Toshkent farmatsevtika instituti


O‘SMIRLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə50/85
tarix25.10.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#66226
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   85
Toshkent farmatsevtika instituti

O‘SMIRLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI
O‘smirlik insonni balog‘atga etish davri bo‘lib, o‘ziga xos xususiyati bilan kamolotning boshqa pog‘onalaridan keskin farq qiladi. O‘smirda ro‘y beradigan biologik o‘zgarishlar natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. Balog‘at davriga 11-15 yoshli qizlar va o‘g‘il bolalar kiradilar. Kamolotning mazkur pallasida jismoniy o‘sish va jinsiy etilish amalga oshadi.
O‘smirlik yoshida qizlar va o‘g‘il bolalarning jismoniy qiyofasida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu davrning boshlanishida qizlar o‘g‘il bolalarga nisbatan tezroq o‘sib ulg‘ayadilar. Bu narsa qiz bolalarnig ertaroq jinsiy balog‘atga etishiga bog‘liqdir.
6, 7- sinflarda novcha, salobatli bo‘lib ko‘rinadigan bo‘ychang qizlar bilan yonma-yon past bo‘yli, serxarakat o‘g‘il bolalar tez o‘sib, qiz bolalar bilan tenglashib oladilar. YUqori sinfga o‘tganlarida esa ulardan o‘zib ketadilar.
O‘smirlik davrida o‘g‘il blolalarning bo‘yi 25-30sm, qiz bolalarning bo‘yi 18-20 sm o‘sadi. Bu davrda tananing intensiv o‘sishi yuzaga keladi.
Ma’lumki, bo‘yiga o‘sish, naysimon suyaklar va umurtqa pog‘onasining uzayishi xisobiga ro‘y beradi. Bu davrda naysimon suyaklarning oxirgi tayanch qismlari xali etarli darajada suyaklashmagan, yumshoq bo‘ladi. Bu xususiyatlarni nazarda tutish, o‘smirning sportning murakkab og‘ir turlari bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aks xolda bolaning umurtqa pog‘onasi qiyshayib, bo‘yi o‘smay qolishi mumkin.
O‘smirlik yoshining ikkinchi davrida yuz suyaklari, ayniqsa uning umurtqa qismi (burun, yuqori jag‘, yonoq) juda tez shakllana boshlaydi. YUz keyinchalik qariyib o‘zgarmaydigan muayyan shaklga kiradi. Og‘iz bo‘shlig‘i va xalqum o‘zgaradi, bo‘g‘izda ham o‘zgarish ro‘y beradi: ovoz paylari uzayadi va kuchayadi. Natijada o‘smirlarning, ayniqsa o‘g‘il bolalarning ovozi yo‘g‘on va past bo‘lib qoladi. «Ovozning buzilishi» Yosh bolalarga xos o‘tkir, ovozning nisbatan past, kattalarga xos ovoz bilan almashinuvidir.
Biroq bu ovozlar orasiga xali bolaning o‘tkir ovozi qo‘shilib ham turadi. Kattalar xazil bilan o‘smirlar ovozini «xo‘roz ovozi» deb ataydilar. Ovozning o‘zgarishi o‘smirning o‘zini taajubga soladi. Qizlarning ovozi keskin o‘zgarmaydi. SHunday bo‘lsa-da qizlarga xos o‘tkir, jaranglagan ovoz asta-sekin qizlarning mayin, tekis va nozik, salgina pasaygan ovoziga o‘z o‘rnini beradi.
O‘smirlik yoshida muskul sistemasining o‘sishi ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Muskullar tez o‘sib, mustaxkamlanib boradi. Oyoq va qo‘l suyaklarining o‘sishdan orqada qoladi. O‘smirlarning muskullari xali ingichka, nisbatan kuchsizdir. Natijada o‘smirning gavdasi nomutanosib, xarakatlari, yurishi notekis, beso‘naqay bo‘ladi. Oyoq tovonlari tez o‘sadi. Oyoqlar uzun, muskullar nozik bo‘lganidan o‘smir yurishidagi beso‘naqay bo‘ladi. O‘smirlarda o‘z muskullarini o‘stirishga zo‘r ishtiyoq tug‘iladi. Ular og‘ir narsalarni ko‘taradilar. Muskullarini o‘stiradigan mashqlar bilan shug‘ullanadilar. O‘smirlik davrida nafas olish organlari jadal rivojlanadi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin