O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumta’lim maktablarida


-mavzu: Men sevgan ertak qahramoni. (1 soat)



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə12/65
tarix09.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#109932
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li

28-mavzu: Men sevgan ertak qahramoni. (1 soat)
Ertak qahramonlari o‘quvchilarga orzu va orzusi bo‘yicha tanlagan kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishishlarida kuchli ta’sir ko‘rsatishi, shu bilan bir qatorda orzularining ro‘yobga chiqishida irodaning, mehnatning, harakatning va ustozlar o‘gitining o‘rni alohida ahamiyat kasb etishligini va bu jarayonda ertaklarning ahamiyatini tushuntirish.


29-mavzu: Mening qahramonim. (1 soat)
Men sevgan qahramon. Qahramon deganda kimlar anglanishi, haqiqiy qahramonlik nima ekanligi, bugungi va ertangi kun qahramonlari kimlar bo‘lishi haqida tushunchalar hosil qilish.
30-mavzu: Bobom xotiralari (Xotira va qadrlash kuni oldidan). (1 soat)
O‘quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg‘ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo‘lish xislatlarini tarbiyalash.


31-mavzu: Ilm va hunar ko‘kka yetkazar. (1 soat)
O‘quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o‘rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o‘qishga bo‘lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg‘ularini singdirish.


32-mavzu: Yoz – o‘tadi soz! (1 soat)
O‘quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho‘milish havzalariga borganda ehtiyot bo‘lishlikni uqtirish.


33-mavzu: Men 1-sinfni tugatdim (Maktab haqida taassurotlarim). (1 soat)
O‘quvchilarning o‘quv yili davomidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, ularga yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish, yozgi oromgohlarga yoki cho‘milish havzalariga borganda ehtiyot bo‘lishlikni uqtirish va albatta kattalar nazorati ostida borishlikni tushuntirish.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin