Pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə35/345
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#38953
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   345
УМК она тили ва адабиёт 2019-2020 III semestr

2. Buyruq-xitob undovlari ikki xil bo‘ladi: 1) odam­larga qaratilgan undovlar: a) kishilarning diqqatini tortish uchun qo‘llanadigan: hoy, hay (bir marta aytilsa), hey, allo, ey; b) ta’kid, buyurish uchun qo‘llanadigan: ma, tss, jim, marsh; 2) hayvonlarga yoki boshqa jonivorlarga qaratilgan undovlar: a) hayvon va jonivorlarni chaqirish uchun qo‘llanadigan: kisht, bah-bah, mosh-mosh, tu-tu-tu, kuch-kuch, gah, chuh, beh-beh, qurey-qurey; b) hayvon va parrandalarni biror harakatdan to‘xtatish uchun qo‘llanadigan: ishsh, ho‘k, tak; v) hayvon va parrandalarni biror ishni bajarishga undash uchun ishlatiladigan: pisht, drr, xix, hov-hov, cho‘k, tek, hayt, chu.

3. Ko‘rsatish, ta’kid undovlari quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:

1) ko‘rsatish: hu, huv, hovv; 2) javob, tasdiq, ta’kid, mulohaza: ha-ha-ha, xo‘sh, labbay, ha.

Bulardan tashqari, quyidagi undovlarni urf-odat undovlari (ayrim darsliklarda nutqiy odat undovlari deb ataladi: (25; 100.) tarzida ajratish mumkin: rahmat, marhamat, salom, xayr, barakalla, ofarin, balli, yashang, hormang, qulluq va b.

Undovlar odatda deb so‘zi bilan qo‘llanib, hol (U “voy” deb yonboshiga yiqildi), degan so‘zi bilan qo‘llanib, gapda ko‘pincha sifatlovchi-aniqlovchi (Ko‘chada “dod” degan ovoz eshitildi) bo‘lib keladi. Undovlar otlashishi mumkin, bunda ular ega (Ularning dod-voyi osmoni falakka chiqdi.), kesim (Endi uning holiga voy) to‘ldiruvchi (Uning oh-vohiga kim quloq soladi?), qaratqich-aniqlovchi (Dod-voyning foydasi yo‘q.) vazifalarini bajaradi.



Taqlid so‘zlar

Tovushga va holatga taqlidni bildirgan so‘zlar taqlid so‘zlar deyiladi. Bunday so‘zlar ma’no jihatidan ikki turga bo‘linadi:




Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   345




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin