Yosh fiziologiyasi va gigienasi



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə139/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

Antitana va antigenlar. Immun jarayon bu organizmning unga kirgan begona agent antigenlar tomonidan berilgan ma’lum turdagi qo’zg’alishlarga bergan javobidir.
Agent deganda odatda oshqozon-ichaklar tizimidan boshqa yo’llar bilan organizmning ichki muhitiga kirgan, lekin ushbu organizm uchun xos bo’lmagan birikmalari (aksariyat holatlarda oqsillar) tushuniladi. O’z tanasining oqsili ham ayrim hollarda begona bo’lishi mumkin. Bunday holatlar infeksion kasalliklar, zaharlanishlar yoki boshqa organizmga ko’rsatilayotgan ta’sirlar natijasida jarohatlanganda organdagi u yoki bu tuzilishga va xususiyatga ega bo’lgan oqsilli birikmalarda o’zgarishlar yuz beradi, qaysiki ular organizm uchun begonadek bo’lib qoladi, ya’ni ushbu organizmga nisbatan antigen xususiyatni oladi. Bunday antigenlar tashqaridan olib kelib kiritilmaganligi sababli ularni – autoantigenlar, hosil bo’ladigan antitanalarni esa – autiantigenlar deb atash qabul qilindi. Autoantitanalarni hosil bo’lishi turli qon kasalliklari, kuyish, revmatizm holatlarida kuzatilgan.
Barcha oqsillar antigenlik xususiyatiga ega, xuddi shunday xususiyatga ayrim polisaxaridlar va aralash tabiatli moddalar ham egadirlar. Antigen bo’lib tirik tanachalar (masalan, kasallik chaqiruvchi bakteriyalar) va ayrim erigan holda bo’lgan kimyoviy moddalar ham hisoblanishi mumkin. Yuz mingdan ortiq antigenlarni sanash mumkin.
Qon organizmni, antigenlarni hujumidan himoya qilish uchun maxsus oqsil tanalar-antitanalar ishlab chiqaradi, qaysiki ular turli xarakterga ega bo’lgan reaksiyalarga kirishib antigenlarni zararsizlantiradi.
Hozir antitanalarning kimyoviy tarkibi yaxshi ma’lum. Ularning hammasi maxsus oqsillar – gammaglobulinlar bo’lib hisoblanadi. Antitanalar limfa tugunlari, taloq, qizil ilik va boshqa organlarning hujayralarida ishlab chiqariladi. U yerdan ular qonga tushib organizm bo’ylab aylanadi.
Limfositlar va monositlar eng jadal antitanalar ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi. Antitanalar (himoyachi moddalar) organizmga tushgan kasallik chaqiruvchi mikroblar yoki begona moddalarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Antitanalarning biri mikroorganizmlarni yopishtiradi (agglyutinenlar), boshqalari yopishgan qismlarni cho’ktiradi (lizinlar), uchinchisi esa ularni parchalaydi, eritadi.
Bunday antitanalar presipitinlar deb ataladi. Bakteriyalarni erituvchi antitanalar bakteriolizinlar deb nomlanadi. Bakteriyalarni, ionlarni zaharlarini (toksinlarini), ayrim o’simliklarni zaharlarini neytrallovchi antitanalar antitoksinlar deb ataladi.
Antitanalar yuzasidagi do’ngchalar (yoki musbat zaryadlar) antigenlar yuzasidagi chuqurchalarga (yoki manfiy zaryadlar) mos keladi yoki aksincha. Shu sababli, bu moddalar uchrashganda biologik jihatdan neytral bo’lgan kompleks modda antigen-antitana hosil bo’ladi. Natijada zahar zararsizlantiriladi, neytralanadi. Shu yo’l bilan antitana antigen molekulasining faol zaharli qismini yopib oladi. Hosil bo’lgan antigen –antitana neytral kompleksi fagosit hujayralar ta’siri ostida jarohatlanadi va ya’ni organizm uchun xavfsiz bo’lgan tanacha oddiy birikmalarga parchalanadi.
Himoyaviy moddalar (antitana) mahsuslik xususiyatiga ega, ular faqat shu mikrobga yoki uning zahariga, yoki begona oqsillarga qaysiki, ularning hosil bo’lishiga sabab bo’lganlarni yo’q qiladigan darajada ta’sir ko’rsatadi.
Bularning hammasi organizm oldindan immunizasiyalangan va maxsus gammaglobulinlarni jadal ishlab chiqarishga ulgurgan bo’lsa, yoki uning organizmga immunizatsiyalangan hayvon yoki odamlardan olingan tayyor antitanalar kiritilgan bo’lsagina yuz beradi. Aksariyat holatlarda zahar juda tez ta’sir qiladi va organizm unga qarshi kurash chorasini ko’rguniga qadar uni zaharlashi mumkin.
Hozirgi zamon immunologiyasi nuqtai nazaridan organizmga kiritilayotgan begona oqsilga (antigen) «immun javob» jarayoni ko’p bosqichli va asosan limfoid to’qimalarda shakllanadi. Organizmga tushgan antigen (masalan mikrob, virus) u organizmga kirgan joyga yaqin bo’lgan infeksiya yo’lidagi to’siq (baryer) limfa tugunlarida ushlab qolinadi. Bu esa o’sha joyda makrofaglar –tushgan antigenlarni yeyish va qayta ishlashda faol ishtirok etuvchi katta fagositlarni hosil bo’lishiga signal bo’lib xizmat qiladi.
Agarda barmog’ingizda infeksiyalangan jarohat bo’lsa, qo’ltiq tagidagi limfa tugunidagi yallig’lanish reaksiyasiga e’tibor berganmisiz? Bu esa organizmni himoya shakllaridan biridir – limftaik tizimning baryer funksiyasidir. «Zaharga qarshi» maxsus antigenli – antitanalarning hosil bo’lishi ancha takomillashgan antigenlarning zararlantirilishning ikkinchi turidir.

Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin