Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


G ‘oziyev E .G ‘. Ontogenez psixologiyasi. —Т.: Noshir.2011



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   240
Ривожланиш психологияси

1 G ‘oziyev E .G ‘. Ontogenez psixologiyasi. —Т.: Noshir.2011.
287


ning normal bolishi mumkin emas. 
0
‘quvchilardan faqat o‘rga- 
nib, bilib olishgina emas, balki o'rganib bilib olganini xotirlay 
olish ham talab etiladi. 
0
‘quv materialini muayyan sistema bilan 
xotirlash faqat ixtiyoriy esga tushirish yo‘li bilan bolishi mumkin.
0
‘quvchilar tushuncha va qoidalarni ta’riflab berolmay qol- 
ganlarida yoki ta’riflash mumkin bolmagan paytlarda tasvirlab, 
taqqoslab, xarakterlab, misollar bilan ko‘rsatib beradilar. Dars 
jarayonida o‘qituvchi turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so‘ray- 
di. Bu holat, albatta, biron-bir yordamchi qurollar-predmetlar, 
maketlar, sxemalar bolgan taqdirdagina o‘quvchi tasavvurini 
rivojlantirishi mumkin. Aks holda bu yoshdagi bolalar mustaqil 
tasavvur, harakatlar qilishga qiynaladilar. Kichik maktab davri­
da tasavvur asosan bolalar rasm chizayotganlarida, shuningdek, 
ertak va hikoyalar to‘qiyotganlarida rivojlanadi. Kichik mak­
tab yoshidagi o‘quvchilar o‘z xayollari va tasavvurlariga asoslan- 
gan holda qiziqarli ertak va hikoyalarni o‘zlari mustaqil ravish­
da to‘qiy oladilar. Kichik maktab yoshidagi bolalar tasawuri juda 
keng va xilma-xil boladi. Ayrim o‘quvchilar real borliqni tasav­
vur etsalar, boshqalari esa fantastik obraz va vaziyatlarni tasav­
vur etadilar. Shu bois kichik maktab yoshidagi bolalarni realist- 
lar va fantazyorlarga ajratish mumkin. Bolalar ko‘pincha o‘zlariga 
m a ’lum siymolar,
sujetlardan foydalangan holda yangi obrazlarni 
tasavvur etadilar, yaratadilar. Juda ko‘p multfilmlar ana shun­
day bolalarning tasavvurlari asosida yaratilgan. Turli tasavvurlar 
zamirida ularning qo‘rquvni yengishi, do'st topishi, xursandchi- 
lik hislari yotadi. Bundan tashqari, tasavvur terapevtik natija- 
ga olib keluvchi faoliyat sifatida ham namoyon bolishi mumkin. 
Bola real hayotda qiyinchiliklarga duch kelib, ulardan chiqib ke- 
ta olmagan holatda ham ko‘pincha xayolga beriladi. Masalan, 
mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bola o‘zining hamma ha­
vas qiladigan oilasi, uyi bolishini, bu uyga o‘g‘rilar kelib qolsa, 
u qahramonlik qilishini tasavvur qiladi. 
0
‘z tasavvurida yaxshi 
yoki yomon holatlarni boshidan kechirgan bola o‘zining kelgu­
si xatti-harakatlari motivatsiyasi uchun zamin tayyorlaydi. Katta-
288


larga nisbatan bolgan tasavvurning bolalar hayotidagi ahamiyati 
juda katta. Bola tasavvur qilib atrof-hayotni chuqurroq bila bosh- 
laydi, o‘z-o‘zining shaxsiy tajribasidan tasavvur yordamida chetga 
chiqa oladi, ijodiy layoqati rivojlanadi, shaxsiy xususiyatlarining 
rivojlanishiga xizmat qiladi. Maktabning birinchi sinfiga kelgan 
bolada xayol yetarli darajada rivoj topgan bo‘ladi va u xilma-xil 
tasavvurlarning kattagina zaxirasiga ega bo‘ladi. 
0
‘qish jarayoni­
da u faqat idrok va xotira tasavvurlariga tayanib qolmasdan, balki 
shu bilan birga, xayolida yaratilgan tasavvurlarga ham tayanib, 
o‘rgatilayotgan materialni yaqqol tarzda o‘zlashtira boradi.
Bolaning xayoli tevarak-atrof taassurotlari, tasviriy san’at asar­
larini yetarli darajada aks ettirishda vujudga keladi. Siymolar, 
shartli belgilar, tabiat manzaralari jamlanib, o‘quvchilarda xayol 
paydo bo'ladi. Boshlang‘ich sinf o'quvchilari o‘ynaydigan o‘yin- 
larda ham ularning xayolini o‘sishi davom etaveradi. 
0
‘quvchilar 
o‘z o‘yinlarida turli narsalarni yasaydilar, turli yerlarga sayohat 
qiladilar. Bunday o‘yinlardan o‘quvchi mazmundor taassurotlar 
oladi va unda turli tasavvurlar hosil bo‘ladi, uning ijodiy, qu- 
rish-yasash va badiiy qobiliyatlari o‘sadi. Kichik maktab yoshi­
dagi o‘quvchining xayoli o‘zining kengligi va mazmundorligi ji- 
hatidangina o‘zgarib qolmasdan, balki yo‘nalishi jihatidan ham 
o‘zgaradi. Kichik maktab davridagi o‘quvchining ixtiyorsiz xa­
yoli ham, ixtiyoriy xayoli ham maktabgacha yoshdagi bolalarning 
xayolidan o‘zining barqarorligi bilan farq qiladi.
Maktabga kelish arafasida bolaning so‘z boyligi o‘z fikrini 
bayon eta oladigan darajada ortadi. 
6
yoshdagi normal rivojla- 
nayotgan bola o‘z nutqida 3000—7000 so'zni ishlatadi. Bolalar 
nutqining o‘sishida ularning maktabdagi o‘qish faoliyati ayniq­
sa, katta rol o‘ynaydi. Bola maktabga kelmasidan oldin o‘zi qan­
day gapirayotgani ustida o‘ylab o‘tirmasdan, o‘z nutqidan faqat 
aloqa va bilish vositasi tariqasida foydalanadi. Maktabda esa bola 
gaplashayotgan til o‘qitiladigan va o‘rganiladigan fan bolib qola- 
di. Maktabda o‘qiyotgan: bola o‘z ona tilining grammatikasi bilan 
shug‘ullanishi natijasida, o‘z nutqini grammatika qoidalariga mu-
289


vofiq ongli ravishda tuzishni o'rganadi. Grammatikani o‘rganish 
jarayonida bola nutqining fonetika jihati aniqlanadi, nutqning 
morfologik jihati to‘g‘ri bo‘lib boradi, sintaksis tuzilishi esa ancha 
takomillashadi. Nutqning ayrim jihatlariga xos bo'lgan bu sifatlar 
faqat grammatikani o‘qib o‘rganish natijasidagina o‘sib qolmas- 
dan, balki, shu bilan birga, maktabda o‘qitilayotgan boshqa fan- 
larning ta’siri ostida ham o‘sadi. Maktabda o‘qitilayotgan ham- 
ma fanlarni o‘rganish va shu fanlar bilan shug‘ullanish jarayonida 
o‘quvchi nutqining lug‘at zaxirasi boyiydi, so‘zlarning mazmu- 
ni chuqurlashadi va kengayadi, har qaysi so‘zning, har qaysi ata- 
maning ma’nosi aniqlanadi. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar 
nutqi asosan ot, sifat, son, fe’l va bog‘lovchilardan iborat b o la­
di. Bu yoshdagi bolalar o'z nutqlarida qaysi so‘zlarni ishlatgani 
afzal-u, qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar. 
6—7 yoshli bola jumlalarini murakkab grammatik tizimda tuza 
oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallab 
borib, uni o'zlashtirishi ma’lum bir faoliyatga aylana boradi. 7—9 
yoshli bolalar nutqining o'ziga xos xususiyatlaridan biri shunda- 
ki, ular o'z fikrlarini bayon etish uchungina emas, balki o'z suh- 
batdoshining diqqatini o‘ziga jalb qilish uchun ham gapiradilar.
Bu davrda bolaning yozma nutqi ham shakllana boshlaydi. 
Yozma nutq jumlalarni to‘g‘ri tuzish va so'zlarni to‘g‘ri yozishga 
ma’lum talablar qo‘yilganligi bilan xarakterlanadi. Bola so'zlarni 
qanday eshitgan boisa, shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni 
to'g'ri talaffuz etishga va yozishga o'rganishi zarur. Yozma nutqni 
egallash asosida bolalarda turli matnlar haqida ma’lumotlar yuza­
ga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlaganli- 
gi bois, bolada o'zi yozgan fikrlarni, so'z va harflarni nazorat etish 
malakasi hali rivojlanmagan bo'ladi. Lekin unga ijod qilish im- 
koniyati beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish kichik maktab yoshi­
dagi o'quvchilarda berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini 
aniqlash, fikrini bayon etish uchun ma’lumot to'plash, muhim ji- 
hatlarini ajratib olish, reja tuzish, uni ma’lum ketma-ketlikda ba­
yon etish, malakasini yuzaga keltiradi. Jumlalarni to'g'ri tuzish,
290


aynan shu mazmunga mos so‘zlarni topish va ularni to‘g‘ri yozish, 
tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yish, o‘z xatolarini topa olish va to‘g‘ri- 
lash aqliy rivojlanishning ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.
6—11
yoshli o‘quvchilarning bilish jarayonlaridagi ixtiyoriy- 
lik irodaviy zo‘riqish asosidagina, shuningdek, bola o‘zini atrof- 
dagilarning talabini bajarishga yoki shaxsiy harakat qilishga intil- 
gandagina yuzaga kelishi mumkin.
Kichik maktab yoshidagi bola psixikasining sog‘lomligida, 
uning bilish faolligida tafakkurning ham rivojlanishini ko‘rish 
mumkin. Bolaning qiziquvchanligi, asosan, atrof-olamni bilish, 
o'rganishga qaratilgan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi o‘ynab 
turib, olam sir-sinoatlari, sabab-hodisalari va bog‘liqlaridan xa- 
bardor bo‘lishga intiladi. Masalan, u o‘zi mustaqil ravishda qan­
day predmetlar suvda cho‘kishi, qaysilari esa suzishini tadqiq qi­
la oladi. Bola aqliy munosabatlarda faol bolsa, u shunchalik ko‘p 
savol beradi va bu savollar, asosan, xilma-xil bo‘ladi. Bolani qor, 
yomg‘ir qanday yog‘ishi, quyosh kechasi qayerda bolishi, mashina 
qanday qilib yurishi, yerdan osmongacha bolgan masofani bilish 
juda qiziqtiradi. Bu ularning «Nima uchun?», «Qanday qilib?», 
«Nima orqali?» kabi savollariga javob olishga qaratilgan boladi. 
Bu yoshdagi bolalar asosan o‘zlari ko‘rib turgan narsalar haqi­
da chuqurroq fikr yurita oladilar. Bu yoshdagi bolalar tafakkuri­
ning asosiy turi obrazli tafakkurdir. Bolalarga beriladigan va aso­
san maktabda amalga oshiriladigan ta’lim bolalar tafakkurining 
o'sishi uchun g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Masalan, psixolog 
olim Piaje tadqiqotlarida 6—7 yoshli bolalardan bir-biri bilan teng 
bolgan idishlardagi suv miqdori solalgan. Bolalar «Idishlardagi 
suv miqdori teng», — deb javob berishgan. Aynan shu miqdordagi 
suv bolalar ko‘z o‘ngida turli xil balandlikdagi idishlarga quyilib, 
so'ngra qaysi idishdagi suv miqdori ko'pligini so‘ralganida bola­
lar ingichka, lekin baland idishdagi suvning miqdori ko‘pligini 
aytishgan. Bolalar aynan o‘sha suv miqdorini yana bir-biri bilan 
teng bolgan idishlarda ko‘rganlaridan so‘nggina o‘z javoblari no- 
to‘g‘riligini bilganlar. Aynan shunday tajriba bir xil kattalikdagi
291


plastilin shakllari o‘zgartirilganida hamda teng miqdordagi tug- 
machalar orasi ochiqroq qilib qo‘yilgan qatordagi tugmachalar bi­
lan solishtirilganida ham xuddi shunday javoblar bolgan.
Bu tajriba 6-7 yoshli bolalar asosan ko‘rganlari bo‘yicha fikr- 
lashlarini isbotlab beradi. Bolalarga beriladigan va asosan mak­
tabda amalga oshiriladigan ta’lim bolalar tafakkurining o‘sishi 
uchun g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Ta’lim va maktabda beri­
ladigan bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida, kuzatuvchanlik, xotira 
va xayol o‘sib borishi bilan kichik maktab yoshidagi bolalar tafak- 
kuriga material boladigan narsalar doirasi kengaya boradi, bola­
larda mantiqiy tafakkur va tanqidiy fikrlash o‘sib boradi. Ta’lim 
jarayonida bolaning tafakkuri katta o‘sish yolni — konkret tafak- 
kurdan abstrakt — nazariy tafakkurga o‘sish yolini bosib oladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning tafakkuri hali ham 
amaliy, konkret tafakkur boladi, lekin ta’lim jarayonida bola­
larning bunday konkret tafakkuri, maktabgacha tarbiya yoshi­
dagi bolalarning konkret tafakkuriga qaraganda, murakkabroq 
va mazmunliroq bolib qoladi, ulardagi fikrlash jarayonlarining 
hammasi takomillasha boradi. Maktabda o‘quvchi bola tobora 
murakkabroq narsalarni va o‘zi idrok qilayotgan narsalarni ham­
da hodisalarnigina emas, balki shu bilan birga, tasavvur qilayot­
gan narsalar va hodisalarni ham bir-biriga taqqoslashni, analiz va 
sintez qilishni olgan ib oladi.
Bolaning maktabdagi o‘qishi jarayonida unda abstraksiyalash 
qobiliyati o‘sa boshlaydi. Matematika darslarida amaliy konkret 
sanashdan abstrakt hisoblashga olilgan vaqtda, shuningdek, ona 
tili darslari davomida bu qobiliyat ayniqsa, sezilarli sur’atda o‘sa- 
di. Boshqa fanlarni o‘qish jarayonida bu qobiliyat yanada o‘sadi. 
Bola analiz qilish, abstraksiyalash va taqqoslashni, mashq qilish 
yoli bilan narsalarning muhim belgilari bilan ahamiyatsiz bel- 
gilarini bir-biridan farq qilishni, predmet, voqea-hodisalarning 
muhim belgilariga qarab turib xulosalar chiqarishni o‘rgana- 
di. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning tafakkuri mantiqiy 
fikrlash, mulohaza yuritish, hukm va xulosa chiqarish, taqqoslash
292


tahlil qilishning turli usullarini qo‘llashda o‘ziga xos xususiyat­
lari bilan maktabgacha yoshdagi bolalar va o‘smirlardan farq qila­
di. Ta’lim jarayonida tafakkur operatsiyalariga, mustaqil flkrlash- 
ga o‘rgatish kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarni barkamollikka 
erishtirishning garovidir. 
6—11
yoshli bola mantiqiy fikrlay oladi, 
lekin bu yosh asosan ko‘rganlariga tayanib, ta’lim olishga senzitiv 
bo‘lgan davr hisoblanadi.
Boshlang‘ich maktabning o‘zidayoq bolalar birinchi sinfdan 
boshlab ko‘p miqdorda xilma-xil tushunchalarni — grammatikaga, 
arifmetikaga, tabiatga doir, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy tushun­
chalarni o‘zlashtirib oladilar. 
0
‘quvchilar o‘zlashtirib oladigan 
tushunchalar doirasi, asosan, har qaysi sinf uchun turli fanlar yu- 
zasidan tuzilgan o‘quv dasturi bilan belgilanadi. Muayyan ilmiy 
mazmunga ega bolgan tushunchalar o‘quvchilarga mantiqiy ifoda- 
langan shaklda bayon qilib beriladi. 
0
‘quvchilar o'zlarining ham 
tushunchalarini mazmunini ta’riflab, ularning jins va turlariga doir 
belgilarini ko‘rsatib, aytib berishni o‘rganadilar. 
0
‘quvchilar tu­
shuncha va qoidalarni ta’riflab berolmay qolganlarida yoki ta’rif- 
lash mumkin bo‘lmagan paytlarda tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab, 
misollar bilan ko‘rsatib beradilar. N.S.Leytes mulohazalariga kola, 
inson yoshi ulg‘aygan sari aqliy rivojlanish darajasi birmuncha 
kolariladi, uquvchanlik xususiyati esa birmuncha pasayadi. Ki­
chik maktab yoshidagi bolalarning uquvchanligi, albatta, o‘smir va 
o‘spirinlarga nisbatan yuqori, lekin o‘smir va o‘spirinlarning aqliy 
rivojlanganligi boshlanglch sinf o‘quvchilariga nisbatan yuqoridir. 
Bu holat kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning yetakchi faoli­
yati — o‘qish bolishi bilan, lekin bilish jarayonlari hali hamma to­
monlama rivojlanib bolmaganligi bilan bogliq hisoblanadi.
Kichik maktab davridagi bolalarning aqliy rivojlanishi ijtimoiy 
omillar bilan belgilanadi. Individ ijtimoiy munosabatlar ta’sirida 
o‘zgaradi. Bolaning maktabda muntazam ravishda o‘qishga o l i ­
shi uning barcha bilish jarayonlarini rivojlanishiga va o‘z-o‘zidan 
atrof-hayotdagi narsa-hodisalarga nisbatan fikrini, munosabatla- 
rini o‘zgarishiga olib keladi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin