Qonuni o‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi to‘G‘risida


-modda. Milliy gvardiyaning ramzlari



Yüklə 413,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/44
tarix18.10.2022
ölçüsü413,98 Kb.
#65363
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
O

47-modda. Milliy gvardiyaning ramzlari 
Milliy gvardiya bayroqqa, emblemaga, vimpelga va boshqa ramzlarga 
ega bo‘lishi mumkin. 
Milliy gvardiyaning ramzlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan tasdiqlanadi. 
48-modda. Xalqaro hamkorlik 
Milliy gvardiya chet davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari 
va boshqa tashkilotlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamda 
harbiy-texnik hamkorlikni amalga oshiradi, belgilangan tartibda xalqaro 
shartnomalar tuzadi va o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi 
xalqaro shartnomalarining bajarilishini ta’minlaydi. 
49-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) 
javobgarligi 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) qonunga xilof 
harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim 
darajada bajarmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. 
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) qonunga xilof 
harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga 
yetkazilgan zararning o‘rni Milliy gvardiya tomonidan Milliy gvardiyaning 
budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanishi lozim bo‘lib, 
ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi. 
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi xizmat intizomini buzganligi 
uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy 
ustavlariga muvofiq, Milliy gvardiya xodimi — Intizom ustavida belgilangan 
tartibda javobgar bo‘ladi. 
50-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik 
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar 
bo‘ladi. 
51-modda. Milliy gvardiyaning faoliyatida qonunlarga rioya etilishi 

Yüklə 413,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin