Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 1222 International Conference tarqoqlik kuzatilmasligi va mohiyatdan uzoqlashib ketmaslikni ta‘minlash uchun
uning qanday tamoyillarga tayanishini qat‘iy belgilab olish zarur bo‗ladi. Chirchiq
davlat pedagogika instituti misolida adabiy ta‘limda kelajak o‗qituvchisini
tarbiyalash tamoyillari quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
ilmiylik;
zamonaviylik;
ilmiy bashorat (futurologiya) ga asoslanish;
amaliyotga asoslanganlik;
maqsadga yo‗naltirilganlik;
muntazamlilik;
jamiyatning
rivojlanuvchi
va
o‗zgaruvchan
talablariga
moslashuvchanlik;
ta‘lim va tarbiya ishlarining uyg‗unligi;
o‗qituvchilik kasbida erishilgan ijobiy natija va yutuqlarga tayanish.
Adabiy ta‘lim kelajak o‗qituvchisi konsepsiyasini amalga oshirish jarayoni
pedagogika, xususan, adabiyot o‗qitish metodikasining ilmiy-nazariy asoslariga
tayanishi uning ilmiylik tamoyilini belgilaydi.
Tadqiqot davomida adabiy ta‘limda kelajak o‗qituvchisi shaxsining
professiogrammasini ishlab chiqdik. Unda kelajak o‗qituvchisining xislatlari va
pedagogik qobiliyati tasnif qilingan.
Adabiy ta’limda kelajak o‘qituvchisi shaxsining professiogrammasi: 1. Kelajak o‗qituvchisi shaxsining professiogrammasida uning xislatlari
quyidagilardan iborat: Shaxsiy xislatlar: -vatanparvarlik; - ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etish;
- bolalarni yaxshi ko‗rish, ularni sevish;
- mehnatsevarlik;
- jamoat ishlarida faollik;
- mehribonlik;
- kamtarlik;
- odamiylik, dilkashlik;
- irodali, sabr-toqatli, bardam va matonatli bo‗lish;
- uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega bo‗lish;
- o‗z bilimini oshirishga intilish.