Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Intellektual tayyorgarlik



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   240
Ривожланиш психологияси

2. Intellektual tayyorgarlik.
Tevarak-atrofda moljal ola bilish, bilimlar zaxirasining mav- 
judligi.
Idrok va ko‘rgazmali-obrazli tafakkurning ma’lum darajada 
rivojlanganligi. Umumlashtirish darajasi — narsa va hodisalarni 
farqlash va umumlashtira olish ko'nikmasi.
Nutqining ma’lum darajada rivojlanganligi; ko‘pincha aqliy 
tayyorgarlik deyilganda bolaning dunyoqarashi, jonli tabiat, in- 
sonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. 
Ushbu bilimlar maktab beradigan ta’limga asos bolishi mum­
kin, lekin so‘z boyligi, ma’lum xatti-harakatlarni bajara olish la-
273


yoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko'rsat- 
kichi bo‘la olmaydi. Maktab dasturi bolalardan taqqoslay olish, 
tahlil eta olish, umumlashtira olish, ma’lum bir xulosa chiqa- 
ra olish, shuningdek, yetarli darajada rivojlangan boshqa bilish 
jarayonlarini ham talab etadi. Masalan, 6—7 yoshli bola tabiat 
haqida ayrim hodisalarnigina emas, balki organizmning tabiat 
bilan bog‘liqligini va o‘zaro ta’sirini ham tushunishi va o'zlash- 
tirishi mumkin. 6—7 yoshli bolalar aqliy rivojlanishning natijasi 
bo'lib, yuqori darajada rivojlangan ko‘rgazmali obrazli tafakkur 
bilan bola atrof olamdagi predmetlarning asosiy xususiyatlarini 
va predmetlar orasidagi bog‘liqlikni ajrata olishidir. Shuni alohi­
da ta’kidlab o‘tish lozimki, ko‘rgazmali-harakatli va ko'rgazma- 
li-obrazli tafakkur nafaqat 6—7 yoshli bolalar, balki kichik mak­
tab yoshidagi o'quvchilarning ham aqliy rivojlanishida asosiy 
vazifani bajaradi.
3. Harakat tayyorgarligi.
— mayda motorika;
— katta harakatlarni amalga oshirish (qo‘l, oyoq, tana).
4. 0 ‘quv faoliyatiga tayyorgarlik:
— kattalarni diqqat bilan eshita olish va uning ko‘rsatmalarini 
aniq bajarish;
— topshiriqni mustaqil bajarish;
— chalg‘ituvchi omillarga e’tibor bermasdan topshiriqni ba- 
jarishga kirishish.
Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo'lishi ke­
rak. 
6
yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi o‘ziga 
xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlana­
di. Uning og'irligi oyiga 150 dan 200 gacha, bo'yi esa 0,5 sm ga- 
cha ko'payadi. 
6
yoshli bolalar turli tezliklarda, tez va yengil yu- 
gura oladilar. Ular sakrash, konkida yugurish, chang'ida uchish, 
suzish singari harakatlarni ham bemalol bajarishlari mumkin. 
Musiqa bo'yicha mashg'ulotlarda esa xilma-xil ritmik va plas- 
tik harakatlarni bajaradilar, turli mashqlarni aniq, tez, yengil va 
chaqqon bajara oladilar.
274


6—7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ularni 
surunkali kasalliklardan xalos etish, ko‘rish va eshitish qobili- 
yatiga alohida e’tibor berish, shuningdek, umurtqa pog‘onasining 
to‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish, nihoyatda muhim. Katta­
lar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar, bu yosh­
dagi bolalar organizmi hali o‘sishi davom etayotganligini doi­
mo hisobga olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga 
o‘rgatish hali barmoq muskullari toliq rivojlanmaganligi sabab- 
li ularga ma’lum darajada zarar keltirishi, bolaning chiroyli yoza 
olmasligi esa, o‘z-o‘zidan bolani o‘ziga nisbatan ishonchini yoki 
o‘qishga nisbatan qiziqishining kamayishiga olib kelishi mumkin.
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi nafaqat uning aqliy 
va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy, ijtimoiy-psixologik tayyor- 
garligiga ham bogliq.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘rtog‘ining salbiy xu­
susiyatlarini ko‘pchilik va begonalar o‘rtasida bemalol ayta olish 
xususiyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa axloqi va odobi jihatidan tan- 
qidga uchrayotgan bolani o‘rtoqlari jamoasiga qo‘shilishdan bosh 
tortishiga yoki umuman maktabga kelishni istamasligiga sabab 
bo‘lishi mumkin. Shu sabab bolani o‘rtoqlari va ustozlari tomo­
nidan tanqidga uchramaydigan darajada axloq-odob qoidalariga 
o‘rgatish ahamiyati jihatidan kam bo‘lmagan axloqiy tayyorgar­
lik hisoblanadi. Bolani maktabga irodaviy tayyorgarligi uni yan­
gi kun tartibiga amal qilishida, dars jarayonida qunt bilan bilim­
larni o‘zlashtirishida, uy vazifalarini bajarishida o‘z yordamini 
ko‘rsatadi. Maktabga o‘qish uchun kelayotgan bola yangi ijti­
moiy mavqeyini — turli majburiyatlari va huquqlari bolgan va 
unga turli talablar qo‘yiladigan — o‘quvchi mavqeyini olish uchun 
tayyor bolm ogl lozim. Ushbu xohish va harakat bolaning mak­
tabda muvaffaqiyatli o‘qishi uchun tabiiy ravishda asos bola ola­
di. Bolaning endi o‘zini katta bolganini, bog‘cha bolasi emas
balki ma’lum bir majburiyatlari bor o‘quvchi bolishini anglashi, 
jiddiy faoliyat bilan shug‘ullanayotganligini bilishi nihoyatda mu­
him. Bolaning maktabga borishini istamasligi ham salbiy holat
275


hisoblanadi. Maktabga shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgar­
lik bolalarda tengdoshlari, o‘qituvchilari bilan munosabatga kiri- 
sha olish xususiyatini shakllantirishni ham o‘z ichiga oladi. Har 
bir bola bolalar jamoasiga qo‘shila olishi, ular bilan hamkorlik- 
da harakat qila olishi, ba’zi vaziyatlarda ularga yon bosib, bosh­
qa vaziyatlarda yon bosmaslikka erisha olishi zarur. Ushbu xu­
susiyatlar bolaning maktabdagi yangi sharoitlarga tez moslasha 
olishini ta’minlab beradi. 6—7 yoshli bolalar o‘qishidagi asosiy 
qiyinchilik shundaki, ko‘pincha bu yoshdagi bolalar o‘qituvchi- 
ni uzoq vaqt davomida tinglay olmaydilar, o‘quv harakatlariga 
uzoq vaqt o‘z diqqatlarini qarata olmaydilar. Bunga sabab, faqat, 
shu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanmaganligida 
emas, balki bolaning kattalar bilan muloqotga kirisha olish xu- 
susiyatiga ham bogliq. Chunki, shu xususiyati rivojlangan bola­
lar erkin muloqotga kirisha oladilar, qiziqtirgan narsalar haqida 
so‘ray oladilar. Natijada ularning o‘qishga bolgan qiziqishlari or- 
tadi va o‘qituvchi gapirayotgan narsalarni diqqat bilan uzoq vaqt 
eshita oladilar. Demak, bolaning maktabga tez moslashishi va 
muvaffaqiyatli o‘qishida shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgar- 
ligining ham ahamiyati juda katta.
Bu davrda bolalarda avvalo bilish sohalari, so‘ngra esa emot­
sional motivatsion yo‘nalish bo'yicha ichki shaxsiy hayot boshlana- 
di. U yoki bu yo‘nalishdagi rivojlanish obrazlilikdan ramzlikkacha 
bolgan bosqichlarni olaydi. Obrazlilik deyilganda bolalarning 
turli obrazlarni yaratishi, ularni o‘zgartirishi va erkin harakat- 
ga keltirishi, ramzlilik deyilganda esa belgilar tizimi (matematik, 
lingvistik, mantiqiy va boshqalar) bilan ishlash malakasi tushuni- 
ladi. Maktabgacha yosh davrda ijodkorlik jarayoni boshlanadi. 
Ijodkorlik layoqati, asosan, bolalarning konstruktorlik o‘yinlari- 
da, texnik va badiiy ijodlarida namoyon boladi. Bu davrda max­
sus layoqatlar kurtaklarining birlamchi rivojlanishi ko‘zga tash- 
lana boshlaydi. Maktabgacha davrda tasavvur, tafakkur va nutq 
umumlashadi. Bu esa bu yoshdagi bolalarda tafakkur qilish omi- 
li sifatida ichki nutq yuzaga kelayotganligidan dalolat beradi. Bi-
276


lish jarayonlarining sintezi bolaning o‘z ona tilini toliq egallashi 
asosida yotadi. Bu davrda nutqning shakllanish jarayoni yakunla- 
na boshlaydi. Nutq asosidagi tarbiya jarayonida bolada sodda ax­
loq me’yorlari va qoidalar egallaniladi. Bu me’yor va qoidalar bo­
la axloqini boshqaradi.
Kichik maktab davri 6—7 yoshdan 9—10 yoshgacha davom eta­
di. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. 
Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan bi­
ri, unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‘z 
mohiyatiga ko‘ra faqat muayyan bilim, ko‘nikma va malakalar- 
ni egallashga qaratilmay, balki o‘quvchilik istagini aks ettirish- 
dan ham iboratdir. Shu ehtiyojlar asosida bolaning o‘z portfeliga, 
shaxsiy o‘quv qurollariga, dars tayyorlash stoliga, kitob qo‘yish 
javoniga ega bolish, kattalardek har kuni maktabga borish istagi 
yotadi. Ana shu ehtiyoj bola shaxsining shakllanishida, shuning­
dek, uning ijtimoiylashuvida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Bu davrda bola, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va 
psixologik jihatdan tayyor boladi. Fiziologlarning fikriga ko‘ra,
7 yoshga kelib bolaning katta miya yarim sharlari ma’lum dara­
jada rivojlangan boladi. Lekin bu yoshda inson miyasining psi­
xik faoliyatni rejalashtirish, boshqarish, nazorat qilish kabi mu­
rakkab shakllariga javob beradigan maxsus bolim lari hali toliq 
shakllanib bolmagan boladi (miyaning bu qismlari 
12
yosh­
da rivojlanib boladi). Miyaning boshqaruv funksiyalarini toliq 
shakllanib bolmaganligi kichik maktab yoshidagi bolalarning 
xulq-atvorida, faoliyatlarini tashkil etishlarida va emotsional so- 
halarida yaqqol namoyon boladi.
Ayrim 
6
yoshli bolalar ota-onasining xohishi bilan hali o‘qish- 
ga tayyor bolmay turib, maktab ostonasiga qadam qo'yishadi. 
Afsuski, o‘qish davomida aqliy-ruhiy zo‘riqish oqibatida turli xil 
kasalliklarga chalinib, jismoniy va psixik rivojlanishda nuqson- 
lar paydo boladi. Bunday bolalarda eng avvalo miya struktura- 
sining va nerv psixik jarayonlarining maktabda o‘qish uchun 
toliq yetishmaganligi, ko‘ruv harakat koordinatsiyasi va kichik
277


motorikaning rivojlanmaganligi, mantiqiy fikr mahsuldorligining 
pastligi kuzatiladi. Undan tashqari motivatsiya, irodaviy jihat- 
larining ayniqsa, ixtiyoriy diqqat va xotiraning shakllanmagan- 
ligi, xatti-harakatlarni ixtiyoriy boshqaruvdagi muammolar, bir 
so‘z bilan aytganda hali «
0
‘quvchi ichki pozitsiya»sining shakl- 
lanmaganligi maktabda o‘qishga tayyor bo‘lmagan bolalarning 
muvaffaqiyatli o‘zlashtirib ketishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Pedagoglar, ota-onalar, bolalarni erta maktabga berishning foy- 
da yoki zarari to‘g‘risida o‘ylaganlarida inson miyasi rivojlanishi­
ning neyrofiziologik qonuniyatlarini ham alohida e’tiborga olish- 
lari lozim. Bolani erta o‘qish, yozish, sanashga o‘rgatib uning 
bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa, bolaning emotsional hissiy rivojla­
nishi uchun zarur bo‘lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab 
boladi. Bundan bolalarning emotsional hissiy jarayonlarining ke- 
chishida yoki jismoniy rivojlanishida kamchiliklar sodir b o la­
di. Bunday holatda energiya taqsimlanishining majburan buzi­
lishi sodir bolib, u 7—8 yoshli bolalarni qo‘rquv, agressivlik yoki 
giperaktivlik holatlariga olib keladi. Bu bolani maktabda o‘qish- 
ga tayyorlash kerak emas, degan fikr emas, lekin bolaning aqliy 
rivojlanishiga erta o‘qishni, sanashni, yozishni o‘rgatish bilangina 
erishib bolmaydi. Ma’lumki, rivojlanish qonuniyatiga kola, har 
qanday taraqqiyot ko'rgazmali obrazlilikdan abstrakt mantiqiy- 
likka qarab boradi. Agar bola hali o‘qishga aqliy, ma’naviy-ruhiy 
jihatdan tayyor bolmay turib, unga harf va raqamlarni yozish, 
o‘qish olgatilsa psixik rivojlanishning teskari tomonga ketishiga 
sabab boladi. Psixolog olimlarning fikricha, psixik va evolutsi- 
ya taraqqiyot qonunlari ham fizik qonunlardek buzilmas, hamda 
universaldir. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkin- 
ki, neyrofiziologik jihatdan ixtiyoriy diqqat va o‘qish uchun zarur 
bolgan ko‘plab miyada kechadigan jarayonlar asosan 7—8 yoshda 
(aqliy yoshi o‘zib ketgan bolalarda olti yoshda ham) shakllanadi. 
Ya’ni shu yoshda bola 45 minutlik aqliy mehnatga tayyor boladi.
Maktabda o‘qishning boshlanishi 7 yoshda boladigan 
to'rtinchi fiziologik krizis bilan mos keladi (bola organizmida
278


jadal bo‘yning o‘sishi, ichki organlarning kattalashuvi, vegeta- 
tiv o‘zgarishlar bilan bog‘liq bolgan keskin endokrin o‘zgarish- 
lar ro‘y beradi).
6—7 yoshli maktabga tayyor bolada «Men shuni xohlayman» 
motividan «Men shuni bajarishim kerak» motivi ustunlik qi­
la boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchi- 
da psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salo- 
matligida, balki xatti-harakatida ham, masalan, ma’lum darajada 
qo‘rquvning kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namo­
yon boladi.
Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardi- 
nal o‘zgarishlar uning organizmidagi barcha tizimlar va funksi- 
yalaridagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelib boladan kuchli zo‘riqish va 
o‘z ichki imkoniyatlaridan to liq foydalanish zaruriyatini taqozo 
etadi. Maktabga tayyor bolgan boladagi ushbu o‘zgarishlar salbiy 
oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning yangi sharoitlarga muvaf­
faqiyatli moslashuviga yordam beradi. 
0
‘qituvchining munosabat 
uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar tez chalg‘iydilar, uzoq vaqt 
diqqatlarini bir narsaga qarata olmaydilar, ta’sirchan hamda emot­
sional boladilar. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi faolligining 
asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bolib, bular: jismoniy, psixik va 
ijtimoiy faollikdir. Jismoniy faollik — soglom organizmning ha­
rakat qilishga bolgan turli mavjud to‘siqlarni yengishdagi tabiiy 
ehtiyojidir. Bu yoshdagi bolalar nihoyatda serharakat boladilar. 
Bu jismoniy harakat bolaning atrofdagi narsalarga qiziqish bi­
lan qarayotganligi, ularni o‘rganishga intilayotgani bilan ham 
bogliqdir. Bolaning jismoniy va psixik faolligi o‘zaro bogliqdir. 
Chunki, psixik soglom bola harakatchan boladi, charchagan, si- 
qilgan bola esa deyarli hech narsa bilan qiziqmaydi. Psixik faollik
— bu normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmet­
larni, insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir. Psi­
xik faollik deganda, bolani o‘zini bilishga nisbatan ehtiyoji ham 
tushuniladi. Maktabga birinchi bor kelgan bolada qator qiyinchi-
279


liklar yuzaga keladi. Ularning, avvalo, bir qancha maktab qoi- 
dalariga bo‘ysunishi qiyin kechadi. Boshlang'ich sinf o‘quvchisi 
uchun eng qiyin qoida bu dars vaqtida jim o‘tirishdir. O'qituvchi- 
lar o‘quvchilarning doimo jim o‘tirishlariga harakat qilishadi, le­
kin kam harakatli, passiv, quvvati kam bo‘lgan o‘quvchigina dars 
jarayonida uzoq vaqt jim o‘tira oladi.
Birinchi sinfning birinchi kunlaridan boshlab bola yengishi 
kerak bo‘lgan bir qancha qiyinchiliklarga uchraydi. Bu qiyinchi- 
liklar: maktab hayotini o'zlashtirish, yangi kun tartibini yara- 
tish va unga moslashish, u uchun yangi bolgan sinf jamoasiga 
qo'shilish, xatti-harakatlarini chegaralovchi qoidalarni qabul qi­
lish, o‘qituvchi bilan munosabatlarni o‘rnatish, oilaviy munosa- 
batlarni qabul qilish va h.k. Bunday vaziyatlarda kattalar, ya’ni 
ustoz va ota-onalar bolalarga albatta yordam berishlari zarur.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin