Bob bo’yicha xulosa
1. Adabiyot manbalarni o’rganib va o’quv-mashg’ulotlari shuni ko’rsatadiki ko’pgina sport maktablari bulimlarida o’smirlar va yoshlarni tezkorlik tayyorlashga etarlicha e’tibor berilmaydi. Yosh futbolchilar tarbiyasini metod va vositalar bilan oshirish asosida asosan tezkorlik sifatini tarbiyalash darajasini oshirish kerak. Hozirgi vaqtgacha har xil o’spirin futbolchilar guruhlarida tezkorlik sifatlarini oshirish bo’yicha «Zarba» metodik ishlanmasini qo’llashga xech qanday tadqiqotlar olib borilmagan.
2. Bir yil mobaynida o’quv-mashqlar tahlili shuni ko’rsatadiki, o’quv-mashg’ulotlariga va o’yinlarga sarflangan umumiy vaqt 430 kalendar soatlarga mos keladi, bu kalendar soatlar sport maktablari uchun ko’rsatilgan dasturga mosdir. Bunda umumiy o’quv-mashg’ulotlarining 87% dan 93% gacha bo’lgan hajmi aniq mashg’ulotlarga ajratiladi. Dasturda ko’pgina mashg’ulotlar miqdori noaniq xususiyatlarga ega bo’lgan holda chora ko’rilgan.
3. Yillik aylanma o’quv-mashg’ulotlari tahlili shuni ko’rsatadiki o’quv-mashg’ulotlari hajmi va futbolchilar musobaqasi 522 soatni tashkil etadi. Bu BO’SM dasturiga asosan bir oz kam vaqt ajratilganligidan dalolat beradi. Bu hol bir qancha ma’lumotlar bilan tushuntirilgan va aniqlangan. O’quv-mashg’ulotlarining ko’pchilik hajmi maxsus mashg’ulotlar bo’lib to’p bilan dars olib boriladi [har oy 75%dan 93%gacha]. Bunday mashg’ulotlarning olib borish vositalari har doim tezkorlik va tezkorlik sifatini tarbiyalash yosh sportchilarda ijobiy natija bergan. Tezkorlikni tarbiyalash mashqlarini dasturga kiritish va bu mashq to’p bilan bog’liq bo’lsa, qo’llaniladigan metodlarning samaradorligini pasaytiradi, ayniqsa bunda «zarba» metodidir. Yosh futbolchilarning asosiy o’quv-mashqlarga yo’naltirilganda, bunda ularni tarbiyalashda ularning umumiy va maxsus chidamligiga qaratiladi [vaqtning 52,2%].
Mashg’ulotlarning jami vaqtining 6,5% vaqti tezkorlikka va chidamlilikka, 16,2% chaqqonlikka va egiluvchan kuchlariga ajratiladi. Eng kam vaqt tezkorlikka [12,3%] va tezkorlik sifatlarini [12,8%] yosh futbolchilarni tarbiyalashga ajratiladi.
Sportchilarning tayyorgarligi nazariy-metodik manbalarning va murabbiylarning amaliy faoliyatlari asosiy har tomonlama yunalishlari ushbu ma’lumotlardan iborat.
4. 11-12 yoshli futbolchilarni amaliy tayyorgarliklarida ushbu hol aniqlandiki, bunda o’quv-mashg’ulotlarining ko’pgina, ya’ni 45% umumiy chidamlilikka yunaltirilgan, yil davomida tezkorlikni va chidamlilikni sportchilarda tarbiyalash 61%, chaqqonlik va egiluvchanlikni tarbiyalash uchun 21,3% , kuch imkoniyatlariga faqat 6,8%, yugurish tezligiga 11,8%, tezkorlik sifatiga 8,2% vaqtlar sarflanadi va ajratiladi. 11 - 12 yoshli futbolchilarning turli xil jismoniy sifatlariga yo’naltirilgan tarbiya, hamda ko’pgina yosh futbolchilarni tayyorlash maktablarida ajratilgan vaqtlar futbol nazariyasi va metodikasining ma’lum bir darajada talablarga javob bermaydi. Bu yoshda asosan yosh futbolchilarning tarbiyalashda chaqqonlikka, egiluvchanlikka, tezkorlikka va tezkorlik sifatlariga ko’pgina vaqt ajratilishi kerak. Yosh futbolchilar ulg’ayganda ularni butunlay tezkorlikka chidamlilik asosida tarbiyalash kerak.
5. Musobaqa vaqtida 11 yoshli futbolchilar tomonidan bajariladigan tezkorlikka bajarishning umumiy hajmi o’rtacha holda 110 metrni tashkil etadi. Bunda to’p bilan bajariladigan tezkorlik hajmi 42 m.ga teng bo’ladi, to’psiz bajarish esa 68 m tashkil etadi. O’yin davoimda sapchishning [rivok] umumiy miqdori 13,7 ga teng, to’p bilan 5,2 marotaba, to’psiz 8,3 marotaba. O’yin davomida yosh futbolchilarda tezkorlikni oshirishning tez-tez bajarib turilish masofasi 5 metrdan 15 metrgacha.
O’quv-mashg’ulotini o’rtacha tezkorlik bajarilish hajmi 136,2 metrni tashkil etadi. Yuqorida ko’rsatilgan o’quv-mashg’ulotining tezkorlik bajarish hajmi yuqori emas deb hisoblash mumkin.
6. Chuqurlikdan balandlikka yuqoriga sakrash mashqlarini bajarganda ijobiy tomonlar aniqlandi. Yosh futbolchilar uchun 30 sm, bu balandlikka bo’lgan sakrashning eng yuqorisi deb hisoblanadi. Joyidan turib yuqoriga sakrash balandligi, hamda chuqurlikka sakrashning balandligi 15 sm, 30 sm va 40 sm balandliklarni tashkil etadi, bular 24,3 sm, 26,4 va 24,4 smga mos keladi.
Turli xil balandlikdagi dungaliklardan sakragandan keyin, yuqoriga sakrashni bajarishda tayanch joydan o’zini silkitish oralig’idagi vaqt o’zgarmaydi. Yuqoriga sakraganda yosh sportchilarning muskul kuchi ishlash vaqtini engib o’tadi.
Dostları ilə paylaş: |