Pedagogik kengash shakllari. Reja: O'zbekiston maktabgacha ta’limi bo’limlari tomonidan maktabgacha ta’limga rahbarlik qilishning nazariy asoslari


Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarining asosiy vazifalari



Yüklə 26,8 Kb.
səhifə3/9
tarix22.04.2023
ölçüsü26,8 Kb.
#101640
1   2   3   4   5   6   7   8   9
16-Ma\'ruza mashg\'uloti (1)

2.Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarining asosiy vazifalari
Quyidagilar maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
-Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta'minlashda ishtirok etish;
-kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar bilan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish sohasida o'zaro hamkorlik qilish;
-maktabgacha ta'lim tashkilotlarida maktabgacha ta'lim sohasidagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;
-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o'quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
-maxsus maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni reabilitatsiya qilish va ma'naviy-axloqiy tarbiyalash;
-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish;
-tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etish.
Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
-maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari va ularning rahbariyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta'minlaydi;
-idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va Vazirlikning buyruqlari bajarilishini muntazam nazorat qiladi;
-maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o'z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil etadi;
-maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qo'llab- quvvatlaydi va bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi;
-tuman (shahar) darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta'lim tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;
-maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlanishni tashkil etadi;
-maktabgacha ta'lim tashkilotlarida davlat talablari bajarilishi monitoringini olib boradi;
-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini moddiy-texnik ta'minlashni tashkil etadi;
-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
-jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
-maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari vakolatiga tegishli bo'lgan tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo'jalik masalalari va boshqa masalalar bo'yicha qaror qabul qiladi.

Yüklə 26,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin