Reja: Bolalikni davrlarga ajratish muammolari 2


Maktabgacha yoshdagi bolalar taraqqiyoti va faoliyatining psixologik tavsifi



Yüklə 79,59 Kb.
səhifə11/18
tarix31.12.2021
ölçüsü79,59 Kb.
#49503
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Reja Bolalikni davrlarga ajratish muammolari 2

Maktabgacha yoshdagi bolalar taraqqiyoti va faoliyatining psixologik tavsifi


REJA:

1. Maktabgacha yoshdagi bolalar taraqqiyoti va faoliyatining psixologik tavsifi

2. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy jihatdan rivojlanishi

3. Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining o‘sishi

 

Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yoshi bolalik davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari (shaxsiy fazilatlari) tarkib topa boshlaydi. Rus pedagoglaridan P.F. Lesgaftning fikricha, insonning maktabgacha yoshidagi davri shunday bir davrki, ana shu davr mobaynida kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va axloqiy sifatlarining asoslari yuzaga keladi. Insonning kamol topa borishida maktabgacha yoshdagi davrning ahamiyatiga doir P.F. Lesgaftning bu fikri rus pedagogi A.S. Makarenkoning quyidagi fikriga to‘la mos keladi. A.S. Makarenko bolalarni juda kichik davridan boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, tarbiyaning eng muhim asoslari bolaning besh yoshgacha bo‘lgan davri mobaynida yuzaga keltiriladi. Mana shu davrda qilingan butun tarbiya, tarbiya jarayonining 90% ini tashkil etadi, degan edi. Haqiqatan ham bolaning maktabgacha yoshidagi davri shu qadar mazmundor va faol davrdirki, bu davr bolaning kelgusi o‘sishida albatta o‘z aksini qoldiradi. Shuning uchun maktabgacha yoshidagi davr ta’sir o‘tkazish kuchi jihatidan g‘oyat mas’uliyatlidir. Bola ilk yoshdan maktabgacha davrga o‘tgach, uning butun yashash sharoitida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, bola bog‘cha yoshiga o‘tgach, uning faoliyat doirasi ancha kengayib, mustaqilligi yanada ortadi. Uning o‘yinlari, xattiharakatlari ham boshqacha mazmunga ega bo‘la boshlaydi. Ikkinchidan, bolaning butun faoliyatida nutqning roli orta boradi. Uchinchidan, bola maktabgacha yoshga o‘tgach, muayyan dastur asosida maxsus pedagog tomonidan tarbiyalana boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolaning yashash sharoitida yuzaga kelgan bu o‘zgarishlar uningjismoniy va psixik jihatdan o‘sib kamol topishniga ta’sir etmay qolmaydi.



Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bolaning jismoniy jihatdan eng tez o‘sadigan davri bir-ikki yoshligiga to‘g‘ri keladi. Bola uch yoshga to‘lib maktabgacha yoshiga o‘tgandan so‘ng uningjismoniy jihatdan o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Bolaning jismoniy jihatdan o‘sishidagi notekislik bu davrda ham davom etaveradi. Masalan, bola tug‘ilgandan bir yoshga to‘lguncha bo‘yining o‘sishini quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin.

 


Yüklə 79,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin