Ташкент давлат транспорт университети «электр ҳаракат таркиби» кафедраси



Yüklə 168,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix24.12.2023
ölçüsü168,55 Kb.
#193287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
15-mavzu ETFT 7-semestr 2023-2024

l
/
daq
miqdorida sarflanganda yetarli himoya ta’minlanadi.
Karbonat angidrid gazi ballonlarda suyuq xolda keltiriladi. 1
l
karbonat angidrid gazining bug‘lanishida 506
l
gaz hosil bo‘ladi. 40
l
hajmli ballonga 25
l
karbonat angidrid gazi joylashtiriladi va u 12,5
m
3
gaz hosil qiladi.
Karbonat angidrid gazi muhitida payvandlash uchun quyidagi turdagi
jihozlar ishlab chiqarilgan: A-547-U, A-547-R, A-577-U, A-929,
PDPG-30 va boshqalar. Ta’mirlash ishlab chiqarishida A-547-U yarim
avtomatlashtirilgan jihozi keng qo‘llaniladi, u 0,8-4,0
mm
qalinlikdagi
metallni payvandlash imkonini beradi. Elektrod simining diametri 0,6
mm
dan 1,2
mm
gacha bo‘lishi mumkin, uzatish tezligi 140-600
m/soat
,
tok
300
A
ni
tashkil
etadi.
Payvandlash
uchun
VS-300V
to‘g‘irlagichidan
foydalanish
mumkin.
Bunday
ta’mirlash
usuli
kuzovlarni ta’mirlashda alohida ahamiyat kasb etadi.


31
Gazli payvandlash va payvandlab qoplash.
Ta’mirlash ishlab chiqarishida gazli
payvandlash o‘zining soddaligi va universalligi, murakkab va turli payvandlash va
payvandlab qoplash ishlarini bajarish imkoniyati mavjudligi sababli keng qo‘llaniladi.
Kuzovlarni ta’mirlashda gazli payvandlash boshqa turdagi payvandlash usullariga nisbatan
ko‘proq ishlatiladi.
Bir qancha turlardagi yonuvchi gazlar mavjud bo‘lib, ularning har birining o‘zini
yonish harorati mavjud: shahar gaz tarmoqlaridagi maishiy gazning yonish harorati – 2000
°C, propanbutanning yonish harorati – 2600 °C, atsetilenda esa – 3100 °C.
Yonish harorati boshqa gazlarga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan atsetilan kengroq
qo‘llaniladi. U rangsiz gaz bo‘lib, turli qo‘shimchalar mavjudligi sababli o‘ziga xos hidga
ega.
Atsetilen quyidagi sharoitlarda portlaydi:
- 450-500

C haroratgacha qizdirilganda, bir vaqtda bosimni havo hamda kislorod
aralashmasi bilan 152-196,2
kPa
gacha ortishi va uchqun, ochiq olov yoki boshqa olov
manbai mavjud bo‘lsa;
- qizil mis yoki kumush bilan uzoq vaqt aloqada bo‘lsa;
- generatordagi suv harorati 60-70°C dan ortiq bo‘lsa.
Kislorod rangsiz, hidsiz gaz bo‘lib, uning 1
m
3
og‘irligi 0 °C haroratda va 981·10
2
Pa
bosimda 1,429
kg
ga, 20 °C harorat va shunday bosimda esa 1,312
kg
ga teng. Sanoatda
kislorod havodan qattiq sovitish usuli bilan olinadi. Payvandlash ishlari uchun tarkibidagi
aralashmalar miqdori 0,8-1,5 % dan ortiq bo‘lmagan toza kislorod ishlatiladi. Kislorod
payvandlash ishlari uchun ballonlarda, 147,5
kPa
bosim ostida keltiriladi.


32
Alyumin qotishmalardan tayyorlangan detallardagi nuqsonlarni bartaraf etish.
Mashina detallari korpuslari tayyorlanadigan AL2, AL4, AL9 alyuminiy qotishmalari
ularni payvandlashni qiyinlashtiruvchi qator xususiyatlarga ega.
Sifatli payvand birikmasini olish uchun oksid plyonkasini bartaraf etish yoki uni
yuzaga kelishini istisno qilish talab etiladi. Oksid plyonkasi hosil bo‘lishini istisno
qilish va bartaraf etishning turli usullari qo‘llanadi: mexanik, kimyoviy, himoya
gazlari va boshqalar [2].
Erish harorati yashirin bo‘lgan alyumin qotishmalarini qizdirishda ularning rangi
o‘zgarmaydi, shuning uchun ularni qattiq holatdan suyuq holatga o‘tishini deyarli
sezib bo‘lmaydi. Agar qo‘shimcha choralar ko‘rilmasa (astar va boshqalar) erigan
metall oqib ketishi mumkin. Issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori (kam uglerodli po‘latga
nisbatan 3 barobar katta) bo‘lganligi sababli payvandlash joyi tez soviydi, shuning
uchun payvandlashda kuchli issiqlik manbalari yoki detalni dastlab isitish talab etiladi.
Alyuminiyning payvand choklarida payvandlashdan keyin sovish jarayonida
kengayishi kattaligi sababli katta cho‘zuvchi kuchlanishlar yuzaga keladi, shuning
uchun tegishli choralar ko‘rilmasa, darzlar hosil bo‘lishi mumkin.
Alyumin qotishmalardan tayyorlangan detallardagi nuqsonlar gaz, elektr yoyli va
argonli yoyli payvandlash yo‘li bilan bartaraf etiladi. Darzlar yuzaga kelishi
ehtimolini istisno qilish yoki sezilarli kamaytirish uchun detalni payvandlashdan oldin
payvandlanayotgan matall qalinligiga ko‘ra 180-300°C gacha qizdirish maqsadga
muvofiq.


33
Qoplash materiali sifatida 1,6-3
mm
diametrli AMG, AMG3 simlari yoki asosiy
metalldan tayyorlangan simchiviqlardan foydalanish mumkin. Payvandlashdan oldin
qoplash materiali mexanik yoki kimyoviy usul bilan moy, turli ifloslanishlar va oksid
plyonkasidan tozalanishi kerak. Qoplash materiali tozalangandan so‘ng sovuq suvda
yuviladi va 60-100 °C haroratda quritiladi. Payvandlash yoyi grafit plastinada hosil
qilinadi va yetarli darajada qizigandan so‘ng detalga o‘tkaziladi.
Argon-yoyli payvandlashda erimaydigan elektrodi sifatida VA-1A turidagi volfram
simchiviqlar qo‘llaniladi. Shuningdek VP1 me’yorlangan volfram elektrodlari volfram
simchiviqlardan ham foydalanish mumkin. Gorelkaga o‘rnatiladigan elektrod diametri
payvandlash toki kuchiga bog‘liq. Belgilangan tok kuchi uchun mos diametrdan katta
bo‘lgan elektrodlardan foydalanishga ruhsat etilmaydi, chunki elektrodni qizish
harorati kichikroq bo‘lishi natijasida tokning elektron emissiyasi kamayadi.
Alyuminiy qotishmalarni payvandlash uchun himoya materiallari sifatida A markali
sof argon ishlatiladi, uning tarkibida ko‘pi bilan 0,003- 0,005 % kislorod va ko‘pi
bilan 0,01-0,04 % azot bo‘lishi mumkin. Argon 14715·10
3
Pa
bosim ostida 40 litrli
ballonlarda keltiriladi. Argon sarfi asosan payvandlanayotgan metall qalinligiga
bog‘liq.
Alyuminiy qotishmalardan tayyorlangan detallarni argon-yoyli payvandlashda
qoplash
materiali
sifatida
alyuminiyli
qotishmalarni
gazli
payvandlashda
qo‘llaniladigan sim ishlatiladi, faqat bu holda simning diametri 1
mm
ga kichik
bo‘lishi kerak.


34
Mahsulot sifati, shu jumladan elektr harakat tarkibini ta’mirlash sifatiga
yuqori talablar belgilangan. Harakat tarkibining ishonchliligi yuqori b
о‘
lishini
ta’minlash
uchun
ta’mirlash
ishlab
chiqarishining
texnologiyasi
va
madaniyatini oshirish bilan bir qatorda ta’mirlash sifatini samarali nazorat
qilishni ham ta’minlash kerak.
Ta’mirlash
sifati.
U
turli
sabablarga
bog‘liq:
ta’mirlashda
foydalanilayotgan texnologik hujjatlar, ta’mirlash jihozlari va uskunalari,
ehtiyot qismlar, ta’mirlash obyektining holati, ya’ni uning yedirilish va
shikastlanish darajasi, materiallar xususiyati va boshqalar.
Ta’mir sifatini boshqarishda nafaqat nuqsonlar va yaroqsizlik holatini
о‘
z
vaqtida aniqlash imkonini beruvchi, shuningdek ularni yuzaga kelishini
ta’mirlash texnologik jarayonlarini boshqarish, ijrochilar tomonidan bajarilgan
ishlar sifatini nazorat qilish va depo rahbariyati tomonidan tezkor nazoratni
tashkil etish y
о‘
li bilan, oldini oluvchi eng samarali nazoratni tashkil qilish
alohida ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 168,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin