Ташкент давлат транспорт университети «электр ҳаракат таркиби» кафедраси


TA’MIRLASH SIFATI VA UNING NAZORATI



Yüklə 168,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix24.12.2023
ölçüsü168,55 Kb.
#193287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
15-mavzu ETFT 7-semestr 2023-2024

15.2 TA’MIRLASH SIFATI VA UNING NAZORATI


35
Nazorat.
Sifatning texnik nazorati – ishlab chiqarilgan yoki ta’mirlangan
mahsulotni tekshirish
bо‘yicha
tadbirlar kompleksidir. Lokomotiv deposi
sharoitida ta’mirlangan mahsulotni vizual
kо‘rikdan о‘tkazish,
asosiy
kattaliklarni
о‘lchash,
sex va stend sinovlarini
о‘tkazish,
yig‘ish jarayonida
uzellarni tekshirish va elektrovozni (elektropoyezd seksiyasini)
tо‘liq
sinash
orqali nazorat qilinadi.
Barcha turdagi ta’mirlarda bajariladigan ishlar sifati depoda lokomotivlar
va motor-vagon harakat tarkiblarini qabul qiluvchilar tomonidan belgilangan
texnologiya, ta’mirlash qoidalari va
yо‘riqnomalarga
muvofiq nazorat
qilinadi. Tekshiruv va qabul qilish yig‘ish jarayonida, shuningdek elektr
harakat tarkibini ta’mirdan chiqarish davrida amalga oshiriladi. Masalan,
elektr harakat tarkibi mexanik qismini ta’mirlash davomida tayyorlik
darajasiga
kо‘ra
g‘ildirak juftliklari, tishli uzatmalar va yig‘ilgan g‘ildirak-
motor bloklari, aravachalar, ularning ramalari, birikma elementlari, reduktor
osmasi, lyulkali va ressor osmalari, gidravlik
sо‘ndirgichlar,
tormoz tizimi,
zarb-tortuv
qurilmalari
tekshiriladi.
Bundan
tashqari
buksalar,
buksa
yо‘naltiruvchilari,
yig‘ilgan buksa uzellari, qayishqoq elementlar nazorat
qilinadi. Shuningdek elektr harakat tarkibining ichki va tashqi
bо‘yalishi
sifati, ta’mirlangan detallarning holati tekshiriladi.


36
Kojuxlarning ramalararo mahkamlanishi, tishli uzatmalar reduktorlari
korpuslari, elektr mashinalari, tortuv transformatorlari, moslashtiruvchi
reaktorlar va elektr seksiyalarining kuzov osti elektr apparatlari,
buksalarning motor-
о‘q
podshipniklari,
yо‘l
tozalagichlar, saqlagich
skobalar va avtomatik lokomotiv signalizatsiyasining qabul qiluvchi
g‘altaklari, tormoz silindrlari va havo rezervuarlari, qum uzatish tizimi,
friksion apparatlar va boshqalar ham diqqat bilan tekshirilishi lozim.
Elektr harakat tarkibini JT-3 dan qabul qilib olish depo boshlig‘i,
uning
о‘rinbosari
va qabul qiluvchi tomonidan amalga oshiriladi, ular
mashinist bilan birgalikda elektr harakat tarkibini liniyada yurish
sinovlarini
о‘tkazishadi
.
Ta’mirlash sifai nazoratini tuzishning texnik mezonlari statistik
usullarga
asoslangan,
ular
ta’mirlash
operatsiyalari
davomida
rejalashtirilgan va amalda erishilgan statistik sifat
kо‘rsatkichlarini
(xususan, nuqsonlar va braklar soni) taqqoslashga asoslangan.


37
Lokomotivlarni ta’mirlash sifatini statistik nazoratining mohiyati shundaki,
joriy nazoratdan tashqari davriy ravishda, ma’lum miqdordagi lokomotivlar
ta’mirlangandan keyin yoki ma’lum vaqt oraliqlarida bevosita ijrochi master
yoki depo rahbariyati bilan birgalikda mazkur turdagi ta’mirlash davrida
belgilangan
texnologik
operatsiyalarni
bajarish
davomida
aniqlangan
nuqsonlar va braklarning soni va turlarini aniqlaydi. Yig‘ilgan ma’lumotlar
maxsus nazorat kartasiga yoki nazorat blankiga kiritiladi, uning asosida
mazkur turdagi ta’mirning statistik tavsifi aniqlanadi. Olingan tavsiflar va
ularning miqdoriy qiymatlarini erishilgan eng yuqori qiymatlar bilan
taqqoslab, yuzaga kelayotgan nosozliklarni
о‘z
vaqtida oldini olish, lokomotiv
detal va uzellari ishonchliligini oshirish uchun ta’mirlash jarayonida alohida
operatsiyalarning texnologiyasini takomillashtirishga
yо‘naltirilgan
qarorlar
ishlab chiqiladi.
Elektrovozlarni nuqsonsiz ta’mirlash tajribasi
kо‘rsatadiki,
barcha turdagi
nazoratlar uchun sarflanayotgan umumiy vaqt, ta’mirlash ishlab chiqarishi va
ijrochilar mas’uliyatining munosib darajasida, nazorat ta’mirlash sikli davrida,
texnologik opersiyalarni bajarish bilan birgalikda amalga oshirilishi sababli
elektrovozni ta’mirda turishining meyoriy vaqtining 10-12% dan ortmaydi


E’tiboringiz uchun raxmat!


Yüklə 168,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin