Samarqand viloyati Oqdaryo tumani mmtbga qarashli 5-sonli mtt tayorlov guruh tarbiyachisi Sharipova Latofatning



Yüklə 28,21 Kb.
səhifə2/4
tarix24.09.2023
ölçüsü28,21 Kb.
#147838
1   2   3   4
МЕНИНГ ОИЛАМ

Psixogimnastika: (AKT)

  • Ota-onangizning kayfiyati yaxshi bo`lganda ularning yuzlari qanday bo`ladi?

  • Kayfiyati yomon bo`lgandachi?

  • Xafa qilib qo`ysangizchi?



Tarbiyachi: Bugun bizning guruhimizda ochiq fotoko`rgazma tashkil etilgan. Korgazmamizning nomi “Mening oilam” deb ataladi. Marhamat har kim o`z oilasi haqida gapirib berishi mumkin. (AKT da bolalar o`zlarining oilalari bilan tushgan rasmlarini izohlab berishadi)
Mana, bolajonlar bu she’rda nima haqida aytilgan ekan? (She’r asosida suhbat). Qani, sizlar oyijonlaringizni aytganlarini o`z vaqtida bajarasizlarmi?
Tarbiyachi: Bolajonlar, eng ulug` mehr bu ota- onaga bo`lgan mehr, chunki inson bolasining qalbida avval ota-onaga mehr uyg`onadi. Har qanday ulug` narsa ota-ona mehridan ustun kela olmaydi. Har bir bola o`z ota-onasini hurmatini joyiga qo`yishi kerak. Ota-onaga mehrli bo`lish har bir farzandning burchidir. Burch o`zi nima?
Bola: Burch bajarishimiz shart bo`lgan vazifa.
Tarbiyachi: To`g`ri. O`z burchiga sodiqlik har bir kishining odobi, axloqini ifodalaydi. Siz o`zingizning yaxshi odobingiz bilan ota-onangizga rahmat keltirasizlar. Odob haqida qanday hikmatli so`zlar bilasizlar?
Bolalar: - Bola aziz, odobi undan aziz.
- Odobli bola elga manzur.
Tarbiyachi: Siz ota-onangizni, oilangizni sevishingiz, uni ardoqlashingiz kerak. Endi bolajonlar bilasizlarmi bizning bo’chamizga mehribon Ahil oila farishtasi mehmon bo’lib kelibdi. Kelinglar uni guruhimizga chorlaymiz.(ahil oila farishtasi kirib keladi).
Ahil Oila farishtasi: Assalomu aleykum aziz bolajonlar! Hammaning o`z oilasining borligi qanday yaxshi. Siz dunyoda eng baxtli bolasiz. Chunki siz ahil va inoq oilada tarbiyalanayapsiz. Oilalar katta yoki kichik bo`ladi. Asosiysi oilada doimo tinchlik, bir-biriga hurmat, e’tibor, ahillik bolishi kerak. Bunday oilani biz qanday atashimiz mumkin.

Yüklə 28,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin