Tushuncha, hukum va xulosaning fikr teranligini ta'minlanishidagi ro'li reja



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə94/109
tarix20.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#187328
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   109
Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол-fayllar.org

Jamiyatning ma’naviy sohasi ko‘pincha madaniyat bilan tenglashtiriladi. Bunday tenglashtirish unchalik to‘g‘ri emas, chunki madaniyat faqatgina ma’naviy bo‘lmasdan moddiy xususiyatga ham egadir. Buning ustiga, madaniyat integral xususiyatga ega bo‘lib, jamiyatning hamma tomonlari (iqtisodiyot sohasi iqtisodiy va moddiy madaniyatni, siyosat sohasi siyosiy madaniyatni o‘z ichiga oladi va boshqalar)ga kirib boradi. Moddiylik va ma’naviylik bir-biriga qarama-qarshi tomonlar (antitez) bo‘lmasdan, ular bir-birga o‘zaro ta’sir qiluvchi va o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi ijtimoiy rivojlanish omillaridir. U yoki bu xalq ma’naviyatining shakllanishi, shu xalqning yashaydigan tabiiy-iqlimiy sharoitlari, ularning u yoki bu darajada rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Ma’naviyat ijtimoiy hodisa va ilmiy tushuncha sifatida o‘zga xos ko‘plab xususiyatga ega bo‘lib, mustaqil ob’ekt sifatida falsafiy tahlil qilishni talab etadi. Fan va texnika qanchalik darajada rivojlansa, ma’naviyat to‘g‘risidagi masalaga shunchalik e’tibor kuchayib, ilmiy-texnik rivojlanishning ma’naviy mohiyati to‘g‘risidagi masala tez-tez Yuzaga chiqib turdi. Ma’naviylik va onglilik, ma’naviylik va intellektuallik tushunchalarining ma’nolarini bir-biri bilan aralashtirib Yuborish holatlari tez-tez Yuz berib turdi. SHuni ta’kidlash kerakki, o‘zining ma’nosiga va hajmiga ko‘ra ma’naviy soha ratsional (aqllilik) sohasiga qaraganda kengroqdir. Ma’naviylikning shakllanishidagi asosiy narsa bilim olishgina emas, balki bilim olishning ma’nosi va maqsadidir. Ma’naviylik maqsadlar, mohiyatlar va qadriyatlar ierarxiyasining indikatori bo‘lib xizmat qiladi. U individni o‘rab turgan voqelikni ma’naviy jihatdan Yuksak darajada o‘rganishini aks ettiradi.
Zamonaviy jamiyat nafaqat texnologiya va iqtisodiyot, balki Yuksak darajaga ega bo‘lgan ma’naviylikdan ham iboratdir. Ma’naviy soha – bu ma’naviy ishlab chiqarish (keng ma’noda tushunilganda), uning jarayoni va natijalarining birligidir. U san’at, fan, falsafa, axloq, huquqiy va siyosiy ong, dindan iboratdir. Mazkur barcha ijtimoiy hodisalar jamiyat ma’naviy sohasining elementlarini (aniqrog‘i kichik tizimlarini) tashkil qiladi.
Inson ko‘plab fanlar o‘rganadigan predmetdir. Biologiya uni Homo sapiens turi sifatida qaraydi. Pedagogika uchun u tarbiya ob’ekti, sotsiologiya uchun - turli munosabatlar sub’ekti, kulturologiya uchun - madaniyatning ob’ekti va sub’ekti, iqtisodiy nazariya uchun - asosiy ishlab chiqarish kuchi va hokazo.
Tabiiy fanlar orasida an’anaviy (biologiya, antropologiya, meditsina va boshqalar) bilan bir qatorda nisbatan yangi fanlar (oliy nerv tizimi faoliyati fiziologiyasi, somatologiya, seksologiya va hoka­zo) paydo bo‘ldi. Ijtimoiy bilim sohasida ham «eski» fanlar (psixologiya, sotsiologiya, tilshunoslik, etika) qatorida «yangi» fanlar (aksiologiya, germenevtika) kabilar faoliyat ko‘rsatishadi.
XX asrda ilmiy bilimning shiddatli rivoji, parallel tarzda boruvchi fanlarning faol differensiatsiyasi va integratsiyasi tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlar chegarasida bir qator yangi fanlarning: bioetika va tibbiyot etikasi, sotsiobiologiya, psixofiziologiya va boshqalarning Yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu hol falsafaning inson muammolarini ko‘rib chiqishdagi metodologik roli haqidagi masalani yanada dolzarb etib qo‘yadi.
Biz Yuqorida aytib o‘tganimizdek, inson ko‘p fanlar tomonidan predmet sifatida qaraladi, shu sababli bizning oldimizda muhim bir vazifa – inson muammosining aynan falsafiy aspektlarini ochib berish turadi.
Inson muammosining falsafaga oid masalalari deb quyida­gi­larni hisoblash mumkin: a) inson mohiyati; b) insonda ijtimoiylik va biologik (tabiiylik)ning nisbati; v) shaxsning erkinligi; g) insonning mavjud bo‘lishi (borlig‘i) va mohiyatining dialektikasi; d) inson hayotining maqsad va ma’nosi.
Insonning tabiati va mohiyatini nima tashkil qilishini bilishga qiziqish qadim davrlardan boshlangan. Inson paydo bo‘libdiki, u o‘zini qurshagan dunyoni, unda o‘zining o‘rnini o‘rganib keladi. U bunda o‘zining kimligi va nimaligi, qanday ishlarta qodir ekanligini boshqa tirik mavjudotlardan qaysi jihatlari bilan farq qilishi va qanday tomonlari bilan ularga o‘xshash ekanligini, uning insoniy fazilatlari nimalardan iborat va ular qanday qaror topishi, inson hayotining ma’nosi va mazmunini nimalar tashkil qilishi, inson umri, uning o‘limi va manguligi nima ekanligini bilishga qadimdan harakat qilib keladi. SHuning oqibatida, bugungi kunga kelib, inson to‘g‘risida turli xil: mifologik, diniy, ilmiy va falsafiy qarashlar paydo bo‘lgandir.
Hozirgacha, bizga ma’lum bo‘lgan 2,5-3 ming yildan beri falsafa va boshqa turli aniq fanlar - turli ilm sohalari, ulargacha esa mifologiya va din ham insonni turli tomondan, turli vositalar, yo‘llar bilan o‘rganib ularning har biri insonni o‘zicha, o‘ziga xos jihatdan izohlab, tushuntirib kelishadi. SHular asosida inson to‘g‘risida turlicha tasavvurlar, turli xil ta’limotlar, turli-tuman nazariya konsepsiya paydo bo‘ladi.
Dastlab inson to‘g‘risida mifologik qarashlar, tasavvurlar paydo bo‘ladi. Bu tasavvur va qarashlarga ko‘ra, inson o‘zini tabiatdan hali to‘liq ajralmagan, o‘zini tabiatning bir qismi deb, tabiat hodisalarini tabiat bilan bo‘lgan munosabatlarini hayoliy, ya’ni fantastik holda tushunadi.
Jamiyatning rivojlanib borishi bilan inson haqidagi tasavvurlar yanada rivojlanishi tufayli diniy qarashlar paydo bo‘lib, shakllanib boradi. Diniy qarashlarga ko‘ra, din insonni xudo yaratganini, uni olamdagi hamma tirik mavjudotlardan Yuqori turuvchi oliy mavjudot – mukarram zot, deb tushuntiradi. SHu bilan birga, din xudoning irodasiga bo‘ysinishi, xudo nimani xohlasa inson shuni qilishini uqtiradi. Inson to‘g‘risidagi diniy qarashlarga ko‘ra, xudo insonning hamma faoliyatlarini oldindan belgilab qo‘yishi, uning taqdiri oldindan ma’lumligi aytiladi. Islom dini nuqtai nazaridan esa inson Olloh tomonidan loydan yaratilgan bo‘lib, unga Olloh nafasi orqali jon ato qilgan. Inson hamma tirik mavjudotlarning sarvari, u Ollohning erdagi xalifasidir, u hatto farishtalardan ham Yuqori turadi. Insonga Olloh haqni tanishi uchun ongni, aqlni ato qilgan. Insonning hayoti «Bu dunyo» va «U dunyo»dan iborat. Inson «Bu dunyo»da vaqtinchalik, omonat yashaydi. «U dunyo»da esa inson bog‘iy yashaydi. «Bu dunyo»- o‘tkinchi, «U dunyo» abadiy dunyodir. Qiyomat kuni jami inson qaytadan tiriladi.
Inson «Bu dunyo»da qilgan yaxshi ishlari, olgan savoblari uchun «U dunyo»da taqdirlanadi, ya’ni «jannatga tushadi». Aksincha, «Bu dunyo»da qilgan gunohlari, yomon ishlari uchun «U dunyo»da jazolanadi, ya’ni «do‘zax»ga tashlanadi va h.k.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin