Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi


Izofa va uning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə51/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

Izofa va uning o’ziga xos xususiyatlari

Izofa fors tilida so‘z birikmasini tuzish uchun ishlatiladigan vositadir. So‘z birikmasi deganda ikki yoki undan ortiq so‘zlarning ma’no va grammatik jihatdan bir-biriga birikkan shakli tushuniladi. Izofa ikki yoki undan ortiq so‘zlarni bir-biriga biriktirib, so‘z birikmasi tuzadi. Izofiy usul bilan so’z birikmasi yasalganda aniqlovchi (tobe so‘z) va aniqlanmish (boshso‘z), qaratqich (tobe so‘z) va qaralmish (bosh so‘z) bir-biriga qisqa “e” tovushi bilan birikadi. O‘zbek tilida oldin aniqlovchi (qaratqich), keyin aniqlanmish (qaralmish) kelsa, fors tilida, aksincha, awal aniqlanmish (qaralmish), so‘ng aniqlovchi (qaratqich) keladi. Ya’ni so‘z birikmasining joylashish tartibi o‘zbek tiliga nisbatan teskari bo'ladi.

Fors tilida aniqlanmish bilan aniqlovchi, qaralmish bilan qaratqich o‘rtasidagi aloqa maxsus birikma "IZOFA" yo‘li bilan ifodalanadi. Bunda so‘z tartibi quyidagicha bo‘ladi: birinchi o‘rinda aniqlanmish kelib, undan so‘ng urg‘u olmagan morfologik ko‘rsatgich "E" qo‘shimchasi qo‘shiladi, undan so‘ng aniqlovchi keladi. Aniqlanmish oxiriga qo‘shiladigan qo‘shimcha – "IZOFA" deyiladi.

زبان فارسی zabon-e forsi – fors tili پیراهن نو pirohan-e no‘u – yangi ko‘ylak.

Izofa arabcha so‘z bo‘lib qo‘shish, orttirish degan ma’noni ifodalaydi. Izofiy birikma bir butun ohang bilan talaffuz qilinadi.

O‘zbek tilidagi aniqlovchili birikmalarda so‘z tartibi fors tilidagidan farq qiladi. Fors tilida avval aniqlanmish, so‘ng aniqlovchi kelsa, o‘zbek tilida teskari holatni ko‘ramiz.

مداد سبز medod-e sabz – yashil qalam, میز بزرگ miz-e bo‘zo‘rg – katta stol

Izofali birikma fors tilida eng ko‘p qo‘llanadigan aniqlovchili birikmadir. Izofali birikmada aniqlanmishga faqat sifat bilan ifodalangan aniqlovchi bog‘lanib qolmasdan, ot va olmoshlar bilan ifodalangan aniqlovchilar ham bog‘lanib, egalik, qarashlilik va mansublik ma’nolarini bildiradi.

کتاب دانشجو ketob-e doneshju – talabaning kitobi, دوست من dust-e man – mening do’stim.




  1. Yüklə 1,42 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin