb nom qo‘yishgan. Undan ta’lim olish uchun yosh
olimlar (shu jumladan, Z. Freyd ham) Parijga intilishgan.
Psixoterapiya jarayoni bemor va vrach psixologiyasining asosiy ob’ektidir. Psixoterapiya o‘tkazayotgan
paytda bemorning ruhiy holati, temperamenti, kasallikni keltirib chiqargan sabablar va organizmning
umumiy ahvoliga, albatta, e’tibor qaratish lozim. Vrach katta bilimdonlik bilan bemorning ko‘nglini
og‘ritmasdan, kasallik sabablarini aniqlab olishi zarur. Bemor kasallik bilan bog‘liq barcha sirini vrachga
aytib bera olishi kerak. Psixoterapiya usuli har bir bemor uchun individual tarzda ishlab chiqilishi kerak.
Bemorning shaxsini to‘la o‘rganish psixoterapiyada muvaffaqiyat qozonishning garovidir. Bemor ruhiga
ijobiy ta’sir qilish tashxis qo‘yish jarayonidan boshlanadi. Davolashning muvaffaqiyatli bo‘lishi vrachning
obro‘-e’tiborini oshiradi.
31
Psixoterapiyada ishonch va ixlos bilan qarash ham samarali natijaga erishishda muhim rol o‘ynaydi.
Psixoterapevtik muolajalar bemorning ahvoliga qarab, kasallik anamnezini chuqur o‘rgangan holda o‘zoq
yoki qisqa vaqt davom ettirilishi mumkin. Davolash muolajalarining cho‘zilib ketishi, bir xil bo‘lib qolishi
yoki «Sizni o‘zoq vaqt davolashga to‘g‘ri keladi», qabilidagi gaplar ijobiy natijalarni yo‘qqa chiqarishi
mumkin.
Bu erda Z. Freydning hano‘zgacha bahs va munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan so‘zlarini keltiramiz:
«Natijasi qanday tugashidan qat’i nazar, davolash jarayoni oldindan belgilangan vaqtda tugatilishi kerak».
Demak, davolash muddati oldindan belgilanishi va buni bemor bilishi zarur.
Bemorni davolashda gipnoz, o‘qtirish, tushuntirish va ishontirish usullarini qo‘llash zarur. Chunki shunday
holatlar bo‘ladiki, bemor vrachning yaxshi mo‘taxassisligiga ishonadi, lekin o‘zining sog‘ayib ketishiga
ishonmaydi, kasalini to‘zalmas, og‘ir, deb miyasiga singdiradi. Bu, ayniqsa, nevrozlar uchun juda xosdir.
Dard sababli bemor o‘z ishi, bola-chaqasi, rafiqasi, qarindosh-urug‘i va tinimsiz davom etayotgan davolash
usullaridan bezgan bo‘ladi. Bunday paytlarda, neyrofiziologlar ta’biri bilan aytganda, bosh miya katta yarim
sharlarining po‘stlog‘ida inert qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi.
Bu o‘choqni «parchalab» yuborishgina bemorni kasallik belgilaridan xalos qilishi mumkin.
Psixoterapiya bir necha bemorni to‘plagan holda ham olib boriladi. V.M. Bexterev bemorlarni to‘plab,
gipnoz o‘tkazishning ahamiyati to‘g‘risida shunday degan edi: «Ko‘pchilik bilan seans o‘tkazish paytida
bemorlar gipnozni bir-biriga yuqtirishadi va uning ta’sir kuchi yanada oshadi. Bemorni gipnoz usuli bilan
davolamoqchi bo‘lgan vrach bemor shikoyatlarini aytayotganda nimalarni ko‘p takrorlayotganiga ahamiyat
berishi va bundan foydalanishi kerak».
Gipnoterapiya paytida «bo‘rtib» turgan belgilarga e’tibor berish lozim. Gipnoz o‘tkazayotgan vrach
bemorga silash, ko‘z va so‘z orqali ta’sir qilsa, miya po‘stlog‘ida joylashgan uchta markaz (sezgi, ko‘ruv va
eshituv) ni tormozlash imkoniga ega bo‘ladi. Bu tormozlanish po‘stlog‘ining barcha sohalariga tarqaladi va
bemor gipnotik uyquga ketadi.
Psixoterapevtik tajribasi bo‘lmagan vrach bemorni davolashda qiynaladi, ayniqsa, nevroz bilan kasallangan
bemorda psixosomatik belgilar ko‘zatilsa, tashxis qo‘yish ham ancha mushkullashadi. Bu erda
nevropatologlar ham, terapevtlar ham bir xil muammoga duch kelishadi. Masalan, bemorga uning
shikoyatlariga qarab (maxsus tekshirishlar o‘tkazilmasdan), «oshqozon yarasi» tashxisi qo‘yiladi. U bu
kasallik bilan 10 yildan buyon og‘riydi. Qorindagi og‘riqlar siqilganda kuchayib, tinchlanganda kamaysa,
ovqat rejimiga bog‘liq bo‘lmasa, tashxisning to‘g‘riligi, albatta, gumon uyg‘otadi. Kuchli og‘riq bilan
kechib, 10 yillab davom etadigan «oshqozon yarasi» biron-bir asorat berishi gastroenterolog va jarrohlarga
ayon, albatta. Demak, bu o‘rinda bemorni maxsus tekshirishlardan o‘tkazib, «oshqozon yarasi» tashxisini
inkor qilgandan so‘ng vrach uni psixologik usullardan foydalangan holda davolashi lozim. Bu ish bilan faqat
nevropatolog yoki neyropsixolog shug‘ullanishi shart emas, albatta.
O’zining sohasiga taaluqli kasali bo‘lmagan bemorni «Sizda nevroz bor, endi nevropatologda davolaning»,
deb doktordan doktorga yuboraverish yomon natijalarga olib kelishi mumkin. Qolaversa, nevrozga
chalingan bemorga barcha mo‘taxassislikdagi vrachlar dastlabki yordamni ko‘rsata olishlari kerak. Iloji
boricha, bemorni davolaydigan vrachlar soni kam bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Gipnoz. Gipnoz paytida so‘z orqali ta’sir qilish, nutq; silash, sezgi ; ko‘z bilan boqish ko‘ruv markazlarini
tormozlaydi va bemorning gipnotik uyquga ketishi osonlashadi.
Psixoterapevtik muolajalar farmakoterapiya, fizioterapiya va davolash gimnastikalari bilan olib borilsa,
natijasi yanada samaraliroq bo‘ladi. Bu borada kasallik anamnezini yig‘ishga ham katta e’tibor qaratish
lozim. «To‘la qio‘ilgan anamnez – yarim davo», deb bejiz aytishmagan. Ba’zan bemor shifoxonada necha
kun yotsa, shuncha kun anamnez qo‘yish bilan o‘tadi, natijada tashxis ham, davolash ham hadeb
o‘zgartirilaveradi. Bu, albatta, bemorning asabiga tegadi Vrach tashxis qo‘yayotganda, ba’zan sub’ektiv
simptomlarning quli bo‘lib qoladi. Bunday simptomlar tunda bo‘talar orasidagi sharpaga o‘xshaydi. Sharpa
eshitiladi, odam qo‘rqadi, qochadi yoki bekinib oladi. Aslida, sharpa esib turgan begunoh shamoldir.
Kasallikning ob’ektiv belgilariga katta ahamiyat berish lozim. Har bir sub’ektiv va ob’ektiv belgi tanqidiy
tahlil qilinishi kerak, ana shunda xatoga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xozirgi paytga kelib psixoterapiya barcha jabxalarda kullanilmokda va bir nechta modellari rivojlanmokda.
(modeley psixoterapii, Makarov, 2000).
|