Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi


Xordalilarning kelib chiqishi



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə40/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76
BT GO`M 22

Xordalilarning kelib chiqishi. Xordalilar orasida eng sodda tuzilgan lansetnik ayirish va qon aylanish sistemasining tuzilishi, bosh miyasi va yuragining bo'lmasligi, muskullarining bo'g'im bo'lib joylashganligi bilan halqali chuvalchanglarga o'xshab ketadi. Bu o"xshashlik ularning qarindosh ekanligini ko'rsatadi. Lansetnikka o'xshash tuban xordalilar eng qadimgi tuban tuzilgan halqali chuvalchanglardan kelib chiqqan. Xordalilar tarixiy taraqqiyot davomida halqali chuvalchanglarga nisbatan bir qancha progressiv belgilarga ega bo'lgan. Chunonchi, ularda ichki skelet paydo boigan; nerv sistemasi naysimon, muskullari, qon aylanish va nerv sistemasi ancha mukammal tuzilgan. Evolutsiya jarayonida tuban xordalilar xordasi umurtqa pog'onasiga aylangan; qon aylanish sistemasida yurak paydo bo'lgan. Ana shu yo'l bilan lansetnikka o'xshash tuban xordalilardan baliqlar kelib chiqqan.
Hasharotlar sinfi. Hasharotlar - tabiatda juda keng tarqalgan bo'g'imoyoqlilar. Tanasi bosh, ko'krak va qorin bo'limlaridan iborat. Oyoqlari 3 juft, boshida bir juft mo'ylovlari, ko'zlari va jag'lari bor. Ko'krak bo'limida qanotlari va oyoqlari joylashgan. Ayirish organi - malpigi naychalari, traxeya orqali nafas oladi .Yuragi naysimon, ko'p kamerali, 40 ga yaqin turkumlari bor. Vakili yashil bronza qo'ng'izi. Bu qo'ng'iz Yevropa va Osiyo qit'asining deyarli hamma joyida uchraydi
Yashash muhiti va gavda bo'limlari. Bahor va yoz oylarida dalalarda gullarning ustida yirik (uzunligi 1-2 sm) yashil qo'ng'izlarni ko'rish mumkin. Qo'ng'iz tanasining ustki tomoni yaltiroq-yashil, qorin tomoni esa qizg'ish tusda bo'ladi. Bronza qo'ng'izi Yevropa va Osiyo qit'asining deyarli hamma joyida uchraydi. Qo'ng'izni qo'lga olib ko'rilganda uning xitin qobig'i qalin va qattiq ekanligini sezish mumkin (rasm)
Bosh bo'limi.
Ko'krak bo'limi.
Hasharotlarning jinsiy sistemasi.
G'umbagi.
Hasharotlarning kelib chiqishi va ahamiyati. Hasharotlarning tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati. Tabiatda ko'pchilik hayvonlar va o'simliklarning hayoti hasharotlar bilan bog'liq. Hasharotlar qaldirg'ochlar, qizilishtonlar, chittaklar va boshqa qushlar, sutemizuvchilardan ko'rshapalaklar va tipratikanlar. deyarli ko'pchilik kaltakesaklar, suvda ham quruqlikda yashovchilar. bir qancha baliqlarning asosiy ozig'i hisoblanadi. Hatto hasharotlar orasida ham boshqa hasharotlar bilan oziqlanadigan yirtqichlari ko'p uchraydi. Bir qancha donxo'r qushlar ham o'z bolalarini hasharotlar bilan boqadi.
O'laksaxo'r va go'ngxo'r qo'ng'izlar. ko'pchilik pashshalarning qurtlari hayvonlarning murdasi va tezagi bilan oziqlanadi. O'simlik qoldiqlari bilan oziqlanadigan hasharotlar esa ularning chirishini tezlashtiradi. Hayvon va o'simlik qoldiqlari bilan oziqlanadigan hasharotlar yer yuzini ifloslanishdan saqlaganligi tufayli ular «tabiiy sanitarlar» deyiladi. Ko'pchilik gulli o'simliklar hasharotlar yordamida chang-langanida mo'l hosil beradi. Deyarli barcha burchoqdoshlar, ko'pchilik qoqidoshlar, gulxay-ridoshlar, ra'noguldoshlar. piyoz-guldoshlar, loladoshlar va poliz ekinlari hasharotlar yordamida changlanadi. Tukli arilar beda va sebarganing asosiy chang-latuvchisi hisoblanadi. Grechixa, kungaboqar va anjir yovvoyi arilar yordamida changlanadi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin