Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 1221 International Conference yo‗nalishida tahsil olayotgan talabalarga adabiyot fani o‗qituvchilari uchun zarur
bo‗lgan zamonaviy pedagogik va hayotiy kompetensiyalarni o‗zlashtirishlari
uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, kasbiy va hayotiy vaziyatlarga
moslashish ko‗nikmalarini egallashning pedagogik hamda amaliy asoslarini
yaratishdan iborat.
Adabiy ta‘limning jamiyat oldidagi yuksak ijtimoiy ahamiyatidan kelib
chiqqan
holda
kelajak
o‗qituvchisi
konsepsiyasiningning
vazifalarini
quyidagilardan iborat qilib belgilash maqsadga muvofiq hisoblanadi: adabiyot fani o‗qituvchisiga qo‗yiladigan zamonaviy (va kelajak) talablarni
o‗rganish (prognoz qilish), umumlashtirish va pedagogik oliy ta‘limda amalga
oshirilayotgan ta‘lim-tarbiya jarayonlari mazmunini shu talablarga moslashtirish;
adabiyot o‗qitish metodikasi va pedagogika nazariyasi bo‗yicha olib
borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda kelajak o‗qituvchisi konsepsiyasini ta‘lim
amaliyotiga tatbiq etishning oqilona mexanizmlarini ishlab chiqish;
kelajak adabiyot fani o‗qituvchisining prfessiogrammasini ishlab chiqish,
muntazam takomillashtirib borish va uni kadrlar tayyorlash tizimiga joriy qilish;
jamiyat rivojlanish qonuniyatlari asosida adabiyot fani o‗qituvchisiga
qo‗yiladigan zamonaviy (kelajak) talablar, fanning rivojlanish an‘ana va
yo‗nalishlarini belgilash;
talabalarni o‗qituvchilik kasbiga qo‗yiladigan zamonaviy (va kelajak)
talablar asosida tayyorlash, ularga adabiyot fanining rivojlanish an‘analari va
yo‗nalishlari asosida kasbiy ta‘lim berish;
hayot taraqqiyotining sur‘ati va jamiyat talablarining o‗zgaruvchanligini
inobatga olgan holda talabalarga adabiyot fani o‗qituvchisi kasbi bilan birga
yondosh bo‗lgan qo‗shimcha kasb-hunar o‗rgatish ishlarini tashkil qilish;
adabiy ta‘limda nazariya va amaliyot uyg‗unligi va birligiga erishish orqali
ta‘lim sifatini oshirish;
kelajak adabiyot fani o‗qituvchisining shaxsiy va kasbiy kompetensiyalarini
ishlab chiqish;
bo‗lajak
adabiyot
fani
o‗qituvchilarining
zamonaviy
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‗nikmalarini kuchaytirish;
bo‗lajak adabiyot fani o‗qituvchilariga xorijiy tillarni o‗qitish mazmuni va
samaradorligini oshirish;
bo‗lajak adabiyot fani o‗qituvchilarida real hayotiy vaziyat va sharoitlarga
kasbiy moslashish ko‗nikmalarini shakllantirishga ko‗maklashish.
Adabiy ta‘limda kelajak o‗qituvchisi shaxsini tarbiyalash muntazam o‗zgarib
va takomillashib boradigan jarayon ekan, unda yuz beradigan o‗zgarishlarda