Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Котирло В.К. Развитие волевого поведения у дошкольников. К иев,1971



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   240
Ривожланиш психологияси

1 Котирло В.К. Развитие волевого поведения у дошкольников. К иев,1971,
С .179-182.
284


ayniqsa tez o‘sadi. 7—10 yoshli bolalarda ranglarning tuslarini sezish 
45% ortishi, 10—12 yoshgacha bolalarda esa 65% gacha ortishi rus 
olimlari tomonidan aniqlangan. Kichik maktab o‘quvchilarini rasm 
chizishga o‘rgatish ranglarni farqlash sezgirligining o‘sishiga katta 
ta’sir ko‘rsatadi. Ohanglarni farq qilish sezgirligi, ayniqsa bolalarga 
musiqa va ashula o‘rgatish jarayonida kuchli sur’atda o‘sadi. Sezgi- 
larning o‘sishida, shuningdek, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining 
ham ahamiyati katta. Aniq harakat qilishga jalb etuvchi mashqlar 
bolalarning muskul-harakat sezgilarini o‘stiradi.
Kichik maktab davriga kelib idrokning hamma turlari asosan 
ta’lim-tarbiya tufayli mazmun, aniqlik, ravshanlik jihatdan ko‘p 
darajada takomillashadi. Mazkur yoshdagi bolalar o‘z idroklari- 
ning aniqligi, ravonligi, o‘tkirligi bilan boshqa yosh davrdagi in- 
sonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o‘ta 
sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyat­
larini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va 
kattaligini, ularni makonda joylashishini bilish bilan, birga ular­
ni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bola 
sensor rivojlanganlik darajasining yuqori bolishi juda muhim hi­
soblanadi. Maktab yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bolalar 
rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushu- 
nadilar. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks et- 
ganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar. 
Bola rasmlarda atrof-hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvir- 
langanligini anglay biladi. Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy 
didni rivojlantiradi. Chunki, bola shu rasmlar orqali olam go‘zal- 
ligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi 
va o‘z munosabatini bildira oladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida bola­
larda ixtiyoriy idrok va kuzata olish qobiliyati o‘sadi. Kuzata bilish 
muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur shartlardan biridir. 
0
‘quvchi- 
larda kuzata bilish qobiliyati ularning tafakkuri, irodasi, qiziqish, 
havaslari bilan birgalikda o‘sib boradi. Bu yoshdagi o‘quvchi- 
lar o‘z idroklarini mustaqil idora eta oladilar. Boshlang‘ich
285


sinf o‘quvchilari katta yoshdagi odamlardan deyarli qolishmas- 
dan to‘g‘ri chiziqni ko‘z bilan chamalab teng ikki bolakka bola 
oladilar, narsa va chiziqlarni katta-kichikligiga qarab taqqoslay 
oladilar, narsalarning fazoda turgan o‘rnini, ularning qaysi biri 
yaqinroq yoki uzoqroq, qaysi biri balandroq yoki pastroq joylash- 
ganini ko‘z bilan chamalab, shu masofani bosib o‘tish uchun ta­
lab qilinadigan vaqtni ham taxminan hisoblay oladilar.
Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq 
muddatli va shartli barqaror boladi. Boshlanglch sinf o‘quvchi- 
larida diqqatni irodaviy zo‘r berish bilan boshqarish va vaziyatga 
moslash imkoniyati yaxshi bolmaydi. Buning asosiy sababi, ularda 
ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Bolalarda ixtiyor- 
siz diqqat ko‘proq rivojlangan boladi. Boshlanglch sinf o‘quv ma- 
teriallarining yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi, o‘quvchida beix- 
tiyor his-tuyg‘ularni uyg‘otadi va kuchli irodaviy zoliqishsiz fan 
asoslarini egallash imkonini beradi. 
1

2
-sinf o‘quvchilari diqqa- 
tining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — uning yetarlicha barqaror 
emasligidir. Shuning uchun ham ular o‘z diqqatlarini uzoq mud- 
dat muayyan narsalarga qarata olmaydilar va diqqat obyektlari us- 
tida uzoq tura olmaydilar. Ta’lim jarayoni kichik maktab yoshi­
dagi o‘quvchilarning ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, faol 
ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. Bilim 
olish jarayonida mustaqil aqliy mehnat qilish, misol-masalalar ye- 
chish, mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zo‘r berish jarayoni­
da ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi.
0
‘quv faoliyati boladan berilgan o‘quv materiallarini esda 
saqlab qolishni talab etadi, o‘qituvchi o‘quvchisiga nimalarni es­
lab qolishi zarurligi haqida ko‘rsatmalar beradi. 
0
‘quvchi nimani 
eslab qolishi kerakligini takrorlaydi, uni tushunib olishga harakat 
qiladi. Lekin bu yoshda ixtiyorsiz xotira, shubhasiz, ustunlik 
qiladi. Bolaning xotirasida saqlab qolishini asosan uning ishga 
bolgan qiziqishi belgilab beradi. 
0
‘quv materialini tushunish, es­
lab qolishning asosiy sharti hisoblanadi Birinchi signal sistema- 
si ikkinchi signal sistemasidan birmuncha ustunligi tufayli kichik
286


maktab yoshidagi o‘quvchilarda mantiqiy xotiradan ko‘ra ko‘rgaz- 
mali harakatli xotira ustunlik qiladi. Shuning uchun ham ular 
nazariy qonun va qoidalardan, mavhum tushunchalardan ko‘ra 
yaqqol ma’lumotlar, axborotlar, voqea va hodisalarni, obrazlar 
va narsalarni tezroq hamda mustahkamroq eslab qoladilar va 
uzoq muddat esda saqlaydilar. Kichik maktab yoshidagi bolalar 
ta’lim olish munosabati bilan mantiqiy, ya’ni ma’nosiga tushunib 
esda qoldirish qobiliyati o‘sib boradi. Esda qoladigan material- 
ning hajmi kengayib boradi, materialning mazmunini tushunish 
ham chuqurlashadi va murakkablashadi. Ba’zan boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari, hatto mazmuni tushunarli bolgan materialni ham 
ma’nosiga e’tibor bermasdan, mexanik ravishda o‘rganib oladilar.
Respublikamizning psixolog olimi E.G‘.G‘oziyevning fikriga 
kola, buning sabablari quyidagilar1: 
1
) ularning mexanik xotira­
si boshqa xotira turlariga qaraganda yaxshiroq rivojlangani uchun 
ham ma’lumotlarni aynan, o‘zgarishsiz eslab qolish imkonini be­
radi; 
2
) o‘quvchilar o‘qituvchi qo‘ygan vazifani anglab yetmaydilar, 
natijada uning «to‘g‘ri tushuntirib ber» degan talabini so‘zma-so‘z 
takrorlash deb biladilar; 3) ularning nutq boyligini yetishmasli- 
gi (ilmiy atamalar, til qonuniyatlarini bilmasligi) materialni ijodiy 
toldirish, unga qo‘shimcha qilish imkoniyati yo‘qligi uni so‘zma- 
so‘z qaytarishni osonlashtiradi; 4) o‘quvchilar matnni to‘g‘ri usul- 
lar bilan eslab qolishni bilmaydilar. Bunday holat shu yoshda­
gi bolalarda albatta bolishi kerak emas. Mexanik esda qoldirish 
ko‘pincha o‘qituvchilar o‘quvchilarida mantiqiy xotirani o‘stirish- 
ga yetarli e’tibor bermagan hollarda bolishi mumkin. Ta’lim ja­
rayonida o‘quv materialining ma’nosini, mohiyatini, turli mulo- 
hazalarni, dalillarni, ilmiy asoslarini eslab qolish va esga tushirish 
orqali o‘quvchilarda mantiqiy xotira takomillashadi. Birinchi sinf- 
dan boshlab ixtiyoriy esga tushirish qobiliyati tez rivojlana bosh­
laydi. О‘qish jarayoni uchun ixtiyoriy esda qoldirish ham, ixtiyoriy 
esga tushirish ham barobar talab etiladi. Busiz o‘qish jarayoni-

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin