Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


 Nikohdan oldin tibbiy ko„rikdan o„tish shartmi?



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94
oila

8. Nikohdan oldin tibbiy ko„rikdan o„tish shartmi?
* A. Shart
B. Nikohlanuvchilarning ixtiyori
C. Shart emas
D. Hamma viloyatlarda shart
9. Oila kodeksi qachon qabul qilingan?
* A. 1998
B. 2000
C. 1999


184 
D. 1997
10.Oila kodeksiga binoan nikohlanuvchilar FXDYo ga ariza 
berganlaridan keyin bir oydan so„ng rasmiy nikohdan o„tadilar. 
Alohida hollarda bu muddat qanchaga qisqartirilishi mumkin?
* A. Ariza berilgan kuni nikoh tuzilishi mumkin
B. O‗n besh kunga qisqartiriladi
C. O‗n kunga qisqartiriladi
D. Umuman qisqartirilmaydi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


185 
11-MAVZU. TA‟LIM VA BANDLIK SOHASIDA GENDER 
MUVOZANAT 
1. 
Ta‘lim tizimining gender ekspertizasi.
2. 
Ta‘limda ijtimoiy jinsiy segregasiya.
3. 
Bandlikning gender xususiyatlari.
4. 
Xotin-qizlar migrasiyasi.
5. 
Migrasiyaning ijtimoiy oqibatlari.
6. 
Ta‘lim va bandlik sohasida gender sezgir siyosat: xalqaro 
amaliyot.
7. 
Ta‘lim va bandlik sohasida gender muvozanatni ta‘minlash. 
Xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishi va boshqaruvidagi 
rolini kuchaytirish, ularning siyosiy huquqlarini oshirishga alohida 
e‘tibor qaratilayotgani tufayli ularning jamiyatdagi tutgan o‗rni yuksaldi. 
O‗zbek ayoli ismi-sharifi yoniga ―O‗zbekiston Qahramoni‖, ―Deputat‖, 
―Senator‖, ―Vazir‖, ―Vazir o‗rinbosari‖, ―Akademik‖, ―Olima‖, 
―Tadbirkor‖, ―Direktor‖ atamalari qo‗shib aytilishi buning yaqqol 
misolidir. Zero, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining qariyb 50 
foizini, ya‘ni 29 foizini 14 yoshgacha, 28 foizini 15-30 yoshlilar, 21 
foizini 31-45 yoshlilar, 15 foizini 46- 60 yoshlilar, 7 foizini 60 yoshdan 
katta xotin-qizlar tashkil etadi
1
. Ular ijtimoiy-ma‘naviy, siyosiy-
iqtisodiy hayotning barcha sohalarida samarali va faol mehnat qilib 
kelishmoqda. Asosiy qonunimiz - Konstitusiyada ham xotin-qizlarning 
barcha sohalarda teng huquqli ekanligi e‘tirof etilgan. Hukumat 
tomonidan chiqarilayotgan qaror va farmoyishlarda ayollar, oilalar, 
farzandlar manfaati hamisha ustuvor bo‗lib kelmoqda. Bu sa‘y-
harakatlar ayollarning jamiyat hayotida faolligi orqali o‗z ifodasini 
topayotir. 
Xotin-qizlarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda e‘tibor 
kuchaytirilayotganligining yana boshqa jihatlari ham bor. Xususan, 
ularning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish
1
Т.Нарбаева. Таълим муассасаларида таълим ва тарбия уйғунлигини таъминлашда хотин-
қизларнинг ўрни. ―Хотин-қизлар ижтимоий-сиѐсий фаоллигини ошириш – мамлакатимизда амалга 
оширилаѐтган ислоҳотларнинг муҳим омили‖ мавзусида республика илмий-амалий анжумани 
мақолалар тўплами. 26 февраль 2019 йил. 5-бет. 


186 
iqtisodiy faoliyatni keng yo‗lga qo‗yish, ijtimoiy himoya tizimini 
takomillashtirish masalalari davlatning muhim maqsadlari qatoridan joy 
oldi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ta‘lim va 
tarbiyaga e‘tiborning kuchaytirilishi bilan yanada mustahkamlandi. 
Yurtimiz ravnaqi, farzandlarimizning, xususan qizlarimizning bilimli, 
har jihatdan barkamol bo‗lib ulg‘ayishida, jamiyatimizning ma‘naviy-
ma‘rifiy jihatdan yuksalishida xotinqizlarimizning hissasi kattadir.
Yuksak ma‘naviyatli va ma‘rifatli, namunali odobi va tarbiyasi 
bilan e‘tirof etilgan onalarimizning izdoshlari bugun davlat va jamiyat 
qurilishida, ishlab chiqarishda, ilm-fan, madaniyat, tibbiyot, ta‘lim va 
hatto harbiy sohada xizmatlari beqiyos. Yurtimizda xotin-qizlarning 
mavqyeini yanada yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish uchun 
ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy sohalarda ularning bilimlarini kuchaytirish 
uchun yanada kengroq shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning mavqyeini yanada yuksaltirish, 
ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, yurtimizda olib borilayotgan 
islohotlarda ular faolligini ta‘minlashning asosiy omili ta‘lim va tarbiya 
uyg‘unligi bo‗lib, uning quyidagi bosqichlarini ko‗rsatib o‗tish mumkin:

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin