Pedagogika


Buyuk sarkarda Amir Temurning oilada ahloqiy tarbiyaning ahamiyati haqida tushuncha



Yüklə 270,87 Kb.
səhifə5/6
tarix09.09.2022
ölçüsü270,87 Kb.
#63509
1   2   3   4   5   6
Tilavova Muqaddamning kurs ishi

2.2 Buyuk sarkarda Amir Temurning oilada ahloqiy tarbiyaning ahamiyati haqida tushuncha
Amir Temur — buyuk shaxs: kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga, el-yurtini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. U Buyuk insonning murakkab va tashvishlar bilan to‘lib-toshgan hayoti va faoliyatini kichik bir maqolada, hatto juda qisqa va umumiy tarzda bo‘lsa-da, bayon qilib bo‘lmaydi. Amir Temurning tarixi ko‘p jildlik kitoblar yozishga arziydi. Lekin ming afsuski, bizlar — buyuk amirning vatandoshlari, bu ishni hozirgacha eplolmadik. To‘g‘risi, buni qilish imkoniga ega bo‘lmadik, chunki ko‘hna tariximiz, ulug‘ ota-bobolarimiz haqida bizlarni churq ettirmay qo‘ygan bunga yo‘l bermadi. Amir Temurning o‘zi esa tahqirlandi, tuhmatu malomatlarga qoldi. Vaholangki, Angliya, Fransiya, Germaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi hamkasblarimiz uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab juda ko‘p ko‘lamdor kitoblar yozib, o‘z tillarida chop etdilar. Angliyalik sharqshunos olima Hilda Hukhem, germaniyalik Gans Robert Ryomer, fransuz Jan Pol Roks, amerikalik Jon Vuds va Beatrisa Mans shular jumlasidan. Xorijlik dramaturg va artistlar o‘z teatrlarining sahnalarida Amir Temurning yorqin obrazini yaratdilar. Fransiyalik haykaltaroshlar uning haykalini oltindan quyib, muzeylarda namoyish qildilar. Biz-chi?..Tangri taologa shukrlar bo‘lsinki, shu kunlarga kelib ko‘p ming yillik boy tariximizni surishtirish va o‘rganish imkoniyatiga endi ega bo‘lyapmiz. Biz keksa tarixchilar bu ishni umr yetganicha qilarmiz. Biz ulgurmasak, buni shogirdlarimiz davom ettirishar. Har holda shuni unutmaslik kerakki, bizlar nafaqat Amir Temur to‘g‘risida, balki ota-bobolarimiz tarixi borasida ham xalqimiz oldida qarzdormiz.Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida o‘sha paytlarda Kesh (Shahrisabz)ga qarashli Xo‘ja Ilg‘or (bu qishloq hozir Yakkabog‘ tumaniga qaraydi) qishlog‘ida tavallud topdi. Otasi Amir Tarag‘ay — o‘ziga to‘q, badavlat kishi edi. Temur tug‘ilgan paytda u Qozonxon (1333—1346) huzurida mas’ul bir mansabda turardi. Kesh va unga tobe’ yerlarning bekligi esa Amir Tarag‘ayning og‘asi Hoji barlosning qo‘lida edi.Temurning yoshligi va yigitlik yillari Chig‘atoy ulusi og‘ir ijtimoiy-siyosiy bo‘hron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. Ulus ichidagi notinchlik Qozonxon davriga kelib o‘zaro feodal urushlarning avj olib ketishiga sabab bo‘ldi. Hokimiyat uchun kurash ayniqsa xon bilan uning bosh amiri (amir ul-umarosi) Qazag‘an o‘rtasida kuchli bo‘ldi. O’zaro nifoq va kelishmovchilik urushga aylandi. Mamlakat mo‘g‘ullar istilosi ostida qolgan o‘sha og‘ir sharoit ikki iste’dodli amirni — amir Temur bilan amir Husaynni bir qadar yaqinlashtirdi. Lekin amir Husayn mamlakatda feodal tarqoqlikka barham berish, raiyatni chet el bosqinchilaridan himoya qilish xususida Amir Temur bilan yakdil bo‘la olmadi. Oqibatda yurt ozodligi uchun kurash bevosita Amir Temur zimmasiga tushdiAmir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta.Birinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun “Temur va temuriylar davlati”, “temuriylar madaniyati”, “Ulug‘bek va Samarqand astronomiya maktabi”, “Navoiy” va “Bobur” kabi qutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbeklarning, balki butun dunyo xalqlarining tarixi sahifalarida uchratar ekanmiz, ularning zaminida Amir Temurning ulkan xizmatlari yotishini nazarda tutishimiz lozim. Ikkinchidan, Amir Temur, taqdir taqozosi bilan bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakalikdan ozod bo‘lishda yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Ildirimni (1389—1402) tor-mor keltirishi natijasida (1402 y.), bir qator Yevropa xalqlari ozodlikka erishdi; Oltin O’rda xoni To‘xtamishni (1376—1395) ikki marta (1391 va 1395 y.) tor-mor keltirib, Rossiyaning mo‘g‘ullar hukmronligidan qutulishini tezlashtirdi.
Uchinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilg‘or mamlakatga aylantirdi. Amir Temurning sa’y-harakati bilan obod etilgan shaharlar, qasabalar, qishloqlarni, Shahrisabz, Samarqand, Buxoro, Yassi (Turkiston) singari shaharlarda qad ko‘targan oliy imoratlarni aytmaysizmi?! Ularning ba’zilari hozir ham shaharlarimizga ko‘rk bo‘lib turibdi. Ta’bir joiz bo‘lsa, shu yerda yana bir gapni aytmoqchiman. Amir Temur o‘z yurti Turkistonnigina emas, balki qo‘shib olingan yurtlarni ham obod qildi.
Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan mutolaa qilsangiz, uning ko‘p yaxshi sifatlari (to‘g‘rilik, muruvvatlilik, el-yurtga mehr-muhabbat va b.) bilan tanishasiz. Uning saxovatli, bag‘ri keng va donishmand odam bo‘lganini payqab olasiz. “Temur tuzuklari”, Nizomuddin Shomiy (tug‘ilgan va vafot qilgan yili ma’lum emas) va Sharofuddin Ali Yazdiyning (1454 yilda vafot etgan) “Zafarnoma”larida, Ibn Arabshohning (1389—1450) “Ajoyib ul-maqdur fi axbori Temur” (“Amir Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari”) va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli pand-nasihatlari va o‘gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo‘ladi. Bular el-yurt va fuqaroning tashvishi, raiyatparvarlik, mehr-muruvvat, qo‘shnichilik aqoidlariga rioya qilish va nihoyat, mardlik va qahramonlik haqidagi hayotiy o‘gitlaridir Amir Temurning pand-nasihatlari, o‘gitlari, u haqdagi naql-rivoyatlar juda ko‘p. Biz ulardan faqat bir qisminigina ushbu kitobga kiritdik. Amir Temurning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyatini astoydil o‘rganish bizda endi boshlandi. Shuning uchun ham mazkur kitobcha bu yo‘lda qo‘yilgan dastlabki qadam, dengizdan bir tomchi, xolos.
Aziz kitobxon! Buyuk shaxsning dono o‘gitlarini o‘rganing. Bu yo‘lda hamisha sizni ulug‘ bobokalonimizning ruhi qo‘llab-quvvatlasin.Menda biron kimsaning haqi bo‘lsa, haqini hech vaqt unutmadim. Biron kimsa bilan tanishgan bo‘lsam, uni hech vaqt nazarimdan qoldirmadim. Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‘zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo‘lishga intildim.Menga iltijo qilib kelgan badkirdor odamlar, xoh menga yaxshilik qilgan bo‘lsinlar, xoh yomonlik, saltanat taxtiga o‘tirganimdan keyin ularni xayr-ehsonlarim bilan xijolatga qo‘ydim. Menga qilgan yomonliklarini qilmagandek ko‘rib, ularni yomon qilmishlari daftari ustiga avf qalamini tortdim.
Hech kimdan o‘ch olish payida bo‘lmadim. Tuzimni totib, menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim. Sofdil kishilar, sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi. Nafsi yomon himmatsizlarni, ko‘ngli buzuq qo‘rqoqlarni majlisimdan quvib yubordim.
Har kimning qadr-qimmatini, tutgan mavqeini va har narsaning o‘lchovini belgilab olishing va shunga muvofiq ish yuritishing kerak. Kimning aqli va shijoatini sinov tarozusida tortib ko‘rib, boshqalarnikidan ortiqroq ko‘rsam, uni tarbiya qilib, amirlik darajasiga ko‘tarar edim. So‘ngra ko‘rsatgan xizmatiga yarasha martabasini yana-da oshirar edim.
Har mamlakat va diyor sayohatchilariyu musofirlarining boshini siladimki, turli mamlakatlardan menga xabar keltirib turdilar. Har bir mamlakatga va diyorga borib turish uchun savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular o‘shal mamlakatlarda yashovchi kishilarning hol-ahvoli, turish-turmushlari haqida menga xabar olib kelsinlar. Har bir mamlakat hukmdorining o‘z raiyatiga qanday muomalayu munosabatda ekanligini aniqlasinlar.Uzoq-yaqindan biron kishi kelib, mening majlisimga kirar ekan, qaysi toifadan bo‘lsa ham, davlatim dasturxoni ne’matidan uni quruq qaytarmasinlar.

Xulosa
Oila – insoniyat yaratilgandan boshlab davom etib kelayotgan bashariyat tarixining hamma davrlarida ham jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan. Har bir jamiyatning taraqqiyoti va o‘rnatilgan tartib-intizomi undagi oilalarning mustahkamligiga va farovonligiga bog‘liq. Farzand oilada tug‘iladi, kamol topadi.
Jahon tarixida har bir mamlakatda o‘z xalqining millatga aylanishida, davlat bo‘lib shakllanishida va yuksak taraqqiyot yo‘liga chiqishida Yo‘lbrshchi degan sharafli nomga ega, tarixda o‘chmas iz qoldirgan buyuk shaxslarning xizmati katta bo‘lgan. Buyuk shaxslar ham oilada tug‘iladi, voyaga yetadi.
Har qanday tuzum mamlakat rahbarining shaxsi, uning fe’l-atvori, xatti-harakati, o‘ziga xos fikrlash tarzi, dunyoqarashiga qarab shakllanadi. Ba’zan esa rahbarning fe’l-atvoriga, ma’naviy, siyosiy irodasiga va qobiliyati sabab kutilmagan jarayonlar boshlanadiki, u jahon taraqqiyoti va insoniyat taqdirini tubdan o‘zgartirib yuboradi va tarix sahifalarida abadiy qoladi. Tarixda shunday qonuniyat mavjud: har bir Buyuk Yo‘lboshchini ma’lum davrda tarixning o‘zi tarbiyalayli va u millat, xalq va Vatanga rahnomalik qiladi.
Amir Temur davrida oilalarga alohida e’tibor qaratilgan. Amir Temurning buyuk asari “Temur tuzuklari”ni varaqlar ekanmiz, oila masalasiga, farzandlar tarbiyasi va kelajagiga alohida e’tibor berilganligiga guvoh bo‘lamiz.
Buyuk sohibqiron Amir Temur oila qurish masalasiga davlat yumushlaridek juda jiddiy e’tibor bergan. Buyuk Sohibqiron xususan oila qurish, farzandlarni uylantirish va kelin tanlash haqida kuyidagi fikrlarni bildirgan: “O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim. Kelin bo‘lmishning nasl-nasabini, yetti pushtini surishtirdim. Xos odamlar orqali sog‘liq-salomatligini, jismonan kamolatini aniqladim. Kelin bo‘lmish nasl-nasabasi, odob-axloqi, sog‘lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan xoli bo‘lsagina el-yurtga katta to‘y-tomosha berib, kelin tushurdim (Amir Temur o‘gitlari, – T.,1992, 58-bet.).
Amir Temurning bizga qoldirgan meroslaridan, Temur to‘g‘risidagi tarixiy asarlardan va kinofilmlardan olgan taasurotlarimizga tayanib Sohibqironning umri faqat jang-u jadallar, dunyoda tinchlikni saqlash, mamlakat hududini kengaytirish va obodonlashtirish bilan o‘tgan, degan xulosaga kelamiz. Lekin Amir Temur tomonidan o‘z davrida oilaga katta e’tibor qaratilganligi bizni lol qodiradi. Demak, Temur davrida ham “Oilaga e’tibor – davlatga e’tibor” tamoyili bo‘lgan desak, hech mubolg‘a bo‘lmaydi.
Har tomonlama sog‘lom oila jamiyatning boyligi va Vatan ravnaqining asosi hisoblanganligi uchun oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilaning tarbiyaviy salohiyatini mustahkamlash, ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasi bugungi kunning ham eng dolzarb masalalaridan biri.
Mamlakatimizda oila institutini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevralda PF-5938-son farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 31-dekabr kuni “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 820-son qarori qabul qilinib, unining asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi:
1. Zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda “Oila – muqaddas”, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat”, “Oila – jamiyat va davlat himoyasida” va “Farovon oila – jamiyat ravnaqining asosi” konseptual g‘oyalarini nikohlanuvchilarning ongiga singdirib borish;
2. Nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha tizimli tayyorlash;
3. Oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish, nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda, birinchi navbatda, ularning intellektual salohiyati va ma’naviyatini oshirish, orzu-umidlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, ezgulik, oila va Vatanga muhabbat, ularning ong-u shuuriga insof, iymon, e’tiqod, oriyat, oiladagi burch, majburiyat, mas’uliyat tushunchalarining mazmun-mohiyatini singdirishga e’tibor qaratish zarur. Bu borada, eng avvalo, ota-onalar farzandlarining birinchi tarbiyachilari sifatida mas’uldirlar. Bu mas’uliyat esa ota-onalarning o‘zlaridan ma’naviy-ma’rifiy yetuklikni, yaxshi sifatlarga ega bo‘lishlikni talab etadi. Ana shundagina ular farzandini barkamol inson qilib tarbiyalaydi va oilaviy hayotga to‘g‘ri yo‘naltira oladi. Buyuk alloma Nosriddin Rabg‘uziyning fikricha, “Ota-ona ezgu bo‘lsa, uning ezguligi yetti urug‘-aymog‘iga yetadi. Buning uchun ular farzandlarining ko‘z o‘ngida shaxsiy namuna, ibrat ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi”.
“Yangi O‘zbekiston” siyosatining bosh negizida ham, yurtboshimizning har bir chiqishlarida ham millat davomiyligini ta’minlaydigan, jamiyat taraqqiyotini belgilaydigan oilalarning farovonligini oshirishga va mustahkamlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Oila xususida fikr bildirar ekanlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Odamlarimiz bilishi kerak. Oila muqaddas biz uchun, oilani saqlab qolmasak, biz o‘zligimizni yo‘qotamiz”, deya oilaning naqadar ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaganlar.


Yüklə 270,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin