Pedagogik kengash shakllari. Reja: O'zbekiston maktabgacha ta’limi bo’limlari tomonidan maktabgacha ta’limga rahbarlik qilishning nazariy asoslari


Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo'limlarining huquqlari va javobgarligi



Yüklə 26,8 Kb.
səhifə4/9
tarix22.04.2023
ölçüsü26,8 Kb.
#101640
1   2   3   4   5   6   7   8   9
16-Ma\'ruza mashg\'uloti (1)

Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo'limlarining huquqlari va javobgarligi
Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
-davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tuman (shahar) bo'linmalaridan, maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan o'z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan axborotni belgilangan tartibda so'rash va olish;
-davlat dasturlarini va investitsiya dasturlarini amalga oshirish bo'yicha davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini o'rganish;
-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;
-bolalarni maktabga sifatli tayyorlash masalalari bo'yicha nodavlat ta'lim tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlik qilish;
-o'z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflarni ko'rib chiqish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish huquqiga ega.
Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari:
-maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash;
-Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasiga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
-maktabgacha ta’lim sohasida dolzarb muammolarni, shuningdek, tumanni (shaharni) rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash;
-maktabgacha ta'lim masalalariga doir takliflarni tayyorlash va maktabgacha ta'lim masalalari yuzasidan tumanni (shaharni) rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
-tumanlarda (shaharlarda) maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish bo'yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yo'l xaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini boshqarishda eng yaxshi shakllarni aniqlash va amaliyotga tatbiq etishda:
1. Maktabgacha ta'limni boshqarish darajasini o'stirish;
2. Maktabgacha ta'lim dasturi tinglovchilarini amalga oshirish asosida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishni davlat nazoratidan o'tkazish;
3. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ishini maqsadga muvofiq tekshirish;
4. Ularning ishidagi kamchiliklarni yo'qotish choralarini ishlab chiqish va ularga amaliy yordam berish;
5. Ishdagi ijobiy tomonlarni o'rganish, umumlashtirish, ommalashtirish, rag'batlantirish;
6. Rahbarning xodimlar bilan ishlash malakalarini o'stirishda nazorat ishlarini tashkil etish;
7. Maktabgacha ta'lim xodimlariga ta'lim-tarbiya ishini yanada rivojlantirishda metodik yordam ko'rsatishdan iboratdir.
Maktabgacha ta'lim vazirligining Maktabgacha ta’lim boshqarmasi o'z qaramog'idagi avtonom, viloyat va ularning joylaridagi bo'limlarini, pedagogik bilim yurtlarini, maktabgacha ta'lim tashkilotlarini nazorat qilish huquqiga egadir.
Maktabgacha ta'lim bo'limlari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini nazorat qilish ilmiylik, hayot bilan bog'liq tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Aniqlangan kamchiliklarni tuzatish bo'yicha amaliy yordam ko'rsatish hamda uning bajarilishini doimo tekshirib turish bilan yakunlanadi.
Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy masalalarni kollegial ko'rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg'or tajriba minbaridir.

Yüklə 26,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin