Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi


-mavzu:Yerning geografik qobig‘i



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə18/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76
BT GO`M 22

7-mavzu:Yerning geografik qobig‘i
REJA

  1. Litosfera.

  2. Gidrosfera

  3. Atmosfera



Litosfera. Litosfera – murakkab tuzilishga ega bo‘lgan asosan qattiq tog‘ jismlaridan tashkil topgan sfera . U o‘ z ichiga yer po‘stini va yuqori mantiyaning astenosferasigacha bo‘lgan qismini olib 200km chuqurlikkacha davom etadi.
Litosferani tashkil etgan jinslarning ximyaviy xossalari yaxshi o‘rganilgan emas. Faqat uning ustki qismini tashkil etuvchi yer po‘sti ozmi ko‘pmi tekshirilgan. A.P.Vinogradovning ma’lumotiga ko‘ra yer po‘stining ximiyaviy tarkibi quyidagicha : butun yer po‘stining 99.79 foiz kislorod (47.2 foiz), kremniy ( 27-60 foiz), Alyuminiy (8.60 foiz ) temir (5,1 foiz),Kalsiy (3.60 foiz ),Magniy (2.1 foiz ), Vadarod (0.15 foiz) kabilardan qolagan 0.21 foizi esa I.D.Mendeleevning davriy sistemasidagi boshqa barcha elementlarga to‘g‘ri keladi.
Litosfera geografik qobiqning bir qismi sifatida juda mhum ahamiyatga ega Chunki yer yuzida sodir bo‘ladigan barcha tabiiy geografik jarayonlar litosfera va uning rivojlanish evalyutsiyasi bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Bundan Tashqari kishilik jamiyatining butun Xayoti Litosfera yuzasida u bilan o‘zaro aloqada sodir bo‘ladi.
Litosfera uzoq vaqt davom etgan gealogik jarayonlar ta’sirida vujudga kelgan magmatik cho‘kindi va metamorfik jinslarning yig‘indisidan tashkil topgan. Litosferaning ustki qismini tashkil etuvchi yer po‘sti materik va okean tipli bo‘lib ular bir biridan farqlanadi. Materik tipli yer po‘sti uch qatlamli yotqiziqdan – cho‘kindi ,granitli – metamorfik va bazal’t kabi jinslardan tashkil topgan bo‘lib zichligi okean tipli yer po‘stidagi jinslarga nisbatan kamroq bo‘lib o‘rtacha 2.65 g/sm 3 dir. Shu sababli u okean tipli yer po‘sto ustidan ko‘tarilib (“ suzib”) turadi.Materik tipli yer po‘sti litosferadagi eng qadimiy vujudga kelgan jinslar bo‘lib yoshi 3, 0 mlrd . yil hisoblanadi.
Okean tipli yer po‘sti 2 qatlamli bo‘lib , asosan bazal’tli jinslardan tashkil topgan bo‘lib( o‘rtacha zichligi 2.85g‘sm3), uning ustini esa yupqa (qalinligi 0.6- 1.0 km ) cho‘kindi jinslar qoplab olgan.
Granitli qatlam esa umuman uchramaydi.
Okean tipli yer po‘stidagi cho‘kindi jinslar nisbatan yosh hisoblanib, 100-150 mln yilni tashkil etadi.
Shunday qilib litosferani tashkil etuvchi jinslar orasida eng ko‘p tarqalgani magmatic va metamorfik yo‘l bilan vujudga kelgan yotqiziqlar hisoblanib, butun yer po‘stidagi yotqiziqlarning 90 foizini tashkil etadi. Lekin geografik qobiq uchun ahamiyatlisi litosferaning eng ustki qismini qoplagan va uncha qalin bo‘lmagan (o‘rtacha qalinligi 2.2 km) cho‘kindi jinslardir. Chunki geografik qobiqdagi barcha dinamik jarayonlar o‘sha jinslarda sodir bo‘ladi hamda u bilan havo,suv va tirik organism uzviy kontaktda bo‘lib, turli xil geografik protsessorlarda aktiv ishtirok etadi.
Litosferadagi cho‘kindi jinslar orasida keng tarqalgamlari A.B. Ronov ma’lumoticha loy va loyli slanets (50 foiz), qum va qumtosh(23.6 foiz), Ohak, dolomite va boshqa korbonatli jinslar( 23.49 foiz) dir.
Litosferaning continental qismining tashqi qiyofasi (relefi) ni tashkil etuvchi tog‘lar, yassi tog‘lar, qirlar, tekisliklar, botiqlar,yaxshi o‘rganilgan. Lekin okean qismining relefi hali yaxshi o‘rganilgan emas. So‘nggi 15-20 yil ichida o‘tkazilgan tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha okeanlarda bir biri bilan tutashib ketgan suv osti tog‘ tizimlari bo‘lib, ular yaxlit tog‘ zanjirini hosil qilgan. Xususan Shimoliy Atlantika suv osti tog‘ining davomi Norveg dengizidagi va Shimoliy muz okeanidagi suv osti tog‘lariga tutashgan. Shimoliy Atlantika suv osti tog‘I janubda Afrikani aylanib o‘tib Hind okeanidagi Karlsberg to‘g‘iga undan Avstraliya va Antarktida oralig‘idagi to‘lar orqali janubiy tinch okean va sharqiy Tinch okean suv osti tog‘lar bilan tutashib ketadi. O‘sha suv osti tizimlarinig masalan O‘rta Atlantika tizmasining eng baland cho‘qqilari okean sathidan ko‘tarilib Islandiya ,Azor, Boskresiniya kabi orollarni vujudga keltirgan.
Okean ostidagi o‘sha tizmalarning markaziy qisimlarida chuqur yoriqlar , botiqlar joylashib ular rift vodiylari deb ataladi. Okeanlardagi eng chuqur joylar , vulqon hodisalari va seysmik jarayonlar ko‘proq o‘sha rift vodiylari bilan bog‘liqdir.
Litosferaning continental va suv osti relefi , uni tashkil etuvchi minerallar , jinslar yer sharinig uzoq davom etgan evolyutsiyasi tasirida o‘zining birlamchi holatini o‘zgartirgan va bu o‘zgarish hamon davom etmoqda. Litosferadagi bu o‘zgarishlar eng avvalo yerning geologik jarayonlari ta’sirida sodir bo‘lgan . Geologik jarayonlar esa yerning ichki ( endogen) va tashqi (egzogen) energiyasi tufayli sodir bo‘lgan .
Yerning ichki energiyasi natijasida litosferaning relef shakllari vujudga kelib vulqonlar otilib seysmik hodisalar ro‘y beradi. Aksincha tashqi energiya manbayi quyosh tasirida shamol , yog‘in, daryolar, tirik mavjudodlar vujudga kelib ular tasirida muzlar harakatklanadi, dengiz to‘lqinlari sodir bo‘ladi , yerning o‘sha tashqi energiyasi ta’sirida vujudga kelgan omillar esa litosfera yuzasining nurab , yuvib , oqizib, uchurib, eritib uni tekkislaydi, silliqlaydi. Bu 2 energiyaning o‘zaro tasirida litosferaning hozirgi relef shakllari vujudga kelgan.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin