Lokomotivlar
mexanik
qismlari
holati
nazorati.
Foydalanish
jarayonida
detallarda,
yig‘ish
birliklarida
va
agregatlarda
turli
yedirilishlar, charchoq holatlari, korroziya, eskirish, deformatsiya va
boshqalar natijasida shikastlanishlar yuzaga keladi. Detallarning asosiy
ekspluatatsion shikastlanishlariga o‘lchamlar, shakllar va yuzalar
joylashuvi o‘zgarishi, chizilishlar, tirnalishlar, pachoqlanishlar, darzlar,
kuyish, korroziya, qoldiq deformatsiya, erish, mexanik xossalar
o‘zgarishi kabilar kiradi. Foydalanish jarayonida detallarni yedirilish
jarayonlari va charchoq buzilishi ko‘proq uchraydi. Yedirilishlar
natijasida yuzaga keluvchi defektlar detallarning umrboqiyligiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi, charchoq buzilish natijasidagi defektlar esa
ularning soz holatda ishlash davrini kamaytiradi. Turli detallar va
yig‘ish birliklari shikastlanishlari ularni kelib chiqish sabablariga ko‘ra
konstruktiv, ishlab chiqarish, foydalanish va avariyaviy turlarga
bo‘linadi
20
Konstruktiv shikastlanishlar –
lokomotivni loyihalashtirish davrida
yo‘l qo‘yilgan xatoliklar (mustahkamlik hisobi, birikish detallari uchun
joizliklar tanlash, material va termik ishlov berish usulini tanlash va
boshqalar) natijasida yuzaga keladi.
Ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar –
lokomotivni ishlab chiqarish
yoki ta’mirlash davridagi yo‘l qo‘yilgan xatoliklar (ishchi chizmalarda
keltirilgan
o‘lchamlarga
rioya
qilmaslik,
sifatsiz
materiallardan
foydalanish, termik ishlov berish rejimlarini buzilishi, yig‘ish, o‘rnatish
va rostlash uchun texnik shartlarga rioya qilmaslik va boshqalar)
sababli kelib chiqadi.
Foydalanishdagi
shikastlanishlar
normal
fizik
yedirilishlar
natijasida, shuningdek lokomotivga texnik xizmat ko‘rsatish shartlari
buzilganda yuzaga keladi.
Avariyaviy shikastlanishlar –
ishlab chiqarishdagi defektlarni o‘z
vaqtida aniqlanmaganligi yoki ta’mirlash texnologiyasi buzilganligi,
g‘ayritabiiy yedirilish, shuningdek jihozlarning ish sharoiti buzilishi,
harakat tarkiblari to‘qnashuvi va tabiiy ofatlar natijasida kelib chiqadi.
|