Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Peritrix — hujayraning hamma tomoni xivchin bilan qoplanib, unga peritrix



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

Peritrix — hujayraning hamma tomoni xivchin bilan qoplanib, unga peritrix 
deyiladi. 
Bakteriyalarning harakati bilan tanishish uchun quyidagi preparatlar 
tayyorlanadi:
1. Pseudomonas-avlodining
vakillarida monatrixal-yoki lofotrixal xivchinlar 
kuzatiladi. Shuning uchun Pseudomonas-sp 12-18 oatli kul’turasidan “ezilgan tomchi ” 
preparati tayyorlanadi. Mikroskop tagida ingichka harkatchan tayoqchalar ko‘rinishi 
kerak. Ularning harakati juda tez,t parmasimon bir tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. 
Hujayralar aylanma harkat qilmaydi. 
2. Xivchinlarning peritrixal
joylanishida ularning harakati bir tekisda bo‘ladi va 
tebranma harakatlanadi, aylanma harakatlanishi mumkin. Bunday tipdagi harakatni 
Basillus subtilisdan tayyorlangan “ezilgan tomchi ” preparatida ko‘rish mumkin.
Xivchinlarning joylanish tiplari; 
1 - monotrix; 2- lofotrix;3 - peritrix;4 - amfifrix. 
Kapsulalarni bo‘yash. 
Kapsulalarni Jon, Giss va 
Omelyanskiy usullari kabi bir necha xil usulda bo‘yash 
mumkin, bulardan asosan Omelyanskiy usulidan ko‘proq 
foydalaniladi. 
Ba’zi bakteriya hujayralari shilimshiq kapsulalar 
bilan o‘ralgan. Bunday kapsula bakteriyalarni qurib 
qolishdan va boshqa noqulay sharoitdan saqlaydi. 
Kapsulalar yorug‘lik nurlarini aksini sindiradi va preparat 
maxsus usulida bo‘yalgandagina yaxshi ko‘rinadi. Negativ qilingan kapsulalar 
Omelyanskiy
usulida quyidagicha bo‘yaladi: buyum oynasiga yarmigacha suv qo‘shib 
suyultirilgan 
Sil
fuksinidan bir tomchi tomizib, tekshiriladigan bakteriyalar 
mikrobiologik sirtmoq bilan aralashtiriladi. 2-3 daqiqadan keyin fuksin tomchisiga suyuq 
tush tomchisi qo‘shiladi va oynaga yaxshilab yoyiladi. Preparat havoda quritilib, 
mikroskopda immersion obyektiv bilan tekshiriladi. Ayni vaqtda buyum oynasi tush bilan 
bo‘yalib, qora tusda ko‘rinadi, bakteriyalarning hujayralari qizil bo‘lib ko‘rinadi,
kapsulalar esa rangsiz bo‘ladi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin