Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə46/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Belarus Respublikasi. Belarus poytaxti Minsk shahrining 1944-yili nemis fashistlaridan ozod qilingan kuni – 3-iyul Mustaqillik kuni sifatida nishonlanadi.
1994-yil qabul qilingan konstitutsiyaga binoan Belarus Respublikasi unitar demokratik ijtimoiy-huqu qiy davlat deb e’lon qilindi. 1994-yil bo‘lib o‘tgan saylovlarda Aleksandr Lukashenko mamlakat prezidenti etib saylandi. Uning tashabbusi bilan referendum o‘tkazilib, belarus tili bilan bir qatorda rus tiliga ham davlat tili maqomi berildi, davlat bayrog‘i o‘zgartirildi, prezidentning vakolatlari
kengaytirildi.
Belarus va Rossiya o‘rtasida Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risida, keyin esa Rossiya va Belarus o‘rtasida Ittifoq davlatni tuzish to‘g‘risida shartnomalar imzolandi. Shartnoma Rossiya va Belarus o‘rtasida yaqinlashuv va huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, bojxona va boshqa tizimlarini birlashtirishni, davlatlararo hokimiyat tizimlarini shakllantirishni, ayni paytda davlatlar mustaqilligi va suvereniteti saqlanib qolishini ko‘zda tutadi.
1996-yili birinchi Umumbelarus xalq yig‘ini mamlakatning 1996 – 2000-yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi asosiy yo‘nalishlarini tasdiqlagandan so‘ng Belarusda asta-sekin iqtisodiy yuksalish kuzatildi. 2000-yilga kelib sanoat hamda xalq iste’moli mahsulotlarini ishlab chiqarish va aholining real daromadlari inqirozdan oldingi darajadan oshib ketdi. Fuqarolarning o‘rtacha oylik
daromadi MDH davlatlari orasida eng yuqorilaridan biri bo‘lib qoldi.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha ham Belarus MDH davlatlari orasida oldingi o‘rinlardan birini egallaydi. Belarus sut va sut mahsulot lari yetkazib beruvchi dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoriga kiradi.
Moldova Respublikasi. Moldaviya 1991-yil 27-avgustda o‘z mustaqilligini
e’lon qildi. Mol dova Respublikasi nomini olgan davlatning birinchi prezidenti etib Mircha Snegur saylandi.
1990-yili Moldovaning Ruminiya bilan integratsiyalashuvi jarayonida respublikaning janubi-sharqiy mintaqalaridagi mahalliy rusiyzabon aholi orasida ayirmachilik kayfi yatlari kuchaydi. Ular o‘zlari yashaydigan hududni Dnestrbo‘yi Moldaviya Respublikasi deb e’lon qildi. Bu qonli to‘qnashuvga olib keldi va Rossiya armiyasi aralashgandan so‘ng urush to‘xtatildi.
Moldova iqtisodiy jihatdan agrar-industrial mamlakatlar qatoriga kiradi. Uning
iqlimi qishloq xo‘jaligi uchun juda qulay. Mamlakatda mineral resurslar zaxirasi yo‘q, shu sababli iqti sodiyot qishloq xo‘jaligiga asoslangan. Aholining yarmidan
ko‘pi qishloqlarda yashaydi. Eksportning aso siy qismini oziq-ovqat va to‘qimachilik
mahsu lot lari tashkil qiladi. Moldova – Yevropaning eng kambag‘al mamlakatlaridan biri. Ammo 2009-yilgi inqirozdan so‘ng Moldova jadal rivojlanishni boshlab yubordi.
Shunday bo‘lsa-da, holat beqarorligicha qolmoqda. 2017-yil may oyida bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida Rossiya bilan yaxshi munosabatlar tarafdori bo‘lgan Igor Dodon g‘olib chiqdi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin