O‘zbekistonda xristianlik tarixi’’



Yüklə 14,01 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü14,01 Kb.
#201877
1   2
ERKINJONOVA DIYORA (TEZIS, DINSHUNOSLIK)

Asosiy qism: Xristianlikni kirib kelishi bilan bog‘liq jarayonlarga oid voqealar manbalarda qayd etilgan, unga ko‘ra Marv xristianlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eng qadimgi hisoblanadi. Beruniy o‘z asarida yozib qoldirishicha, Marvda Iso Masih tugʻilganidan 200 yil oʻtgach, ushbu din rohib Baraxiy tomonidan olib kirilgan. Arxeologik maʼlumotlar esa Marv shahri atrofida xristian ehromining III-IV asrlarda faoliyat koʻrsatgani haqida maʼlumot beradi. Markaziy Osiyo hududida arxeologik qazilmalar natijasida V- XIV asrlarga mansub deb topilgan koʻplab xristianlik yodgorliklari, jumladan, ibodatxona va monastirlarning xarobalari, freskali ikona yozuvlari, matolarga bitilgan ikonalar, Injil qissalari tasvirlangan keramikalar, boʻyinga osiladigan xoch va medallar hamda xristianlik timsoli tushirilgan davlat tangalari, minglab xoch tushirilgan qabr toshlar yoki qabr ustiga qoʻyilgan xochlar ahamiyatga molik topilmalardir.
VII-VIII asrlarga kelib Arab xalifaligi davrida Islom dini kirib kelib, keng yoyilgan bo‘lsada, xristianlikka e’tiqod qiluvchilar ham mavjud edi. Taxminan, XIV asrga kelib islom dini mahaliy aholining asosiy diniga aylanib bo‘lgan sharoitda xristianlik tez pasayishni boshladi. Pasayish omillari orasiga mintaqaga tarqalib, u yerda yashovchi xristian jamoalarining koʻp qismini oʻldirgan vabo kiradi. Qolgan nasroniylar, ehtimol, iqtisodiy sabablarga koʻra Islomni qabul qilganlar. Temuriylar davrida siyosiy vaziyat, ehtimol, qiynalayotgan jamoani yanada keskinlashtirgan. Xabarlarga koʻra, Samarqand va Oʻrta Osiyodagi oxirgi nasroniylar Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bek tomonidan taʼqib qilingan. Biroq, ishonchli yozuvlar yoʻqligi sababli, mintaqadagi suriyalik nasroniylarning kamayishi bilan bogʻliq tafsilotlar qorongʻiligicha qolmoqda.
Xristianlikning aynan provaslav yo‘nalishining kirib kelishi Chor Rossiyasining bosqini bilan bevosita aloqador. 1867-yilda ruslar hukmronligi davrida, rus va yevropalik koʻchmanchilar va zobitlarga xizmat qilish uchun yirik shaharlarda pravoslav cherkovlari qurilgani mintaqaga Xristianlik dinining qaytishiga asos boʻlgan. Buni natijasida Markaziy Osiyo hududiga ham askarlar va zobitlar bilan bir qatorda rus provaslav ruhoniylari kirib kelib muqim o‘rnasha boshladi va o‘zlarining ibodatxonalarini(cherkov) barpo etishdi. Hozirda yurtimiz hududida xristianlik cherkovlari judayam ko‘p bo‘lib, ulardan: Toshkentdagi Rim katolik cherkovi, Iso payg‘ambarning Muqaddas yuragi bosh cherkovi, Uspenskiy kafedral sobori, Avliyo Luka Krimiskiy cherkovi, Toshkentdagi Yevangel - lyuteran cherkovi, Iosif-Georgiyevskiy cherkovi, Spaso-Preobrajenskiy cherkovlari, Avliyo Vladimir ehromi va boshqalarni misol qila olamiz.
O‘zbekistonda xristianlikning hozirgi holati haqida to‘xtalib o‘tar ekanmiz, Amerika Qoʻshma Shtatlarining Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi fikrlariga e’tibor qaratsak, unga ko‘ra 2005-2020-yillar oraligʻida AQSH hukunmati Oʻzbekistonni oʻzining “Alohida tashvishga soladigan davlatlar’’ roʻyxatida saqlagan. 2019-yil davomida hukumat huquq-tartibot organlarining diniy jamoalarga bostirib kirishi va taʼqib qilishini taqiqlashni muvaffaqiyatli amalga oshirgani va 2019-yil avgust oyida komissiya tavsiya etgan chora-tadbirlardan biri boʻlgan Jasliq qamoqxonasi yopilishi, shuningdek, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarining ilgari surilayotgani, Oʻzbekistonning “Alohida tashvishga soladigan davlatlar’’ roʻyxatidan chiqarilib komissiyaning “Maxsus kuzatuv roʻyxati’’ga kiritilishiga asos boʻlgan. Hozirgi kundagi Statistika ma’lumotlariga ko‘ra Oʻzbekiston dunyoviy davlat boʻlib, respublika Konstitutsiyasiga koʻra, barcha diniy tashkilotlar qonun oldida tengdir. Oʻzbekistoning aholisi 2021-yil noyabr oyiga koʻra 35 milliondan oshgan. 2019-yil oʻrtasi AQSH hukumati hisob-kitoblariga koʻra 30,3 million aholining 88 foizini musulmonlar tashkil qiladi, biroq Tashqi Ishlar Vazirli aholining 93-94 foizi musulmonlar ekanligini taʼkidlaydi. Hisobotlarga koʻra, aholining taxminan 3,5 foizini rus pravoslavlari tashkil etgan va statistik maʼlumotlarga koʻra, etnik ruslar va boshqa pravoslavlarning emigratsiyasi tufayli bu raqam pasayishda davom etgan va 2020-yilda Pew tadqiqot markazi hisobotlariga koʻra aholining 97,1 foizini musulmonlar, 2 foizini (345000) xristianlar tashkil etmoqda. Ma’lumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak bizning yurtimizda ham 16-noyabr sanasi “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Xulosa: Ushbu ilmiy tadqiqot ishini tahlil qilish va yozish jarayonida quyidagi xulosaga kelindi: xristianlik yurtimiz hududiga turli xil yo‘llar va sharoitlarda kirib kelgan. Ammo, Arab xalifaligi davrida musulmonlar hukmronligi o‘rnatilib, sekin-asta nasroniy dinini siqib chiqardi. Lekin bu bilan O‘rta Osiyo hududida o‘rta asrlarda xristian dini bo‘lmagan deb ayta olmaymiz. Aholini kam qismi bo‘lsa ham xristianlikka e’tiqod qilgan, faqatgina ularning soni juda ozchilikni tashkil etgan. Shunga qaramay, keyingi davrlarda Chor Rossiyasining hujumi oqibatida xristianlik yana yoyildi. Xristianlik dini ham Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy hayotida o‘rni katta bunga qadimgi davrdan qolgon me’morchilik inshootlari, arxeologik yodgorliklar yaqqol misol bo‘la oladi.


Yüklə 14,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin