Rangtasvir rang san'ati



Yüklə 68,44 Kb.
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü68,44 Kb.
#196654
1   2   3   4
RANGTASVIR referat

1.Rangtasvir tarixidan
Rantasvir juda qadimiy san'at. Uning asoslari qoyadagi tasvirlardan boshlanadi. Antik davr rassomlari rangtasvir asarlarida juda katta ta'sirchanlikka erisha olishgan, bu naturaga katta diqqat e'tibor qarashdan, shu bilan birga rangtasvir texnologoyasiga kiritilgan yangiliklar bilan bog`liq bo`lgan. O`rta asrlarda turli janrlardagi kartinalarning yaratilishi rangtasvir tarixini boyitdi. Keyingi yuz yilliklardagi turli oqim va yo`nalishlarda ijod qiluvchi rassomlarning ijodiy izlanishlari juda ko`plagan yangi rangtasvir oqimlarini (realizmdan abstraktsionizmgacha) vujudga keltirdi.
Kuyi paleolit davrida yashagan odamlarning ijodida ularning hayvonlar dunyosi, tabiat haqidagi tasavvurlari o`z aksini topgan. Bu tasvirlarda asosan ov manzaralari aks etgan. Qoyalarda faqat rangtasvir asarlarigina emas, balki grafik va bo`rtma qoya tasvirlari ham saqlanib qolgan. Ibtidoiy davrlardagi qoya rasmlari o`zining mukammalligi, hayvonlar anatomiyasi, harakatining, jun fakturasining aniq berilishi va obrazli ta'sirchanligi bilan bizni hozirgi davrgacha lol qoldirib kelmoqda. Tasvirlar ma'naviy madaniyatimizni avloddan-avlodga yetkazishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. 
Antik davrlarda rassom dunyoni qanday ko`rsa o`shanday tasvirlashga harakat qilgan.
Yorug`-soya printsiplari, perspektiva elementlari, hajmli-fazoviy rangtasvirning paydo bo`lishi shular bilan bog`liq bo`lgan. Yunon rassomlari inson tanasining tuzilishi, proportsiyasi, harakat plastikasini o`rganishgan. Rassomlar freskalardagi yunon vazalarida insonning xaqiqiy realistik tasvirlarini tasvirlashga erishishgan. Rangtasvir asarlarida borliqni tasvirlashning yangi imkoniyatlari paydo bo`ldi. Turar joylar, makbaralar, ibodatxonalar va boshqa inshoatlar rangtasvir asarlari bilan bezatilgan. U arxitektura va xaykaltaroshlik bilan badiiy, kompozitsiyani tashkil etgan.
O`rta asr rangtasviri diniy mazmunga ega bo`lgan roman davri va asosan gotika davrida san'at sobor uchun xizmat qilgan, shuning uchun ham rangtasvir asarlari bilan faqat soborlar bezatilgan. Undagi ranglarning 6.arangdorligi, asosan lokal ranglar ishlatilishi, konturlarining ta'sirchanligi bilan ajralib turadi. Kartina va freskalarning foni shartli, neytral yoki tillarang bo`lgan, Ranglarning simvolikasi katta rol o`ynagan.
Uyg`onish davri buyuk insonlari: Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelandjelo, Jorjone va Titsian, Tintorettolar o`z ijodlarida davrning yangi dunyo qarashini aks ettirdilar.
Niderlandiya, Frantsiya va Germaniya (XV-XVI asrlar) san'atining rivojlanishini Shimoliy Uyg`onish deb yuritiladi. Rangtasvirchilardan Yan Van Eyk, katta P.Breygellarning ijodi o`sha davr san'atining cho`qqisi hisoblangan. Germaniyada nemis Uyg`onishining buyuk rassomlaridan biri A.Dyurer hisoblangan.
Ma'naviy madaniyat va san'atdagi Uyg`onish davri Yevropa san'atining keyingi rivojlanishiga o`z ta'sirini ko`rsatdi. Unga qiziqish hozirgi davrda ham saqlanib qolgan.
XVII-XVIII asrlarda Yevropa rangtasvirining rivojlanish jarayoni murakkablashib ketadi, o`z an'analari va xususiyatlariga ega bo`lgan milliy maktablar vujudga keladi. Rangtasvirda psixologik muammolar chuqurlashib ketadi. Insonni o`rab turgan atrov-muhit, kundalik hayotga va real voqea - xodisalarga murojat qilish rangtasvirda ham janrlarning paydo bo`lishiga olib keldi. Bu janrlar manzara, natyurmort, portret, maishiy janr va xakozolar edi. San'atda turli stildagi yo`nalishlar yaratildi.
Barokko stili Yevropa san'atida XVI asr oxiridan XVIII asr o`rtalarigacha bo`lgan davrda shakllandi. U Italiyada tugilib, Renessans davridan keyin boshqa mamlakatlarga yoyilib ketdi.
Barokko stilining asosiy belgilari - tantanavorlik, ulug`vorlik, dinamika hisoblanadi. Barokko stilida chizilgan san'at asarlarida hayotmohiyati - ko`rash harakatda aks ettiriladi.
Barokko san'ati bevosita inson psixologiyasiga, uning his-tuygulariga qaratilgan san'atdir. Unda ekspressiv chiziqlar va yorug`-soyalar o`ta keskin shaklda olingan bo`lib, asar kompozitsiyasining ta'sir kuchini yanada oshiradi.
Barokko stilida turli san'atning yagona ansamblga birikib ketishini ta'kidlab o`tish lozim. Ayniqsa me'morchilik, xaykaltaroshlik, rangtasvir va dekorativ san'at birga shakllanadi. San'atdagi sintezga intilish Barokkoning asosiy belgilaridan biridir.
Barokko stili xokimiyat va cherkovning buyukligini kuyladi. Shu bilan birga rangtasvirda dunyoqarashning murakkabligi, dunyoning cheksizligi va turli-tumanligi, uning o`zgaruvchanligi ham o`z aksini topdi. Barokko san'atida inson - dunyoning bir qismi, murakkab shaxs sifatida tasvirlanadi.
8.Barokkoning xususiyati - u tamoshabin bilan emotsional kontaktga kirishish uchun renessans uyg`unligidan voz kechadi.
Tasviriy sa'atda diniy va mifologik mavzuli monumental - dekorativ kompozitsiyalar, intererlarni bezash uchun portretlar yetakchi o`rin egalladi.
Rokoko - XVIII asr Yevropa san'atidagi stillardan biri (XVIII asrning ikkinchi choragi va o`rtasi) Frantsiyada paydo bo`lib, o`z nomini naqshlardan asosiy elementlardan biri "roqayla" nomidan olgan. Roqayl shakliga ko`ra chig`anoqning buralib ketgan qismiga o`xshaydi.
Park pavilonlari tabiat elementlariga o`xshab ketuvchi (dengiz chiganoqlari, g`aroyib o`simliklar, toshlar, qoyalar) detallar bilan bezatilgan. Shu sababli ham "rokayl" nomi kelib chiqqan. Oxir oqibatda "rokayl" termini barcha buralib, chatishib ketuvchi, xuddi chiganoqka, toshga yoki marvaridga o`xshab ketuvchi g`aroyib shakllarga nisbatan aytila boshlandi. Ba'zida "rokayl" termini Rokoko stilini belgilaydi.
Interer, mebellar va dekorativ buyumlar, uyma va kuyma roqayl jingalaklaridan iborat bo`lgan garoyib, nafis bezaklar bilan bezatilgan. Barokko stilidan farqli ravishda Rokoko stili kundalik hayotning qulay bo`lishi uchun xizmat qilgan. Inshootlarning shiplari va devorlari bezaklar, releflar, amurlar maskasi, rangtasvir pannosi va ko`zgular bilan qoplangan. Dekorativ amaliy san'at buyumlari o`zining nafisligi bilan ajralib turgan.
Ustalar chinni, zargarlik buyumlari, yog`ochga naqsh o`yib bezashda barcha tasviriy imkoniyatlardan foydalanganlar.
Rokoko stili to`g`ri chiziqlar, order sistemasidan voz kechadi. unga yorqin tonlar, yengillik, assimmetriya, shaklning go`zalligi va g`aroyibligi xosdir.
1760 yilga kelib Rokoko stilini o`rnini klassitsizm egallaydi.
Klassitsizm - XVII-XIX asrlar Yevropa san'atidagi badiiy stillardan biri bo`lib, uning muhim xususiyatlaridan biri bu yuqori Uyg`onish davri an'analariga tayanch va namuna bo`lgan antik san'atga yunaltirilganligidir.
Klassitsizm stilida esa hamma narsa xotirjam va ulugvor. Uning namoyondalari Uyg`onish davri ijodkorlari singari antik va yuqori Uyg`onish davri an'nalarini qabul etib, uni rivojlantirishga harakat qiladilar. Lekin shu bilan birga klassitsizm vakillari o`tmish san'ati badiiy shakl va obrazlarini o`zlari yashab turgan davr mazmuni bilan to`ldirishga, boyitishga harakat qildilar.
.

Yüklə 68,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin