Ташкент давлат транспорт университети «электр ҳаракат таркиби» кафедраси


Komponent Komponentlar miqdori, %



Yüklə 168,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix24.12.2023
ölçüsü168,55 Kb.
#193287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
15-mavzu ETFT 7-semestr 2023-2024

Komponent
Komponentlar miqdori, %
ML -51
ML-52
MS-6
MS-8
Labomid-
101
Labomid-
203
Kalsiyli soda
44
50
40
38
50
50
Natriy
tripolifosfati
34,5
30
25
25
30
30
Natriy metasilikati
-
-
29
29
16,5
10
Suyuq shisha
20
10
-
-
-
-
DB erituvchisi
1,5
8,5
-
-
-
-
Sulfonal
-
1,8
-
-
-
-
DS-10 sintanoli
-
-
6
8
3,5
2


14
Detallarni saralash
tozalashdan avval ularni o‘lchamlari va shakli, ifloslanish turi,
yuza dag‘alligi, tayyorlangan materiali, ustki qoplamasi (elektr izolyatsiyasi, poluda,
polimerlar, bo‘yoq) turiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Uglerodli po‘lat va cho‘yandan tayyorlangan detallar har qanday tarkibdagi ishqorli
eritmalarda deyarli yemirilmaydi, ingibitorli qo‘shimchalarsiz kislotalar esa ularda
yemirilishlarni yuzaga keltirishi mumkin. Ishqorli eritmalarda xromlangan detallarni
tozalab bo‘lmaydi. Alyuminiy va rux qotishmalaridan tayyorlangan detallarni ham
ishqorli va kislotali eritmalarda tozalash mumkin emas.
Detallarni ishqorli yoki kislotali suv eritmalarida tozalash
quyidagicha amalga
oshiriladi. 80-90 °C haroratgacha qizdirilgan eritma ta’sirida ifloslanish qatlami eriydi
va yumshaydi. Moy qatlami kengayib, buziladi va detalning yuzasida ifloslanish
zarralariga ega moyning mayda tomchilari hosil bo‘ladi. Biroq moy va metallning
ilashish kuchi bu tomchilarini detal yuzasidan uzilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ilashish
kuchini kamaytirish uchun eritma tarkibiga emulgatorlar qo‘shiladi, tomchilar
uzilishini tezlashtirish uchun eritmani tozalanayotgan yuza bo‘ylab majburiy
harakatlanishi yuzaga keltiriladi. Emulgatorlar ifloslanish zarralariga ega moyning
mayda tomchilarini o‘rab oladi, bu esa moyni metall bilan ilashish kuchini
kamaytiradi va eritmada, ya’ni emulsiyada mayda moy zarralarini shakllanishiga
sabab bo‘ladi.


15
Detallarni suv bilan chayish
ularning yuzalaridan ishqor va kislotalar qoldiqlarini
bartaraf etish va metallni keyingi korroziyadan saqlash, shuningdek qo‘l terisiga zararli
ta’sirni istisno qilish uchun zarur. Agar chayish sovuq suvda bajarilsa, detal quritilishi
kerak, agar qaynoq suvda chayilsa, quritish shart emas.
Tozalashning oqimli usullari
. Bu usulda eritmaning kimyoviy ta’siri uning oqimining
dinamik ta’siri bilan kuchayadi. Tozalanayotgan detallarga uzatilayotgan yuvuvchi
eritmalar bosimi turli yuvish mashinalarida 0,1 dan 3,5
MPa
gacha o‘zgaradi.
Uchliklarning chiqish teshiklari diametrlari odatda 2-8
mm
, teshik uzunligini uning
diametriga nisbati esa 0,5-4
mm
ni tashkil qiladi.
Botirish yo‘li bilan tozalash
. Bu tozalash usulida ta’mirlash ob’yekti qaynoq yuvish
eritmasi bilan to‘ldirilgan vannaga botiriladi, eritma tozalanadigan yuzalar atrofida parrakli
aralashtiruvchilar yoki eshuvchi vintlar yordamida sirkulyasiyalanadi.
Botirish yo‘li bilan tozalash detallarni tozalashning oqimli usulidagi kamchiliklarga ega
emas. Bu usulning kamchiligi – eritmaning tez ifloslanishi va natijada eritmani tez-tez
almashtirish yoki filtrlash zaruratidir.
Botirish yo‘li bilan tozalaydigan yuvish mashinalari murakkab shaklli, shu jumladan
katta o‘lchamli yig‘ish birliklari va detallarni tozalashda eng samarali hisoblanadi. Bu
mashinalar katta konsentratsiyali va yuqori haroratli yuvish eritmalaridan foydalanish
imkonini beradi. Tebranuvchi platformali (to‘rli), perforatsiyalangan barabanli yoki rotorli
qurilmali vannalar mavjud bo‘lib, ularda mahsulot yoki detallar solingan mahsus idishlar
buriladigan ilgakka osiladi va ketma-ket vannaga botiriladi.


16
Eritma majburiy sirkulyasilanaluvchi tozalash.
Bu usulda tozalash
ta’mirlash ob’yektining ichki sohasida yuvuvchi eritmani nasos yordamida
sirkulyasiyalanadi. Shuning uchun eritmani majburiy sirkulyasiyalash usuli
asosan radiator seksiyalari, issiqlik almashlagichlari, dizellar silindrlari
qopqoqlari, turbokompressor korpusi va boshqalarni ichki sohalarini tozalash
uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari, bu usul suv bilan sovitiladigan yig‘ish
birliklarini teplovozdan yechib olmasdan tozalashda ham ishlatiladi.
Ta’mirlash ob’yektlarining ichki sohalarini tozalash sifati tozalanayotgan
soha bo‘yicha ma’lum miqdordagi suvni oqib o‘tishi vaqti yoki tozalashdan
avval va keyin o‘tayotgan suv hajmi bo‘yicha baholanadi.
Erituvchi bug‘lar bilan tozalash.
Bu usulning mohiyati quyidagicha: yetarli
darajadagi kuchli eritmaning bug‘ bulutiga sovuq detal joylashtiriladi, u bir
zumda eritma kondensati bilan qoplanadi; eritma detal yuzasidan oqib tushishi
davomida o‘zi bilan ifloslanish zarralarini olib tushadi. Jarayon detal bug‘
haroratigacha qizigunga qadar davom etadi. Ko‘pincha bu usul elektr
izolyatsiyali detallar yuzasida mahkam o‘rnashib qolgan ifloslanish pardasini
bartaraf etish uchun qo‘llaniladi.


17
Ultratovush
mayda detallardagi ifloslanishlarni tozalashda foydalaniladi.
Ultratovushning ta’siri samaradorligi akustik kavitatsiya hodisasiga asoslangan,
ya’ni suyuqlikda ultratovushli tebranishlar ta’sirida havoning mikroskoptk
pufaklari (kavernlar) hosil bo‘lishiga. Bu pufaklar yorilib, joylarda juda yuqori
bosim va gidravlik zarblar yuzaga keltiradiki, natijada metall yuzasida to‘plangan
moy pardalari va boshqa ifloslanishlar ajralib chiqadi. Ultratovush tor tirqishlar,
kichik teshiklar va detaldagi mikrobo‘shliqlarga ham kirib boradi.
Kimyoviy usul
yuzalarni ustki qoplamalarini buzuvchi kimyoviy moddalar
bilan tozalashga asoslangan. Bu moddalar yordamida eski lok-bo‘yoq qatlamlari
bartaraf etiladi.
Kimyoviy moddalar yordamida yuzalarni zangdan tozalash mumkin. Ayrim
moddalar (qayta o‘zgartiruvchi zamin) zangni zaminli qoplamaga aylantiradi,
yuza bilan mahkam yopishgan pigmentli qatlam hosil qiladi, boshqa qayta
o‘zgartiruvchilar uni yumshatadi va yengil tozalanadigan mahsulotga aylantiradi.
Quyqim ingibirlangan xlorid kislota bilan bartaraf etiladi, u quyqim tarkibiga
kiruvchi metallarning ishqorli tuzlarini eritadi, ingibitor esa asosiy metallga
noxush ta’sirni istisno qiladi. Quyqim erituvchilari sifatida sirka kislotasining
20% li eritmasi yoki chumoli kislotasining 33% li eritmasi qo‘llaniladi, biroq
ularning ta’siri kamroq


18
Termik usul
yuzalarni eski bo‘yoq va korroziya mahsulotlaridan tozalashda qullaniladi
va gaz-kislorodli gorelka yordamida amalga oshiriladi. Olov ta’sirida bo‘yoq qatlami
shishadi va qisman yonadi, zanglar temirning g‘ovak oksidiga aylanadi va kul ko‘rinishida
to‘kiladi.
Termik usulga yuqori haroratlardagi ishqorli eritmada tozalash ham kiradi. 3:1 nisbatda
aralashtirilgan kaustik soda va natriy nitrati eritmasi 450 - 500°C haroratgacha qizdiriladi.
Detallar 10-45 daqiqaga shu eritmaga botiriladi, unda kuyindi va zangning qalin qatlamlari
yaxshi tozalanadi.
Lokomotivlar ta’mirga atrof-muhit ta’sirida yuzaga kelgan ifloslanishlar, moy, chirk,
zang va boshqa qatlamlar bilan qoplangan xolda keladi. Shuning uchun ularni ta’mirga
qo‘yishdan oldin yaxshilab yuvib, tozalash talab etiladi, keyinchalik qismlarga ajratish va
ta’mirlash davomida barcha tarkibiy qismlar tozalanadi.
Lokomotivlar va ularning tarkibiy qismlarini tozalash uchun maxsus qurilmalar keng
qo‘llaniladi,
ularda
turli
yuvish
eritmalari
va
moddalari,
shuningdek
organik
erituvchilardan foydalaniladi.
Lokomotivlarni ta’mirlash korxonalarida lokomotivlar va ularning yig‘ish birliklarini
yuvish ixtisoslashtirilgan qurilmalarda va oqimli turdagi yuvish mashinalarida amalga
oshiriladi, ular angarlar yoki maxsus binolarda va yopiq kameralarda joylashtiriladi.
Qurilmalar va mashinalardagi yuvuvchi suyuqliklarning harorati 70-90°C bo‘lishi
ta’minlanadi. Yuvish eritmasi oqimi bosimi 0,5–1,6
MPa
, chayishda ishlatiladigan suv
bosimi esa 0,3–0,5
MPa
bo‘lishi kerak. Toza suv bilan yuvishda bosim sezilarli darajada
ortadi va 4
MPa
gacha yetishi mumkin.


19

Yüklə 168,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin