Xii-xiii asrlarda Germaniya, Italiya va Papalik, Shtaufenlar imperiyasi Reja


Shtaufenlarning idora qila boshlashi



Yüklə 54 Kb.
səhifə2/5
tarix23.07.2023
ölçüsü54 Kb.
#137198
1   2   3   4   5
Xii-xiii asrlarda Germaniya, Italiya va Papalik, Shtaufenlar imp

Shtaufenlarning idora qila boshlashi
Lotar Saksoniyskiy (1125-1137y) boshqargan, kuchsiz imperator edi. Shu bois Shtaufenlar xonadoni bilan Velflar xonadoni o'rtasida hiyla ishlatishga majbur bo'ldi, chunki Shtaufenlar Shvabya gersoglari bo'lish bilan birga, Fransiyada ham kuchli ta'sirga ega edilar va Bavariya Gersoglari esa Velflar xonadoniga mansub kishilar edilar. Litar Bovariya gersogi Genrix Mag'rur bilan yaqinlashib unga o'z qizini nikohlab berdi.
Velflarning kuchayib ketishidan qo'rqgan knyazlar Konrad Shtaufenni imperator qilib sayladilar. Konrad III (1138-1152) ikkinchi salib yurishda qatnashgan edi. U Velflarga qarshi kurash olib bordi. konrad Velflardan Bovariyani tortib olib, ularga faqat Saksoniyani qoldirdi.Konradning taxt vorisi Fredrix I Barbarossa davrida Shtaufenlar dinastiyasi eng zo'r qudratga ega bo'ldi.
Fredrix I Barbarossa va uning Italiyaga qilgan yurishlari
Fredrix I Barbarossa (sariq soqol) 38 yil imperatorlik qildi (1152-1190). U shavqatsiz tajovuzlar, g'oyat shuhratsiz va makkor siyosatchi edi. Fredrix Bovariyani Velflarga qaytarib berib, ularni tinchitgach, salib yurishlari natijasida boyigan Italiya o'zining diqqat-e'tiborini qaratdi.
Fredrix Rimda toj kiyish paytidayoq (1154-1155) Italyan shaharlarning boyib ketganligiga va ayni zamonda Italyaning siyosiy jihatdan zaiflanib feodal territoryal knyazlar, shahar -Pespublikalar bir-biroviga dushmanlik munosabatida edilar. Fredrix I Rim papasi bilan yaxshi unosabatlar o'rnatib, Rim pespublikasiga asos solishga harakat qilgan (1143yilda) Arnold Berishianskiyni papa zindoniga tashlandi, uning jasadi esa Gulxanda kuydirildi (l155y). Rim Respublikasi tugatildi. Ammo oradan ko'p o'tmay imperatorlarining papa bilan munosabatlari yomonlashdi. Papa kuriyasida, Rim imperator papa qoshdan "benifitsiy" tarzida toj kiydi va shu sababdan u papa aytganlariga quloq solmog'i lozim, deb bay on qilingan edi.
1157 yili Bezansondagi reyxistagda papa vakili (legati)ana shu haqda ochiqdan-ochiq gapirgan edi. Ikkinchi tomondan, Fredrix I Barbarossaning o'zida italiyani batamom tobe qilish va uni quloq qoqmay bo'ysunadigan viloyatga aylantirish plani vujudga keldi.
1158 yilda Fredrix I Barbarossa Italiyaga bostirib kirdi. Taxminan 100 ming qo'shin bilan 1158 yilning llnoyabrida Rankal vodiysida (Pechensa shahriga yaqin joyda) katta seym chaqirib, unga Italiyaning barcha eng yirik feodallarini va Italiya shaharlarining vakillarini taklif etdi. Ana shu Rankal qarorlarida, imperatorning Italiyadagi hokimiyatini cheklanmagan hokimiyatiga aylantirdi. Jinoyi ishlar sudi, tanga-chaqa zarb etish huquqi, yer-mulklarni taqsimlash, shahar podestalarini (imperator noibi) tayinlash va hokazolar tamomila Fredrix I Barbarossa qo'liga o'tdi. Imperator xizmatiga o'tgan yuristlar uning hokimiyati mutlaq hokimiyat deb topdilar traitatlarda imperatorni "yerdagi jonli qonundir" deb yozdilar.
O'zini doimiy mustaqil deb his qilgan Lambardiya shaharlari Fredrix I Barbarossaga qarshi bosh ko'tardilar. Milan shahri bu harakatlarda gegemonlik rolini o'ynadi. 1162 yilda Fredrix I Barbarossa bu qo'zg'qlonni shavqatsizlarcha bostirdi. Milan shahri yer bilan yakson qilindi. Shahar aholisiga sakkiz kun mobaynida shaharni tashlab chiqib, qishloqlarga ko'chib borib joylashish taklif qilindi.Shahar markazi qo'sh bilan haydalib, so'ngra uning pushtalariga tuz sepildi. Nemis ritsorlari Milan yonidagi o'z lagerlarida qatl etilgan lambardiyalarning kesilgan kallalarini koptok qilib o'ynadilar.
Albatta, bu ishlar lambardiyalklarning qaddini bukadi. Ular tez orada Lambardiya ligasi nomi ostida nemislarga qarshi Lambardiya shaharlarining ittifoqini tashkil etdilar. Bu ittifoqga 15 ta shahar kirdi. 60-yillardan boshlab bu ittifoq milan shahri yana asosiy rol o'ynadi. Shtaufenlarning yutuqlaridan qo'rqqan papa Aleksandr III (1159-1181) ham ligaga a'zo bo'lib kirdi.
1167 yilda Fredrix I Barbarossa Italiyaga yana katta qo'shin bilan hujum qilib, Rimni egalladi. Papa Aleksandr III qochib ketishga majbur bo'ldi. O'lat kasali oqibatida (25 ming kishi o'ldi)imperator germaniyaga qaytishga majbur bo'ldi.
1174-1176 yillarda Fredrix I Barbarossa yana Italiyaga yurish boshladi, lekin bu gal uning yurishi foydasiz bo'ldi. 1176 yilda bahorida Lenyano degan joyda (milandan sal uzoqroqda) u liga qo'shinlari tomonidan batamom mag'lubiyatga uchratildi. Bu harakatda shaharliklar, hunarmandlar, xalfalar va boshqalar ishtirok etgan edilar. lenyano yonidagi mag'lubiyat Fredrix I Barbarossani Lambardiya shaharlariga yon berishga majbur etdi.Shaharlar erkin komuna huquqini oldilar. Ayni vaqtda Fredrix I Barbarossa papa davlatining ishlariga har qanaqangi aralashuvidan voz kechib, papaga hamyon berishga majbur bo'ldi.

Yüklə 54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin