Узбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Yosh futbolchilarning tezkorlik sifatining o’smirlik davridagi dinamikasi



Yüklə 482,5 Kb.
səhifə31/41
tarix04.01.2022
ölçüsü482,5 Kb.
#50991
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Yosh futbolchi bolalarda tezkorlik jismoniy sifatini tarbiyalash

2.4.1. Yosh futbolchilarning tezkorlik sifatining o’smirlik davridagi dinamikasi
Yosh futbolchilar o’sishi [o’smirlik davrigacha], ya’ni 9 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan davrda ularning tezkorlik-kuchi sifati 40-45% oshib boradi. Shuni aytish lozimki 100% li tezkorlik sifati darajasini oshirishda, biz 19 yoshli malakali futbolchilarning quyidagi ko’rsatmalarini oldik, bular barchasi turli sakrash mashg’ulotlaridan tashkil topgan: joydan turib uzunlikka sakrash va sakraganda 40 sm, uch xatlab sakrash va balandlikka sakrash 241,5 ±1,95sm, 238,5±2,07sm, 745±14,2sm va 500±2,5sm.larga mos keladi. Joydan turib uzunlikka sakrash va sakraganda balandligi 40sm bo’lishi kerak, hamda uch xatlab sakrash va balandlikka sakrash 11 yoshli futbolchilarda 70,8%, 69,2%, 65,6% va 62,6% tashkil qilgan holda ko’rsatiladi. Bu ko’rsatmalarning o’rtacha bir yillik natijasi 2,92%, 3,1% va 3,75% ga oshishni tashkil qiladi. Futbolchilarning tezkorlik sifatlari tarbiyalash notekis holda yuz beradi. Shunday qilib bularning dinamikasini 3 bosqichga bo’lish mumkin: 1] 9 yoshdan 13 yoshgacha; 2] 13 yoshdan 17 yoshgacha; 3] 17 yoshdan 19 yoshgacha. Ko’rsatmalarga tayangan holda bu bosqichlarda yuqoriga sakrash 12,2%, 26,9% va 4,2% tashkil etadi. Ko’rinib turibdiki futbolchilarning eng yuqori tezkorlik sifati oshishi o’smirlik bosqichida ya’ni 13 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan davrda yuz beradi. Bu hol uzunlikka sakrash, balandga sakrash va uch xatlab sakrashda 24,7%, 25,9% va 23,6% ni ko’rsatganligi ham tasdiklayapti.

Joydan turib balandlikka sakrash natijalariga ko’ra 9 yoshdan to 19-20 yoshgacha bo’lgan davrda tezkorlik sifati ma’lum darajaga oshganligini ko’rsatadi. 9-10, 10-11, 11-12, 12-13, yoshlarda o’smirlar guruhida uning mavjud bo’lmagan o’sishi 2,5% dan 3,6% gacha etadi, asosan 13-16 yoshli o’smirlar guruhlarida tez o’sish bilan o’zgaradi. 9-17 yoshli futbolchilarining joydan turib sakrash ko’rsatmalari bo’yicha ilmiy adabiyotlar asosida tezkorlik sifatla-rining baxo shkalalari statistik materiallari ishlanmalariga ega. Bu shkala bo’yicha yosh futbolchilarning o’smirlik guruhlariga qarab ularning tezkorlik sifatlarining o’sish darajasini baholash mumkin.



Yüklə 482,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin